I BOB. TINISH BELGILARI VA ULARNING O‘RGANILISHI 1.1. O’zbek tilshunosligida tinish belgilarining tadqiqi
Tinish belgilari haqidagi dastlabki ma`lumotlar Ahurali Zohiriy va Abdurauf Fitrat asarlarida uchraydi. Bunda tinish belgilari turish belgilari deb yuritiladi. Fitrat “Nahv” asarida 12 ta tinish belgisini keltiradi. Bular: Nuqta (.), Bir tinish (;), yarim tinish (,), so‘rash belgisi (?),undash belgisi (!),qo‘sh nuqta (:),tirnoqlar (« »), yoylar (),to‘rtkul yoylari [ ], ulkan yoylar { }, chiziq (–), nuqtalar (...)
Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlarini ko‘rsatishda muhim yozuv vositasi sifatida ishlatiladi. Yozma matnning mazmuni, sintaktik tuzilishi, qismlar orasidagi ma’no va grammatik munosabatlarni aniqlashda tinish belgilarining xizmati muhimdir.
O’zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llanishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda O’zbekistonda matbaachilik paydo bo‘lgan, kitob nashr etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hammasi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishiga turtki bergan. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi XIX asrning 70-yillariga borib taqaladi.
Ma’lumki, yozma nutqda muayyan bir tinish belgisining qo‘llanish qoidalari ma’lum bir tamoyilga asoslanadi. O’zbek tilidagi tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillari tilshunos olimlar Sh.Shoabdurahmonov, G’.Abdurahmonov, K.Nazarov, B.Egamberdiyevlar tomonidan asoslab berilgan.
Punktuatsiya tamoyillari
Logik-
grammatik tamoyil
Farqlovchi tamoyil
Uslubiy tamoyil
Tinish belgilarining
tasnifi
Tinish belgilarining
qo‘llanish usuliga
ko‘ra tasnifi
Tinish belgilarining
qo‘llanish o‘rniga
ko‘ra tasnifi
Tinish belgilarining
vazifasiga ko‘ra
tasnifi
Tinish belgilarining
tuzilish jihatidan
tasnifi
Do'stlaringiz bilan baham: |