Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti


II-bob. Uyushiq bo`laklarida tinish belgilari


Download 56.97 Kb.
bet4/9
Sana27.03.2023
Hajmi56.97 Kb.
#1300492
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .

II-bob. Uyushiq bo`laklarida tinish belgilari.
2.1. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.
Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov
bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar
yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan:
Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-
600 yillik chinorlarni ko`rasiz. U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi.
Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali,
shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular
orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. Salim ota bilan
yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin
kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko`chalarda
ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi.
Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin
tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab
chopdilar.
Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo‘llangan uyushiq
bo‘laklarning ohangi o‘ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida
ovoz ko‘tariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak
keyingisidan pauza orqali ajratiladi.
Olma va o‘rik, nok va shaftoli nihollari mehnatsevar bog‘bonlarning
mehnatidan rizq olib, ko‘m-ko‘k yaproqlar bilan bezandi. Bog‘ go‘zal. Unda
quyosh va yengil shamolning, gullar va maysalarning quvnoq o’yini kun bo‘yi
davom etadi.
O‘quvchilar bu gaplarni ifodali o‘qiydilar. Uyushiq bo‘laklarni o‘rgatishda juft
qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangiga doir mashqlar o‘quvchilarning ifodali
o‘qish, ifodali nutq, og‘zaki nutq madaniyatini oshirishga qaratiladi.
O‘quvchilar o‘zaro biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari yordami bilan
bog‘langan, bog‘lovchisiz bog‘langan juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘lakli
gaplarga misollar keltiradilar, ularda vergulning ishlatilish - ishlatilmasligini
tushuntiradilar.
So’ngra quyidagi misollarga o‘quvchilar e’tibori jalb qilinadi.
1. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi.
2. Mehnat tufayli inson ijtimoiy xayotdagi urni va jamiyat uchun foydaliligini chuqurroq anglaydi. Uyushiq bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan? Ularning kaysilari sodda bo‘lak, qaysilari murakkab bo‘lak? Nima uchun?
Uyushiq bo‘lakli gaplarning fikrni ifodalashdagi ahamiyatini izohlashda
quyidagicha gaplar qiyoslanadi.

1. Xo‘jaligimiz paxtadan mo‘l hosil
oldi.

1.Xo‘jaligimiz paxtada sholidan,
makkajo‘xoridan mo‘l hosil oldi.

2. Xo‘jaligimiz, sholidan mo‘l hosil
oldi.




3. Xo‘jaligimiz makkajo‘xoridan
mo‘l hosil oldi.




(Avval chap tomondagi, songra ong tomondagi gaplar oqilib, ularning farqi
izohlanadi: chap tomondagi uchta gap orqali bayon qilingan fikr ong tomonda
bitta uyushiq bolakli gap bilan ifodalanganligi, bunga predmetlarni sanab
korsatish orqali erishilganligi uqtiriladi. Yana misollar keltiriladi.)

1.Tiniq havoda oq kapalaklar
uchishadi.

1. Tiniq havoda oq, pushti, sariq
kapalaklar uchishadi.

2.Tiniq havoda pushti kapalaklar
uchishadi.




3.Tiniq havoda sariq kapalaklar
uchishadi.




(Keltirilgan uchta gapda bayon qilingan fikrni uyushiq bo‘lakli bitta gap orqali
ifodalash mumkinligi, bunga predmetlarning belgilarini sanab ko‘rsatish orqali
erishilganligi ta’kidlanadi.)
Predmet, harakat va ularning belgilarini sanab ko‘rsatish, ta’kidlash gapning
uyushiq bo‘laklari orqali ifodalanadi. Ular fikrni aniq, to‘liq bayon qilish, nutkda
ifodalilik, ko‘tarinkilik berish uchun xizmat kiladi. Shuning uchun ham uyushiq
bo‘lakli gaplar og‘zaki va yozma nutqda, uning turli uslublarida ko‘p qo‘llanadi.
Quyidagi gaplarni qiyoslash orqali uyushiq bo‘laklar va gapda ma’nosini
kuchaytirish uchun takrorlanib qo‘llangan bo‘laklar izohlanadi: 1. Kombayn
o‘radi, yig‘adi, yanchadi, tozalaydi. 2. Guvilla, guvilla, ko‘m-ko‘k o‘rmon.

Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling