Reja: I bob. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari


Download 419.5 Kb.
bet1/9
Sana25.03.2023
Hajmi419.5 Kb.
#1294632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi


Pedagogik qarama-qarshilik tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirish manbai sifatida.


Reja:

I BOB. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.
a)Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.
b) Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari.
II BOB Pedagogik qarama-qarshilik tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirish manbai sifatida.
d)Nizoning to’rt turlari; nizolar oldini oluvchi xabarlar; nizolarni hal qilishga yondashishlar.
c) Nizoli vaziyatning obyektiv mazmuni, pedagogik-psixologik konfliktologiyani nazariy tahlil qilishdagi dastlabki xulosalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

K irish


Pedagogik faoliyat o‘z ichiga o‘qituvchining bola shaxsi va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligi.
Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:

  1. – (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;

  2. – (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.

  3. – (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha bolalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish strategiyasini egallaydi.

  4. – (yuqori) bolalar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi bolalarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.

  5. – (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va bolalar xulqatvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u bola ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.




Download 419.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling