Reja: Harakatlanuvchi yuklar va taʼsir chiziqlari xakida tushuncha. Oddiy balkalarning taʼsir chizig‘ini statik usul bilan qurish. Konsolli balka uchun taʼsir chizig‘ini qurish. Taʼsir chizig‘i yordamida zo‘riqishlarni aniqlash


Bu formuladan foydalanishda quyidagi ishoralar qoidasiga rioya qilish kerak


Download 252.69 Kb.
bet4/9
Sana28.10.2023
Hajmi252.69 Kb.
#1729784
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Harakatlanuvchi yuklar va ta sir chiziqlari xakida tushunc

Bu formuladan foydalanishda quyidagi ishoralar qoidasiga rioya qilish kerak.

  1. Agar kuch Ri va taralgan yuk pastga yo‘nalgan bo‘lsa, ular musbat olinadi.

  2. Moment Mi ning yo‘nalishi soat strelkasining yo‘nalishiga mos kelsa uni musbat deb qabul qilinadi.

  3. Ordinata yi va yuza ωi ning ishorasi taʼsir chizig‘i ishorasi bo‘yicha olinadi.

  4. Agar R=1 yuki tekshirilayotgan uchastkada chapdan o‘ngga harakat qilganida t. ch. ordinatalari ortib borsa, tgi musbat ishorali, aks holda manfiy ishorali bo‘ladi.

Yuk tugunlar orqali uzatilganda taʼsir chiziqlarini chizish.
Asosiy balka bo‘ylab tashqi kuchlarning harakatlanish hollarini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Amalda, ko‘pincha asosiy balka ustiga maʼlum oraliqda ko‘ndalang balkalar qo‘yilib, prolyot bir necha qisimlarga bo‘linadi. Tashqi yuk esa ular ustiga qo‘yilgan yordamchi – bo‘ylama balkalar bo‘yicha harakatlanadi (3.9 – rasm).

Bunday sistemalarda tashqi yuklarning taʼsiri ko‘ndalang balkalardan asosiy balkaga tugunlar orqali uzatiladi va bunday uzatilish tugun orqali yuklanish holati deyiladi.




3.9 – rasm
Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun yordamchi bo‘ylama balka ko‘ndalang balkalarga sharnirli tayangan deb qabul qilinadi.
Asosiy balkaning C kesimi uchun M eguvchi moment taʼsir chizig‘i quramiz.
Agar R=1 yuki tugunlar ustida bo‘lsa, uning taʼsiri asosiy balkaga yordamchi balkalarsiz uzatilgan bo‘ladi. M ning t. ch. oddiy balkalardagi kabi quriladi (3.9b – rasm). Yordamchi balkada harakatlanuvchi R=1 kuchi asosiy balkaga R1 va R2 kuchlari ko‘rinishida uzatiladi (3.9a – rasm).
Bu reaksiyalarning mikdori prolyoti d ga teng bo‘lgan oddiy balka tayanch reaksiyalari kabi aniqlanadi.

bunda 0 ≤ x ≤ d bo‘ladi.
R1 va R2 reaksiyalar taʼsiridan assosiy balkada hosil bo‘lgan M ning mikdori (3.1) formulaga asosan aniqlanadi.
Mc=P1y1+P2y2 yoki (3.6).
Agar x=0 bo‘lsa, R=1 yuk chap tugun ustida va MC ning ordinatasiga teng, x=d da esa R=1 yuk o‘ng tugun ustida hamda MC ning ordinatasi y2 ga teng bo‘ladi (3.9 – rasm). y1 va y2 ordinatalarning to‘g‘ri chiziq orqali birlashtiramiz.

Download 252.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling