Reja: Horun ar Rashid hayoti Xalifalik davrida madaniyat va din Xalifalik davrida ijtimoiy va iqtisodiy holat
Download 58.23 Kb.
|
Horun ar rashid
Maslahatchilar
Madinat al-Salomda (Bagʻdod) hijriy 170-yil (milodiy 786) zarb etilgan kumush dirham. Orqa tarafdagi ichki qismidagi yozuvda: „Allohning bandasi moʻminlar amiri Horunning buyrugʻi bilan“ deb yozilgan. Xorun imperiyani boshqarishda 789-yilda vafotiga qadar qudratli onasining irodasi taʼsirida boʻlgan. Xalifa boʻlgach, Horun Xayzuronning maslahatlariga amal qila boshladi. Baʼzida ayolining bildirgan istaklarini inobatga olib, oʻz nafsini tiydi. Xayzuron esa ishlar nazoratchisi boʻlib ishladi. Yahyo esa Xayzuronga boʻysunib, uning maslahatiga amal qildi. Vazir (bosh vazir) Yahyo barmakiy, Yahyoning oʻgʻillari (ayniqsa, Jaʼfar ibn Yahyo) va boshqa barmakiylar toʻliq boshqaruvni amalga oshirgan. Abbosiylar xalifalik saroyida forslarning mavqei ar-Rashid hukmronligi davrida eng yuqori choʻqqiga chiqdi. Barmakiylar Nava Viharaga mansub buddist ruhoniysi Barmakka borib taqaladigan Eron oilasi (Balxdan) boʻlib, Balx islom tomonidan zabt etilgandan soʻng oila islom dinini qabul qilib, al-Mahdiy hukmronligi davrida juda qudratli boʻlgan. Yahyo Xorunga xalifalikni qoʻlga kiritishda yordam bergan. Yahyo va uning oʻgʻillari 798-yilda xalifa ularni zindonga tashlab, yerlarini musodara qilguniga qadar xalifalikdagi yirik shaxslar edi. Muhammad ibn Jarir at-Tabariy bu voqeani 803-yilda sodir boʻlgan deb, uning turli sabablarini sanab oʻtgan. Jumladan, Yahyo xalifaning huzuriga ruxsatsiz kirishi; Yahyoning keyinchalik Horunning iltifotiga sazovor boʻlgan Muhammad ibn al-Laysga qarshi chiqishi, Jaʼfarning Horun qamoqqa tashlagan Yahyo ibn Abdulloh ibn Hasanni ozod qilishi kabilar. Barmakiylarning qulashi ehtimoli koʻproq Horunga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblangan harakatlarni sodir etishi (masalan, xalifa saroyiga eʼlon qilinmasdan kirishi) va davlat masalalarida xalifa bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilgani boʻlishi mumki. Al-Fadl ibn ar-Rabiy Barmakiy Yahyo oʻrniga Horunning bosh vaziri etib tayinlangan Download 58.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling