Reja: Havo haqida tushuncha


Download 34.62 Kb.
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi34.62 Kb.
#1367874
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
havoning


MAVZU:Havoning hisobiy ichki va tashqi parametrlari
REJA:


1.Havo haqida tushuncha
2.Havoning ichki hisobiy parametrlari
3.Havoning tashqi hisobiy parametrlari

Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy aralashmasi. Havo va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang AeroblarNafas). Yoqilgʻining havoda yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Oʻtmishda olimlar havoni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. Havoni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—1777-yil fransuz kimyogari Antoine Lavoisier havo tarkibida azot va kislorod, 1894-yil ingliz olimi William Ramsay va John William Strutt argon borligini isbotladi. Shundan keyin havo tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi. Xonadagi optimal mikroiqlim organizm va atrof-muhit o'rtasidagi issiqlik muvozanatini saqlashni ta'minlaydi. Hozirda binolarning insonlar uchun har tomonlama qulay bo'lishi talab etilmoqda. Bizga ma'lumki xonalar inson uchun qulay bo'lishi uchun u yerda mikroiqlimni ta'minlovchi asbob yoki konstruksiyalar zarur bo'ladi.
Optimal mikroiqlim - bu parametrlarning kombinatsiyasi bo'lib, u odamga uzoq vaqt va muntazam ravishda ta'sir qilish bilan, termoregulyatsiya reaktsiyalarini kuchaytirmasdan, tananing normal funktsional va issiqlik holatini saqlab qolishni ta'minlaydi. Ular termal qulaylik hissi bilan ta'minlaydi va yuqori darajadagi ishlashni ta'minlash uchun zarur shartlarni yaratadi.
Bino xonalaridagi asosiy mikroiqlim ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- tashqi to'siq konstruksiyalaridagi va xonaning asosiy qismlaridagi harorat;
- havo namligi;
- havoning sanitar- gigienik holati (tozaligi);
- ichki havoning to'siq konstruksiyalarga nisbatan agressiv yoki progressivligi.
Xonadagi havo muhiti faqatgina havo tarkibida kimyoviy birikmalar bor yoki
yo'qligiga emas, balki havo muhitining harorati va namligiga ham bog'liq.
Harorat va namlikning eng kichik va eng katta hisobiy ko'rsatkichlari, ularning yil davomida fasllarda o'zgarishi va binodagi odamlarga ta'siri muhim bo'lib hatto to'siq konstruksiyalarni loyihalashda ahamiyatga ega. Loyihalash jarayonida ko'pincha bino xonalaridagi harorat va namlikning o'rtacha ko'rsatkichlari qabul qilinadi. Bu ko'rsatkichlar, xonaning pastki qismi uchun gigienik talablarga javob beradi.
Binoning funksionallik talablariga ularda mo'tadil harorat va namlik muhitlari tashkil etish kiradi. Ba'zi sanoat binolaridagi texnologik jarayonlar issiqlik va namlik ajralib chiqishi bilan bog'liq. Bundan tashqari texnologik jarayonlar ichki muhitga gaz, suv bug'i, chang va agressiv (tuz, ishqor, kislota) aralashmalari ajralib chiqadi. O'zgaruvchan tashqi xavo ta'sirida diskomfort (noqulay) muhit xosil bo'ladi. Bino xonalarini tashqi muhitdan ajratib, chegaralab turuvchi konstruksiyalar xonalarda mikroiqlim yaratishda muhim rol o'ynaydi.
Xonalarda odamlar faoliyat yurutishi uchun zarur bo'lgan iqlim ko'rsatkichlariga quyidagilardir:
- xona havosining o'rtacha harorati va uning bir sutka davomidagi harakati;
- barcha to'suvchi konstruksiyalar ichki sirtining o'rtacha harorati;
- xonadagi havoning namligi va tozaligi.
Xonadagi havoning harakat tezligi qish faslida uncha ahamyatga ega bo'lmasada, gigienik nuqtai nazardan havo harakatini tezligi yoz fasli uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmidan sarf bo'layotgan 45-60 foiz issiqlik miqdori tashqi to'siq konstruksiyasining ichki sirti haroratining pasayishi sababli bo'lib, shu tufayli to'siq konstruksiyalar ichki sirtining o'rtacha harorati (radiatsion harorat) gigienik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega.
Bu sirtlarning o'rtacha harorati quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Bu yerda tn va F - turli konstruksiyalarning harorati va yuzasi; DF - hamma to'siq konstruksiyalarining yuzalarini yig'indisi. Agar xona ichiga issiqlik faqat nurlanish orqali bo'lsa (masalan: yoz faslida derazadan insolyasiya orqali) va havo almashinishi nolga teng desak, havo harorati o'rtacha sirtlar haroratiga, ya'ni radiatsion haroratga teng bo'ladi:
Radiatsion harorat pasaysa, inson uchun qulay sharoit yaratish uchun havo haroratini ko'tarish lozimdir, aksincha radiatsion harorat ko'tarilsa havo haroratni kamaytirish kerak.
Yoz fasli uchun xona ichidagi maksimal harorat +28 oC qabul qilingan, xorijiy davlatlarda esa bu ko'rsatgich +30 oC ni tashkil etadi.
To'siq konstruksiyasining ichki sirtining maksimal ruxsat etilgan harorati, gienik talablarga asosan xona balandligiga bog'liq.
Qurilish qoidalariga binoan bino xonalaridagi havo harorati quyidagicha bo'lishi lozim:
1. Past harorat (8-12 oC), ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan binolarda, xonalar kuchsiz isitiladi.
2. Mo'tadil harorat,
> 12-15 oC - odamlardan fizik kuch talab qiluvchi ishlar bilan mashg'ul bo'lgan xonalarda;
> 18-20 oC - odamlardan fizik kuch talab qilmaydigan xonalarda.
3. Yuqori harorat (21-23 oC), fizik kuch talab qilinmaydigan, yengil kiyimda aniq ishlar bilan bog'liq bo'lgan xonalarda.
Ichki havoning namligini belgilovchi asosiy ko'rsatkich nisbiy namlik bo'lib, uning kattaligi foiz ko'rsatkichida o'lchanadi.
Xonalarda nisbiy namlikning o'zgarishi quyidagicha belgilanadi.
1. 9 < 50 % bo'lsa, xona havosining namligi quruq hisoblanadi;
2. 9 = 50-60 %, xona havosining namligi mo'tadil hisoblanadi;
3. 9 = 61-71 % bo'lsa, xona havosining namligi "nam" hisoblanadi;
4. 9 > 75 % bo'lsa, xona havosining namligi "ho'l" hisoblanib, bu holda tashqi to'siq konstruksiya sirtlarida qish faslida kondensatsion namlik hosil bo'lishi ehtimoli bor.
Zamonaviy binolarni loyihalash va qurishda ularning insonlarga qulay havo muhitini yaratib berishi hozirgi davr talablaridan biriga aylanib bormoqda.
Hozirgi vaqtda aholini issiqlik bilan uzluksiz ravishda sifatli ta’minlashga
Respublikamizda juda katta e’tibor berilmoqda. Shu bois mamlakatimizda
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mazkur soha yettinchi asosiy ustuvor
yoʻnalishi deb belgilangan [1].
Muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu sohada yillar davomida jiddiy
muammolar to‘planib, hozirgi kunda o‘z yechimini kutmoqda. Ular orasida issiqlik
bilan ta’minlash va uni boshqarishning butun tizimini keskin o‘zgartirish, muqobil
(altyernativ) yoqilg‘i va energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan
foydalangan holda, lokal issiqlik va issiq suv ta’minoti tizimlariga bosqichma
bosqich o‘tishni ta’minlash hamda eskirgan, yoqilg‘ini ko‘p sarf qiladigan
qozonxonalarni tabiiy gazni tejab sarflaydigan uskunalarga almashtirish,
shuningdek yangi texnologiyalardan Respublika sharoitida unumli va keng
foydalanish kabi masalalar alohida ahamiyatga egadir.
Issiqlik bilan ta’minlash tizimlarini loyihalash jarayonida, turar-joy, jamoat va
ishlab chiqarish binolarini isitish, ventilyatsiya tizimlari, shuningdek issiq suv
issiqlik bilan ta’minlashga bo‘lgan maksimal va o‘rtacha issiqlik oqimlarini
tegishli loyihalar bo‘yicha qabul qilish tavsiya etiladi [5].
Loyihalar mavjud bo‘lmagan holda, issiqlikka bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni issiqlik
yuklamalari, yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Bunda
yiriklashtirish darajasi turli hil, alohida binolardan boshlab, to shaharning turar-joy
zonalarigacha bo‘lishi mumkin. Shunga qarab yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar
bo‘yicha issiqlik sarfini hisoblash uchun formulalar ko‘rinishi va ularning aniqlik
darajasi ham turli hil bo‘ladi. Issiqlik sarfini yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar
bo‘yicha hisoblashda alohida olingan binolar bo‘yicha hisoblash eng kichik
yiriklashtirishga va eng yuqori aniqlikka egadir.
Alohida olingan binolar uchun issiqlik yuklanmalarini quyidagicha aniqlash
mumkin.
1. Turar-joy binolarida isitish uchun maksimal issiqlik oqimi:

Download 34.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling