Reja: Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Download 187.5 Kb.
bet2/5
Sana21.11.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1791862
1   2   3   4   5
Bog'liq
1476211114 65361

2. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga

erishish mexanizmi


Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar birbiriga teng bo’lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida keltirilgan 16-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu erda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o’sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
E Y=E
E1 E=C+I+G+Xn E0 Zahiralarning jamg’arilishi E2
Zahiralarning kamayishi
Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar)
chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.

Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling