Reja: I. Kirish 1 Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari. II. Asosiy qism


Download 0.61 Mb.
bet9/11
Sana03.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
III. Tajriba qism
Qalayning kislorodda oksidlanishi.
1-tajriba. Temir qoshiqchada qalay bo‘lagini qizdiring. SnO2 hosil bo‘lishni kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.
2.Qalayni kislotalar bilan ta`sirlanishi.
(Ishni mo‘rili shkafda bajaring.)
1-tajriba. 6 ta probirkaga 2 donadan qalay bo‘lagidan soling va alohida-alohida HCl, H2SO4, HNO3 larning suyultirilgan, konsentrlangan eritmalaridan solib, oldiniga xona temperaturasida va so‘ngra qizdirib ta’sir ettiring. Sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzating. Qalay bilan suyultirilgan nitrat kislota xona temperaturasida ammiak tuzi, konsentrlangan H2SO4 bo‘lganida SO2 ajralib chiqishini nazarga olib reaksiya tenglamlarini yozing.
3.Qalayning ishqorlar bilan ta’sirlanishi.
1-tajriba. Probirkaga 2-3 bo‘lak qalay soling va konsentrlangan ishqor eritmasidan quying. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzating. Ajralib chiqayotgan gaz vodorod ekanligini qanday isbotlash mumkin? Reaksiyani gidroksostannat (II) hosil bo‘lishini nazarda tutib yozing.
4.Qalay gidridining hosil bo‘lishi.
1-tajriba. Chinni kosachaga ozroq SnCl4 eritmasidan quying, konsentrlangan HCl kislota qo‘ying. Kosachadagi moddalarni suv bilan yarmigacha to‘ldirilgan probirka bilan aralashtiring va uni gaz alangasiga tuting. Probirka devorlarida SnH4 ning yonishidan hosil bo‘lgan yugurib yurgan ko‘k rangli olovlarni kuzating. SnH4 ni hosil bo‘lish reaksiya tenglamalarini yozing. Metall bilan SnHning qaytaruvchanlik xossalarini solishtiring.
5.Qalay (II) gidroksidining olinishi va xossalari.
1-tajriba. Laboratoriyada bor reaktivlardan foydalanib qalay (II) gidroksid oling. Ishqordan ortiqcha oling. Nima uchun? Cho‘kma rangiga va xarakteriga e’tibor bering. Qalay (II) gidroksidiga kislota va ishqorlarning ta’sirini o‘rganing. Tegishli reaksiya tenglamlarini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. Tushuntiring.
Qo‘rg‘oshinning olinishi
1-tajriba. Bir varaq qog‘ozda teng hajmda maydalangan pista ko‘mir va qo‘rg‘oshin (II) oksidini aralashtiring. Tayyorlangan aralashmani o‘yilgan pista ko‘mir bo‘lakchasiga joylashtiring. Aralashmaga ulovchi nay yordamida gaz gorelkasining olovini yuboring. Jarayonni erigan qo‘rg‘oshin tomchisi hosil bo‘lguniga qadar davom ettiring. Reaksiya tenglamasini tuzing.
Qo‘rg‘oshin tomchisi soviganidan so‘ng uning pachoqlanishini tekshiring. Buning uchun qo‘rg‘oshinni temir plastinkaga qo‘yib, bolg‘a bilan uring.
2-tajriba. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatoridan va qo‘rg‘oshinning normal elektrod potensialini aniqlab Pb2+ ni tuzlaridan qaytaradigan metallni tanlang.
Shunday tajribani laboratoriyada bor metallardan va qo‘rg‘oshin tuzlaridan foydalanib o‘tkazing. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlang.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling