Reja: I. Kirish 1 Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari. II. Asosiy qism


Download 0.61 Mb.
bet6/11
Sana03.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qalay birikmalari
Stannous xlorid (SnCl2) qalay qoplashda va polimerlar va bo'yoqlar ishlab chiqarishda qaytaruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Stannous fluoride (SnF.)2) tish pastalarining faol tarkibiy qismidir.
Ayni paytda uning oksidi ma'lum sanoat jarayonlarida foydali katalizator hisoblanadi. Bundan tashqari, u po'latni polishing uchun kukun sifatida ishlatiladi.
Organik qalay birikmalari biosidlar va fungitsidlar sifatida ishlatiladi, odamlar uchun zaharli hisoblanadi. Organik qalay stabilizatorlari polivinilxloridning yorug'lik va issiqlik ta'sirida o'zgarishini oldini olish uchun ishlatiladi.
Stannik xlorid (SnCl4) parfyum stabilizatori va boshqa qalay tuzlari uchun boshlang'ich material sifatida ishlatiladi.
Qalayning eng dastlabki qo‘llash sohalaridan biri bi - bronza ishlab chiqarilishi bo‘lgan. Ma'lumingizkim, bronza juda uzoq asrlar mobaynida insoniyatga ma'lum eng qattiq metall qotishma sifatida xizmat qilgan. Finikiyaliklarning o‘rta Yer dengizi bo‘ylab g‘arga tomon suzib, uzoq orollarda qalay rudalarini tashib keltirganliklari haqida tarixiy faktlar mavjud. o‘sha zamonlarda Finikiyaliklar qalay rudasi keltirilayotgan orollarning joylashuvini hammadan sir tutishgan. Chunki, ular keltirilgan qalaydan turli buyumlar tayyorlab qimmat narxlarda pullashgan. Shu sababli, qalay orollarining siri maxfiy tutilishidan ular manfaatdor bo‘lishgan. Hozirda esa, Finikiyaliklar sir saqlagan o‘sha orollar Angliyaning shimoliy-g‘arbidagi Kornuoll orollari bo‘lganini yaxshi bilamiz.
Kornuoll orollarida hali hanuzgacha qalay dioksidi ko‘rinishidagi qalay rudasini uchratish mumkin. Qalay dioksidi molekulasi tarkibida bitta qalay va ikkita kislorod atomi bo‘ladi. Qalay dioksididan tarkib topgan rudani kassiterit yoki, qalay toshi deyiladi. Qalay dioksidini tarkibidagi yana bir qancha mayda aralashmalardan tozalagan holda, glazurga qo‘shiladi va shu tarzda oq rangli emal olinadi. Shu tarzda, shaffof emalni shaffofligidan mosuvo qilinish bois, texnologlar qalay dioksidini "bo‘g‘uvchi" deb atashadi.
Dastavval Finikiyaliklar tomonidan o‘zlashtirilgan Kornuoll shaxtalari hozirda deyarli bo‘shab qolgan va u joydan qalay izlash endilikda ma'noga ega emas. Zamonamizda qalay olinadigan asosiy boy konlar Malakka yarim orolida, asosan Malayziya davlati hududida joylashgan. Shuningdek, Boliviyada ham anchagina boy qalay rudalari mavjud.
XX asrning yarmigacha bo‘lgan vaqtlarda qalaydan asosan konserva bankalarini tayyorlash juda ommalashgan edi. II-jahon urushi yillarida Yaponiya tomonidan Malakka yarimorolini bosib olinishi natijasida, Yevropa va Amerikaga qalay yetkazib berilishi katta muammoga aylangan edi. Natijada, AQSHda konserva mahsulotlarini tayyorlash sanoati oqsab qolgan. Oqibatda esa, mamlakat fuqarolar ichida g‘alati-g‘alati majburiyatlarni joriy qilgan. Chunonchi, odamlar yangi konserva mahsuloti sotib olishdan avval do‘konga shu kabi konserva mahsulotining bo‘shagan idishini topshirishlari shart bo‘lgan.
Qalay xuddi qadimda bo‘lganidek, hozirda ham bronza ishlab chiqarilishida keng qo‘llanilmoqda. Lekin, endilikda bu qalayning eng asosiy qo‘llash sohasi emas. Hozirda bronza ishlab chiqarilishida qalaydan ko‘ra nisbatan arzonroq bo‘lgan alyuminiy metallidan foydalanilmoqda. Alyuminiyli bronza ham, qalayli bronzaga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera oladi.
Qalayning eng muhim ijobiy xossalaridan biri bu unga suv va kislorodning, hamda, kuchsiz kislotalarning ta'sir qila olmasligidir. Boz ustiga, qalayni oson ishlov berish va sayqallash mumkin. Shu sababli ham oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan idishlar va ayniqsa konserva bankalari aynan qalaydan tayyorlangan. Oziq-ovqat mahsulotlarida muayyan miqdorda suv va kuchsiz kislotalar doimo mavjud bo‘ladi. Bu esa boshqa metallar bilan ta'sirlashganda, oziq-ovqatning sifati buzilishiga va aynishiga olib keladi. Qalay esa bunday qilmaydi. Albatta, konserva bankalari to‘liq 100% qalaydan yasalmaydi. Aksincha, ularning o‘zagi po‘latdan tayyorlanadi va faqat sirtigagina qalay qoplanadi. Shu sababli, ko‘p mamlakatlarda konserva bankasini shunchaki "qalay bankasi" deb ham atashadi. Lekin, bu nom unchalik ham to‘g‘ri emas. Chunki, aytganimizdek, qalay bu konserva idishining sirtidagi yupqa qatlamni tashkil qiladi xolos. Chunki, birinchidan sof qalay ancha qimmat turadi (jahon bozorida qalayning narxi mis narxidan o‘rtacha uch barobar qimmat yuradi); qolaversa, ikkinchidan, sof qalay juda yumshoq metall bo‘lib, u juda oson egilib, bukilib ketadi.
Qalayning qovushqoqligi undan o‘tkazgich simlar tayyorlash imkonini bermaydi. Biroq, qalay yetarlicha yumshoq va oson ishlov beriladigan metall bo‘lgani uchun, undan yupqa qalay folgasi (qalay zarqog‘ozi) tayyorlash mumkin. Yuqorida aytilganidek, qalay oziq-ovqat mahsulotlarini aynitmaydi. Chunki, u yetarlicha inert moddadir. Ayni shu nuqtai-nazardan avvallari qalay zarqog‘ozi bilan shokolad va konfetlarni o‘rab, keyin qadoqlashar edi. biroq, bu tarzdagi qadoqlash konfetning narxini keskin oshib ketishiga olib kelardi. Keyinchalik, qandlarni qalay emas, balki alyuminiydan tayyorlangan zarqog‘ozga o‘rashni yo‘lga qo‘yildi va konfet narxi yana pasaydi. Hozirda hatto ishlab chiqarishda ham imkoni boricha kamroq qalay qo‘llash masalalari o‘rtaga chiqqan bo‘lib, uni o‘rnini bosuvchi boshqa moddalar, xususan, alyuminiydan foydalanish ommalashmoqda.
Muayyan sharoitlarda qalay o‘zining uglerod va kremniy bilan qarindoshlik belgilarini namoyon qiladi. 18 °C past haroratlarda, oq qalay deb nomlanadigan hammamizga yaxshi tanish oddiy metall qalay, o‘zining kulrang qalay deb nomlanadigan allotropik shakliga o‘tadi. Kulrang qalay esa, endi metall emas, balki, metallmas bo‘lib, u uglerod va kremniy bilan muayyan o‘xshashliklarga ega. Kulrang qalay yaxlit holda barqaror tura olmaydi va tezlik bilan kukun shakliga o‘tadi. Agar bunda harorat o‘zgarishlari o‘ta keskin bo‘lmasa, oq qalayning kulrang qalayga aylanishi va kukunlanishi jarayoni ham asta-sekinlik bilan, sust rivojlanib boradi. Qishi qattiq keladigan shimoliy shaharlarda, xususan, Sankt-Peterburg, Nom, Murmansk singari joylarda qalaydan yasalgan buyumlarning uqalanib ketgani haqida ma'lumotlar mavjud. Avvallari, qalayning bu kabi allotropiyasidan bexabar kishilar, mazkur hodisani turlicha talqin qilib, "qalay qarg‘ishi", "qalay kasali" va hatto "qalay vabosi" deb ham atashar edi. Lekin, aslida ushbu hodisada hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q va aksincha, u mutlaqo tabiiy jarayondir.
Qalayning yana bir xususiyati shundaki, agar yupqa qalay bo‘lagini egib, buklashga harakat qilinsa, undan g‘irchillagan o‘ziga xos tovush chiqadi. Buning sababi, qalayning mayda kristalllarining bir-biriga ishqalanishi tufaylidir. Ba'zilar qalayning shunday g‘irchillagan ovozini "qalay yig‘isi" deb ham ataydilar.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling