Reja: Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Avtonom xarajatlar multiplikatori


Download 187.5 Kb.
bet3/5
Sana21.11.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1791862
1   2   3   4   5
Bog'liq
1476211114 65361

3. Avtonom xarajatlar multiplikatori


Avtonom xarajatlarning har qanday o’sishi, ya’ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn) multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko’proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori muvozanatli YaIM o’zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o’zgarishiga nisbatini ko’rsatadi: µ = ΔY /ΔA:
Bu erda: µ - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori;
ΔY – muvozanatli YaIMning o’zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan o’zgarishi.
Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o’sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o’sganligini (kamayganligi) ko’rsatadi.
Avtonom iste’mol ΔSA miqdorga o’ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning o’sha miqdorda o’sishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MRS x ΔSA miqdorda o’sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSA miqdorda yana o’sadi. Shunday qilib, «daromad-xarajat» ko’rinishidagi doiraviy aylanish bo’yicha jarayon davom etaveradi.
ΔSA AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko’rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste’molning dastlabki o’zgarishi ΔSA↑ ga nisbatan bir necha marta ko’p o’zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o’zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning byudjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo’lib, o’rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so’mga ko’paysin. Bu, o’z navbatida ish haqi, renta, foyda ko’rinishda uy xo’jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo’jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so’mni iste’mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so’mni jamg’aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so’m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O’z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so’mning 75 foizini iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg’aradilar. Bu jarayon oxirgi so’m jamg’arilmaguncha davom etadi.
Bunda: µ = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va µ = 1/ (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1 µ = --------- = ----------- ΔA 1- MPC
Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bo’lsa, multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya’ni µ =1+b+b2+b3+b4+…+bn, bu erda b=MPC.
Tenglikning ikki tomonini b ga ko’paytiramiz: µb=b+b2+b3+b4+…+bn+1 Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:
µ - µb=1-bn+1 , µ (1-b) =1-bn+1
Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz:
µ = (b n+1) / (1-b) b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo’lgani uchun µ = 1/ (1-b ) tenglik to’g’ri bo’ladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Davlat o’z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko’rayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potentsial (U*) hajmidan kam bo’lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo’lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to’liq bandligi darajasini ta’minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir ko’rsatadi.
E Y=E
Yo Y* Y

Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling