Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti


O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi ususiyatlari


Download 56.97 Kb.
bet3/9
Sana27.03.2023
Hajmi56.97 Kb.
#1300492
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .

1.2. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi ususiyatlari.
O‘quvchilar so‘z birikmalari bilan amaliy tanishtiriladi. To‘rtinchi sinfda va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va bog‘lovchilarsiz qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplar o‘rganiladi. O‘quvchilar uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangida o‘qishga; va, ammo, lekin, bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklarda shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yib yozishga, uyushiq bo‘lakli gaplardan og‘zaki va yozma nutqda foydalanishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar birdan ortiq ega, birdan ortiq kesim, bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan va gapning bir bo‘lagiga bog‘lanib kelgan birdan ortiq ikkinchi darajali bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari ekanligi, uyushiq bo‘laklar o‘zaro va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi bilan birinchi marta tanishadilar. Boshlang‘ich sinflarda gapning uyushiq bo‘laklari bir xil so‘roqda javob bo‘lishi, gapda bir xil vazifani bajarishi, sanash ohangi bilan aytilishi, bosh bo‘laklar ham, ikkinchi darajali bo‘laklar ham uyushib kelishi mumkinligi, uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lovchisiz hamda, va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi o‘rgatiladi. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi yuzasidan quyidagi ma’lumot ham boshlangich sinflarda beriladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari bog‘lovchilarsiz bog‘lansa, ular orasiga vergul qo‘yiladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lansa, shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Va bog‘lovchisi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi.
Gapda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi mavzusi o‘tilganda so‘zlarning bir-biri bilan teng bog‘lanishi, teng bog‘langan so‘zlar gapning uyushiq bo‘laklarini hosil qilishi o‘rgatiladi.
“Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarning ta’limning quyi bosqichlarida gapning bunday bo‘laklari haqida hosil qilgan bilimlari kengaytirilib, juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklar, uyushiq va uyushmagan aniqlovchi, uyushiq bo‘laklarning biriktiruv, zidlov bog‘lovchilaridan tashqari, ayiruv bog‘lovchilari, shuningdek, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchi va yuklamalar yordami bilan bog‘lanishi, uyushiq bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi, unda tinish belgilarning ishlatilishi haqida ma’lumot beriladi. .
Gapning uyushiq bo‘laklari haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda o‘quvchilar gapning uyushiq bo‘laklari bir-biri bilan teng bog‘lanishi, o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordami bilan bog‘lanishi, gapda ega va kesimning birdan ortiq kelishi hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilishi, ikkinchi darajali bo‘laklarning birdan ortiq bo‘lishi esa hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilavermasligi, uyushiq bo‘laklarning juft holda qo‘llana olishi bilan tanishadilar; uyushiq gaplarni gapda takrorlanib qo‘llangan bo‘laklardan farqlashni o‘rganadilar. Shuningdek, amaliy ishlarda o‘zaro ergashish yo‘li bilan bog‘langan gap bo‘laklari bilan o‘zaro teng bog‘langan gap bo‘laklarini farqlashga e’tibor beriladi. Bu orqali o‘quvchilarning gapdagi so‘zlarning o‘zaro borg‘lanishi haqida fikrlash faoliyatini o‘stirish, til sezgirligini oshirishga erishiladi.
Uyushiq bo‘lak haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda berilgan gaplar ko‘rsatilgan topshiriqlar asosida tahlil qilinadi.
1. Asfalt ko‘chadan avtobuslar va yengil mashinalar o‘tib turadi.
2. Ona sahar paytigacha o‘tirib chiqdi, lekin toliqmadi.
3. G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan.
4. Sardor qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.
Gaplarni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni toping. Ular qaysi so‘roqlarga javob bo‘layotganini, gapning qaysi bo‘lagiga bog‘langanini ayting.
Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan?
Nima uchun ular uyushiq bo‘laklar deyiladi?
Qaysi uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmagan? qaysilarida vergul qo’yilgan?
Nima uchun? qaysi gapda bo‘laklar juft holda qo‘llangan?
Bu topshiriqlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida gapning uyushiq bo‘laklari haqida quyi sinflarda o‘tilganlar takrorlanib, xulosa qilinadi: gapda bir xil so‘roqda javob bo‘lgan, gapning bir bo‘lagiga bog‘langan birdan ortiq bo‘laklar uyushiq bo‘laklar deyiladi. Gapning egasi, kesimi, ikkinchi darajali bo‘laklari
— to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol uyushib kela oladi. Uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki bog‘lovchilarsiz sanash ohangi yordamida bog‘lanib, birbiridan pauza bilan ajratilib, sanash ohangi bilan aytiladi. Bunday ohangga rioya qilinmagan ayrim o‘rinlarda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘lmasligi mumkin: Bog‘imizga anjir, shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik. Bog‘imizga anjir shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik.
Va bog‘lovchisi qo‘llangan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi. Uyushiq bo‘laklar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa, bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo’llangan uyushiq bo‘laklarning ohangi o’ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida ovoz kutariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak keyingisidan pauza orqali ajratiladi.
Masalan: Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o`z mehnati, qo`l kuchi bilan topgan rizqidir.
Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o`z mehnati, qo`l kuchi bilan guruh so`zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so`zshakllar bir xil so`roqqa - qanday? degan so`rog`iga javob bo`lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi umumiy bo`lagiga – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida kelib, topgan umumiy bo`lagiga – sifatlovchiga bog`langan. Har bir guruhdagi so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan.
Bunday teng aloqadagi so`zshakllar soni ikkidan va undan ortiq bo`lib, keyingi paytlarda ular tilshunoslikda “uyushiq qator”, “tenglanishli qator” deb yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o`n, hatto undan ko`p so`zshakl qatnashishi mumkin: Saroytoshning ikki tomonida qad ko`targan dara sohillari, undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi eski chashma, chashma atrofida ko`karib yotadigan nilufarlar, yana qishloqning tor, egri-bugri ko`chalari, muyulishda do`mpaygan go`ng to`dalari, atrofdan eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi.
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi:
1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi.
2. Uyushiq kesim: a) uyushiq fe’l kesim:
... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda.
b) uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, toza bo`ladi.
3. Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor.
Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan.
Uyushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi.
Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z
qilmoqchi bo`lardilar. Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha
rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash
intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi.
4. Uyushiq to`ldiruvchi:
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida qasr, koshona, machit,
madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan.
b) uyushiq vositali to`ldiruvchi: Yengil qor parchalarining osmondan uchib
tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor!
5. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish
an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. Mirzo Ulug`bek Samarqand, Kattaqo`rg`on, Balh va Shahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoyish
bergan.Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda
va umumlashgan holda.Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (otva otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida–to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton sovuqqa va qurg`oqchilikka chidamli bo`lgani uchun chinor manzarali daraxt sifatida qadrlanadi. Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar bilan... suhbatlashish mumkin. Oyko`lga baland Sunbul cho`qqidan odamning beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qayeridan chiqib ketmas ekan.
Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik
ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli
bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan
tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb
qarash lozim bo`ladi. Masalan: Sharq chinorlari (Kavkaz, Qrim va O`rta
Osiyo)da... o`stiriladi. Mahkam (karavotlar va tubochkalar) bilan qurshalgan
stolga qaradi. ... bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan
tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. Temirjon... Abdulla Karimovich Salimovni
(tanimas, ammo eshitgan) edi. Qishloq bolalari (pishiq, tadbirli) bo`ladi. Birinchi
gapda bitta uyushiq o`rin holini –da o`rin payt kelishigi affiksi, ikkinchi, uchinchi
gapda bitta uyushiq vositali to`ldiruvchini bilan ko`makchisi, to`rtinchi gapda bitta
uyushiq fe’l kesimni edi to`liqsiz fe’li va beshinchi gapda bitta uyushiq ot kesimni
bo`ladi bog`lamasi umumlashgan holda shakllantirib kelgan.
Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu
aloqa teng bog`lovchilar va teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda
bog`lovchisiz, faqat intonatsiya, sanash intonatsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Sanash intonatsiyasi uyushuvchilarning bog`lovchilar yordamida aloqaga
kirishganda ham mavjud bo`ladi.
Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): uning tegrasida osmon benihoyat tiniq
va ko`k ko`rinadi. U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga korpusga
qarab ketdi. Kun bo`yi quloqlari ostidan juda g`alati, ham xiyol hazin, ham kishini
allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi.
Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog`lovchilar vazifasida kelib, inkor
ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi.
Va bog`lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi
mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o`xshatib elkasiga tashladi-da,
orqaga qaytdi. Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi.
Va biriktiruv bog`lovchisi vazifasini bilan ko`makchisi ham bajarishi
mumkin: Deraza bilan doska orasida qo`lini orqasiga qilib yurib, lektsiya
o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi.
Bilan yordamchisi, va bog`lovchisi singari, juft – juft qo`llangan
uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat,
yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo
almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. Usta Qambar o`g`lini
urmadi, so`kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi.
Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin.
Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni
Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini
sezmabman. U Mullajon qozining bog`ini ko`rgan emas, ammo tarifini eshitgan.
3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir,
ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta–katta toshlarni aylanib o`tib, ba’zan
qoyalarning ostidan yo`l topib, goh to`lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko`lga
tushadi. U dam sahnada o`tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib
o`qib ketdi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi.
Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq
bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan
umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan
umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan:
Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. Ko`cha –
ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi.

Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling