Reja: I. Kirish. I-bob. Boshlang`ich sinflarda grammatikani o`qitish metodikasi
Download 49.72 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf grammatika, imlo va nutq o\'stirish darslarida ko\'rgazmali qurollardan foydalanish..
Mustaqil ish usulida o‘qituvchi o‘quvchilarga grammatika yoki imlodan mashq beradi va o‘quvchilar deyarli mustaqil uni bajaradilar. Topshiriq o‘tilganlar asosida o‘quvchilarning bilim saviyasiga mos ravishda tushuntirilib berilishi lozim. Uni o‘quvchilar bajarib bo‘lgach, albatta, o‘zlari tekshira olishlari va o‘qituvchi oldida javob bera olishlari shart. Mustaqil ish katta xajmli ya. O‘ta bola uchun murakkab, ko‘p vaqt talab etadigan bo‘lmasligi kerak. Bunday ish 2 sinfda 5-10 daqiqa, 3 sinfda 10-15 daqiqa, 4 sinfda 15-20 daqiqaga mo‘ljallanishi maqsadga muvofiqdir. Ayrim xollarda, agarda moshq murakkablik qilsa, uni qismlarga bo‘lib, izchillik bilan bajartirish va nazorat qilish mumkin.
Mustaqil ish usulidan nafaqat mustaxkamlash, balki yangi bilim berish davrida ham foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar mustaqil fikrlashga, xulosalar chiqarishga, ta’rif va qoidalarni amalda tatbiq eta olishga odatlanadilar. Grammatika va imlo darslarida tahlil-tarkib usuli keng ishlatiladi. O‘rgatilgan gramatik ta’rif va qoidalar asosan ushbu usul bilan mustaxkamlanadi. O‘rganiladigan grammatik tushunchalar turiga qarab barcha sinflarda fonetik, ya’ni tovush-xarf tomondan tahlil, morfologik, sintaktik, orfografik, punktuatsion tahlillar o‘tkaziladi. Masalan, berilgan so‘zlardan gap, gaplardan jumla tuzish; berilgan so‘zga mos keladigan bir xil o‘zakli so‘zlar topish va x. k. Sintez usuli ma’lum bilimlarni umumlashtirishda ham ishlatiladi. Masalan, otning belgilari: buyum yoki kishilar nomini bildirishi, kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi alohida o‘rganilganidan so‘ng, umumiy quyidagi xulosa chiqarish: Ot so‘z turkumi - kishilar va buyumlar nomini bildiradi, kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob beradi; birlik va ko‘plikda qo‘llanadi; egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanadi. Tahlil va tarkib usullari deyarli bir vaqtni o‘zida yoki galma-gal ishlatiladi. Ushbu usul o‘quvchilarni faol fikrlashga o‘rgatadi, nutq materiallarini tahlil qilish, misollar topish, gaplar tuzish, tilning ma’lum bir hodisasini boshqasi bilan qiyoslash, til hodisalari yuzasidan umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘stiradi. Ayrim grammatik materiallarni o‘rgatishda o‘quvchilar avval nutqning ma’lum bir xususiyatlarini keltirilgan misollarda kuzatib, so‘ngra ta’riflash yoki xulosa chiqarishga o‘rganadilar. Masalan, o‘quvchilar sifatning qanday?, qanaqa? so‘rog‘iga javob berib, buyumning belgisini bildirishini, otga bog‘lanishini misollarda kuzatgach, «buyum belgisini bildiradigan so‘zlar sifat deyiladi, sifat qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga favob beradi, doim otga bog‘lanib keladi»-degan xulosani chiqaradilar. Bu turdagi ishlar induktiv usul deb yuritiladi. Agarda o‘qituvchi avval qoidani bayon qilib, o‘quvchilar diqqatini shu qoidaga jalb etib, mustaqil shu qoidaga muvofiq misollar keltirishga o‘rgatsa - deduktiv usuldan foydalangan bo‘ladi. Masalan, gaplarning ma’nosiga ko‘ra so‘roq gap bo‘lishi va uning oxiriga so‘roq belgisining qo‘yilishi haqidagi qoida gapning ta’rifi bilan bayon qilingach, misollarni mustaqil toptiradi yoki biron matn o‘qilib, uning ichidan so‘roq gaplar ajratib olinadi. O‘qituvchining bayonida ham induktiv, ham deduktiv usul ishlatilishi mumkin. Grammatik materialni tushuntirishda odatda induktiv usul ko‘proq ishlatiladi. Grammatika va orfografiyadan yangi mavzu bir necha tushunchalarni yoritish yo‘li bilan tushuntiriladi. Masalan morfologiyadan «So‘z tarkibi» bo‘limi ichida «O‘zak», «So‘z yasovchi qo‘shimchalar», «So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar» mavzulari o‘rganiladi. Tushunchani yoritish uchun uning asosiy belgilari, ya’ni ushbu tushunchaning mazmunini yoritadigan, tilning asosiy tarkibiy qismi sifatida boshqa tushunchalardan farqini yoritib berdigan belgilarini ko‘rsatish zarur. «Sifat» tushunchasining mazmunini yoritishda o‘qituvchi uning belgilarini, otga bog‘lanib kelishini shuday tushuntirishi kerakki, bu belgilar sifatni boshqa so‘z turkumlaridan farqlashga imkon bersin. Ushbu usul o‘quvchilarni so‘z turkumlarini bir biridan nafaqat ma’nosiga ko‘ra, balki belgisiga ko‘ra ham ajrata olishga o‘rganadilar. Masalan, aqli zaif bolalar otni sifatdan farqlashda uning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, egalik va kelishik bilan turlanishini; sifat esa turlanmasligini anglab oladilar. Otni fe’ldan farqlashda uning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan tuslanishi, fe’l esa zamon bildirishini tushunib oladilar. Aqlan zaif bolalar tovush, so‘z, kelishik, zamon kabi va boshqa grammatik tushunsqchalar haqida asosan amaliy mashg‘ulot davomida bilim oladilar. Amalda xar bir o‘quvchi tovush, so‘zning nimaligini biladi, o‘qituvchi masalan, feql zamonlarini tushuntirayotganda «hozirgi zamon», «o‘tgan zamon», «kelasi zamon»larni voqelikka bog‘lab tushuntiradi. O‘quvchilar zamon haqidagi tushunchalarni egllab oladilar va voqelik gapirish vaqtida, gapirib bo‘lgandan so‘ng, gapirishdan oldin bo‘lishi mumkinligini anglab oladilar. Shu uch zamonda kelgan fe’llarga o‘qituvchi o‘zi misollar keltiradi va o‘quvchilarga o‘z misollarini toptiradi. So‘ngra «fe’llar uch zamonni bildiradi», degan xulosa chiqariladi. Shunday qilib, yordamchi mehnat ta’limi maktabida grammatika va imloga o‘rgatishda umum qabul etilgan o‘qituvchining bayoni, suhbat, amaliy ishlar kabi usullar ishlatiladi. Ma’lum bir usulni qo‘llashda turli o‘qituv vositalari, pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. O‘qituv vositalarining ko‘zi bilan ko‘rib - video, qulog‘i bilan eshitib - audio, ko‘rib va eshitib - audio-video idrok etadiganlari mavjud. Grammatika va imlo darslarida ko‘rib idrok etish uchun mo‘ljallangan o‘qituv vositalariga darslik, rasm, jadval, doskaga yozilgan yozuvlar, tarqatma materiallar, kartochkalar va boshqalar kiradi. Quloq bilan eshitib idrok etishga mo‘ljallangan radio, magnit diskalariga yozilgan audio materiallari kiradi. Xozirgi kunda keng ishlatiladigan audio-video apparaturalar grammatika va imlo darslarida keng ishlatilishi mumkin. Biroq barcha turdagi o‘qituv vositalari grammatik materialga mos kelib, darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan, uning mavzusi, maqsadiga mos ravishda ishlatilishi shart. Download 49.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling