Reja: Havo haqida tushuncha


Download 34.62 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi34.62 Kb.
#1367874
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
havoning

Иссиқлик
йўқолиши
1. Asosiy elementlarning o‘zaro joylashishi bo‘yicha mahalliy va markaziy.
2. Issiqlik eltuvchining turiga qarab: suv va bug‘, havoli isitish tizimlari
mavjud.
3. Issiqlik eltuvchining harakatlanish usuliga qarab: markaziy, mahalliy,
suv va havo bilan tabiiy (issiq va sovuq, suv zichliklarining farqi hisobiga
harakatlanuvchi), sun’iy nasosni ishlashi natijasida suvning majburiy
harakatlanishi ta’minlanadi.
4. Issiqlik tashuvchining markazlashgan issiq suv va bug‘ yordamida isitish
tizimlari. 100oS gacha isitilgan past temperaturali, 100oS dan yuqori isitilgan,
yuqori temperaturali, past bosimli (R=0.1-0.17MPa), yuqori bosimli (R=0.17-
0.3MPa) – bug‘li isitish tizimlari bo‘lishi mumkin.
Isitish tizimida issiqlik tashuvchi sifatida, issiqlik energiyasini yaxshi
akkumulyatsiya qila oladigan va teplotexnik xususiyatlarini o‘zgartira oladigan,
harakatlanuvchi, arzon xonadagi sanitariya holatini yomonlashtirmaydigan,
uzatiladigan issiqlikni sozlash xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday muhit bo‘la
oladi. Undan tashqari, issiqlik tashuvchi isitish tizimidagi talablarga javob
beradigan bo‘lishi kerak.
Yuqorida aytilganidek, isitish tizimida issiqlik tashuvchi sifatida suv, suv
bug‘lari va havo ishlatiladi.
Isitish tizimining konstruksiyasiga va ishlashiga ta’sir ko‘rsatadigan issiqlik
tashuvchilarning asosiy fizik xususityalari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Isitish tizimidagi issiqlik tashuvchilarning asosiy xususiyatlari
Isitish asboblari isitish tizimining asosiy elementlari bo‘lib, aniq bir
teplotexnik, sanitariya-gigienik, texnika-iqtisodiy, arxitektura-qurilish va montaj
talablariga javob berishi kerak.
Teplotexnik talablardan asosiysi-isitish asbobi isituvchi xonaga issiqlik
tashuvchidan issiqlikni yaxshi uzatuvchi, hozirgi zamonaviy isitish asboblarining
issiqlik uzatish koeffitsienti iloji boricha yuqori, ya’ni 9-10 [Vt/m2oS] dan kam
bo‘lmasligi kerak.
Sanitariya-gigienik talablar: isitish asboblariga qo‘yilgan talablar shundan
iboratki, ularning konstruksiyasi va yuzasining tuzilishi chang yig‘ilishiga yo‘l
qo‘ymasligini va ular yuzasining oson tozalish mumkin bo‘lgan talablardir.
Texniko-iqtisodiy talablar quyidagilar: zavodda orzon narxga ishlab
chiqarish; minimal metall sarfli, asbobning konstruksiyasi texnologiya va seriyasi
ishlab chiqarish talablariga javob berishi, bo‘lmali, isitish asbobini yuzasini talab
etilgan darajasiga yig‘ish mumkinligi.
Arxitektura qurilish talablari isitish asboblari o‘rnatiladigan yuzalarni
qisqartirish va ularni tashqi ko‘rinishini shinam bo‘lishi kerak. Bunday talablarni
bajariy uchun isitish asboblari ixcham, kurish va changdan tozalash uchun qulay
joyda o‘rnatilishi, xona intereri bilan uyg‘unlashishi kerak.
Montaj talablari: eng avvalo isitish asboblarini yasash va montaj ishlarini
bajarishda ish samaradorligini oshirishga erishish kerak. Isitish asbobining
konstruksiyasi montaj jarayonida qulay va yaxshi avtomatlash tiriladigan bo‘lishi
lozim. Asboblar mustahkam, montaj qilish va tashishda qulay va ularning devorlari
bug‘ va suv o‘tkazmaydigan va temperaturaga chidamli bo‘lishi kerak.24

Download 34.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling