Reja. Holat tavsifi Gipertonik krizning tarqalganligi


Download 0.77 Mb.
bet6/6
Sana18.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1028356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
@Medical NestOne SamDTU

QON BOSIMINING PASAYISHI
Krizni davolashning birinchi vazifasi qon bosimini pasaytirishdir. Bunga faqat gipotenziv preparatlar yordamida erishish mumkin. Biroq, shuni yodda tutish kerakki, qon bosimini birdan tushirish gipertonik krizdan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishi mumkin, ayniqsa kollaps, hushdan ketish va hattoki insultga.

Dastlabki 2 soatda bosimni taxminan 20-25% ga pasaytirish kerak. Keyingi 6 soat ichida bosimni qon bosimning yuqori normal chegaralarigacha tushirishga harakat qilish kerak.
Shuning uchun, dorilarning katta dozasini yoki bemorga ta’siri avvaldan ma’lum bo’lmagan preparatlarni qabul qilish mumkin emas. Shunga qaramay, bu holatda kuchsiz preparatlar ham mos kelmaydi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, barcha gipotonik preparatlar ham yuqori bosim ko’rsatkichlarini tezda pasayishi uchun to’g’ri kelmaydi. Xususan, hozirda ko’pincha surunkali gipertoniyani davolash uchun qo’llaniladigan sartan yoki angiotenzin retseptorlari antogonistlari guruhidagi preparatlar qonga bir necha soat davomida singadi va gipertonik kriz holatlarida bunday preparatlar to’g’ri kelmaydi.
Gipertonik krizlarda eng yuqori ta’sir tezligi va samaradorlik kaptopril (Kapoten) tomonidan ko’rsatildi. Bundan tashqari, u nisbatan eng xavfsiz dori hisoblanadi va minimal nojo’ya ta’sirga ega. Xususan, u miya qon aylanishiga kam ta’sir qiladi, shuning uchun ishemik insult rivojlanishi xavfi bo’lmaydi. Preparat ta’siri 15 daqiqadan keyin boshlanadi. Odatdagi doza — 25-50 mg. Dori ta’sirini tezlashtirish uchun til ostiga qo’yish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, ko’plab shifokorlar nifedipin (Korinfar) dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bir martalik doza 10-20 mg ni tashkil qiladi. 5 daqiqali oraliq bilan ikkita tabletka qabul qilish mumkin. Biroq, ushbu preparatni doimiy foydalanish uchun qo’llash mumkin emas, chunki u kaptoprilga qaraganda ko’proq nojo’ya ta’sirga ega.
Agar bemorda taxikardiya kuzatilsa, Tenorik, Anaprilin yoki Atenolol singari beta-blokatorlarni qabul qilish mumkin.
Zaxiradagi dori sifatida 0,3 mg dozada klonidin (Klofeline) kabi markaziy ta’sirga ega preparatlarni qo’llash mumkin. Ular deyarli har qanday krizlarda yordam beradi. Klonidin, xususan, yurak haydashini oshirmasligi kabi afzalligi bor va uni sezilari taxikardiyalarda ham qo’llasa bo’ladi. Shunga qaramasdan, markaziy ta’sirga ega dorilar ko’plab nojo’ya ta’sirga ega ekanligini unutmaslik kerak. Misol uchun, Klofelin alkogol bilan birgalikda kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, uning doimiy ishlatilishi dorilarga bog’liqlikka sabab bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, krizlarda Furosemid kabi diuretiklarni (siydik haydovchilarni) qo’llash tavsiya etiladi. Agar bemorga gipertonik kasallik uchun boshqa dori buyurilgan bo’lsa, aynan o’shalarni qabul qilish kerak.

KRIZNI KASALXONADA DAVOLASH
Statsionar sharoitida bemor qon bosimni kamaytirish uchun odatda vena ichiga gipotenziv dorilar kiritiladi. Preparatlarni tanlashda holat jiddiyligiga, qo’shimcha alomatlarning mavjudligiga va mavjud surunkali kasalliklar — yurak yetishmovchiligi, aritmiyalari, miya qon aylanishining buzilishlariga bog’liq bo’ladi.
Kasalxonalarda eng ko’p ishlatiladigan gipotenziv va tomir kengaytiruvchi dorilar:
Magneziy sulfat;
Nitrogliserin;
Benzogeksoniy;
Arfonad;
Kaptopril;
Nifedipin;
Klonidin;
Gidralazin,
Trimetafan kamsilat;
Azametoniy bromid;
Labetalol;
Fenoldopam;
Natriy nitroprussid.
YORDAM KO’RSATISHNING BOSHQA USULLARI
Gipertonik kriz paytida tinchlanish uchun Validol tabletkasini, korvalol yoki valokardin tomchilarini, valeriana damlamasini qabul qilish kerak. Bundan tashqari, bemor nafasni me’yorga keltirishi, uni bir tekis qilishi kerak. Buning uchun, bir necha marta chuqur nafas olib chiqarish lozim.
Gipertonik krizda yotgan holatni egallash kerak. Yurish va ba’zi jismoniy harakatlar qilinishi mumkin emas. Ensaga sovuq kompress qo’llanilishi mumkin. Bunday vaziyatda bemorga suyuqlik ichish tavisya etilmaydi, chunki suv qayt qilishga olib kelishi, u esa o’z navbatida qon bosimining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, organizmdagi ortiqcha suyuqlik o’z-o’zidan bosimni oshiradi. Agar bemorda nafas olishni qiyinlashitradigan tor yoki bo’yinni qisuvchi kiyim bo’lsa, ularni yechish yoki bo’yin atrofidagi tugmalarni bo’shatish kerak. Bundan tashqari, xonaga toza havo kirishini ta’minlash kerak. Agar bemorni varaja qiynayotgan bo’lsa, oyoqlarini issiq to’sham bilan o’rab qo’yish tavsiya etiladi.
Gipotonik preparat qabul qilganidan keyin taxminan yarim soat o’tgach qon bosimini o’lchash kerak. Hech qanday yaxshilanish bo’lmasa, unda yana bitta dori dozasini qabul qilish mumkin.
Xulosa
Gipertonik krizlar boshqa kasalliklar yo’qligida hech qachon sodir bo’lmasligi tufayli, uning oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlar avvalambor o’z ichiga asosiy kasalliklarni — gipertoniya, ishemiya, osteoxondroz, buyrak kasalligi, endokrin anomaliyasini davolashni oladi.
Gipertoniyadan aziyat chekadigan kishilarga kundalik tutib, har kungi qon bosimini yozib borish va shifokor tavsiya qilgan dorilarni qabul qilish tavsiya etiladi. Kimning organizmi ob-havo o’zgarishlariga sezgir bo’lsa, ob-havo ma’lumotlarini oldindan kuzatib borish va shunday kunlarda profilaktik choralarga amal qilish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, kardiolog bilan muntazam ravishda maslahatlashib turish kerak. Shuningdek parhez ham juda muhim ahamiyatga ega. Ratsionda qon bosimining ko’tarilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan oziq-ovqatlar — tuzlangan, dudlangan, marinadlangan, achchiq mahsulotlar, fast-fud bo’lmasligi kerak. Suv iste’moli ham cheklangan bo’lishi kerak. Qahva, ayniqsa, achchiq qahva ichish ham tavsiya etilmaydi..
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling