Reja: Havo haqida tushuncha


Download 34.62 Kb.
bet4/7
Sana21.04.2023
Hajmi34.62 Kb.
#1367874
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
havoning

Issiqlik tashuvchilar
Issiqlik tashuvchilar — issiqroq jismdan sovuqroq jismga is-siklik uzatishda
qo‘llaniladigan harakatlanuvchi muhit. Issiqlik tashuvchilar issiklik b-n ta’minlash,
isitish, shamollatish (ventilyatsiya) tizimlarida, texnologik issiklik va boshqa
qurilmalarda sovitish, quritish, termik ishlov berish va shu kabilar uchun xizmat
qiladi. Yoqilg‘i o‘choq gazlari,
suv, suv bug‘i,
suyuqme-tallar (kaliy,
natriy, simob), freon va boshqalar eng keng tarqalgan Issiqlik tashuvchilar
hisoblanadi. Issiqlik tashuvchilar issiqlikni uzatish jarayonida agregat holatini
(qaynayotgan suyuqlik, kondensatlanayotgan bug‘) o‘zgartirishi yoki bu holatni
o‘zgartirmay saqlab qolishi (qaynamayotgan suyuqlik, o‘ta qizdirilgan bug‘,
kondensatlanmaydigan gaz) mumkin. Birinchi holda Issiqlik tashuvchilar
o‘zgarmay qoladi, chunki faqat fazaviy o‘tish issiqligigina uzatiladi; ikkinchi holda
esa o‘zgaradi (pasayadi yoki ko‘tariladi). Yadro reaktorida Issiqlik tashuvchilarga
alohida talablar qo‘yiladi.21
Isitish tizimining asosiy turlari
Xonaning mikroiqlimini sanitariya-gigienik nuqtai nazaridan aniqlovchi
isitish tizimlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-
Xonaning barcha nuqtalarida, tashqi devor yuzalarida va isitish
asboblarida temperatura KMK da ko‘rsatilgan chegaralarda ushlab turiladi;
-
Isitish tizimlarini loyihalash, qurish va ulardag foydalanishi jarayonida
sarf xarajatlar kamaytiriladi;
-
Isitish asboblari qurilish konstruksiyalari bilan uyg‘unlashtiriladi;
-
Yig‘uv ishlarini industrial usullar yordamida bajarish va
unifikatsiyalangan tugunlar ko‘llaniladi;
-
Foydalanish jarayonida: shovkinsiz, xavfsizlik, mustaxkamlik,
foydalanishda esa soddalik va qulaylik ta’minlanadi;
-
Estetik talablari: xonaning ichki bezagi bilan xil tushishi, isitish tizimi
kam yuzani egallashi inobatga olinadi;
-
Xona intereri bilan isitish tizimining uyg‘unlashuvi va imkon kadar
kam joyni egallashi ko‘zda tugiladi. Isitish tizimi – kompleks majmualardan
tashkil topgan bo‘lib, isitiladigan xonalarga zaruriy issiqlik sarfini uzatish, eltish va
ushlab turishga mo‘ljallangan.
Har qanday isitish tizimi 5 ta asosiy elementdan tashkil topadi. 1-
issiqlik almashtirgich (issiqlik generatori); 2-birlamchi issiqlik tashuvchisini
uzatilishi (yoqilg‘ini); 3-uzatuvchi magistral quvurlar; 4-isitish
asbobi; 5-qaytuvchi magistral quvurlar (2.1-rasm).
:

Download 34.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling