Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti


Download 56.97 Kb.
bet2/9
Sana27.03.2023
Hajmi56.97 Kb.
#1300492
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .

Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishini yozishda o’quvchilarni uyushiq bo`laklardan foydalanishga o’rgatish asosiy maqsad qilib belgilandi. 
Kurs ishining vazifalari: Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yozuvga o’rgatish bo’yicha adabiyotlar va internet ma’lumotlari o’quvchilarni savod o’rgatishning ilk davridayoq o‘zbek tilining sintaktik qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha yoritib beriladi
Kurs ishining obyekti : Ta`lim muassasi, boshlang`ich snflar uchun ajratilgan auditoria , 4-sinf ona tili dars mashg`ulotlari jarayoni .
Kurs ishining predmeti: O`rgatish davrida o`quvchilarni uyushiq bo`laklarni to`g`ri qo`llashm foydalanish va talaffuz qilish va o`qishga o`rgatishning shakl va mazmuni.
Kurs ishining metodlari: izlanish va tahlil qilish, ona tilidan o`quv dasturlari va darsliklarni o‟rganib chiqish, o`qitish jarayonlarini kuzatib borish, o`qituvchilar va o`quvchilar bilan suhbat o`tkazish, o`quvchilar o`rtasida anketa, og`zaki so`rovlar ishlari olib borish, mavzu yuzasidan tajriba-sinov o`tkazish, tajriba-sinovdan olingan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Boshlang‟ich sinflarda uyushiq bo`laklarni o`rgatish yuzasidan ishlab chiqilgan metodik ishlar yordamida darsning tashkil etilishi bilim olishni yengillashtiradi, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatadi. Kurs ishining amaliy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa , foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib,29 betni tashkil etadi.

I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti.
1.1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish.
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ancha uzoq tarixga ega. Uyushiq bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng yaratilgan asarlarda ko‘plab uchratamiz. Bu hodisa barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham mushtarak bo‘lgan turk- runiy yozuvlarida ham, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ham ko‘plab uchraydi.
Chektilar sharbatu taom avval, Ikkisidin yetushdi kom avval ( Navoiy) Ushbu yil shu haliq taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim ( ”Boburnoma”).
Demak, hozirgi zamon o‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi tasodifiy hol bo‘lmay, tarixan shakllanib kelayotgan o‘ziga xos sintaktik hodisadir.
Bu o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
1.Uyushiq bo‘lak qismlari o‘zaro teng aloqada bo‘ladi.
2.Ular gapda bir xil sintaktik vazifa bajaradi.
3.Ular o‘zi uchun umumiy hisoblangan bo‘lak bilan bir xil munosabatda bo‘ladi.
4.Teng bog‘lovchilar yordami bilan bog‘lanadi yoki bog‘lanishi mumkin.
5.Sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi.
6.Odatda bir xil so‘z turkumlaridan ifodalanadi.
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi teng bog‘lovchilar, yuklamalar va to‘xtam, ohang yordami bilan bo‘ladi. Teng bog‘lovchilar yordamida bog’langan uyushiq bo’laklar gap bo’laklarining o’zaro uyushish munosabatlaridagi ayrim xususiyatlariga ko’ra, intonatsiya yordamida bog’langan uyushiq bo’laklarga nisbatan ozmi-ko’pmi farq qiladi: bog’lovchilarning qatnashuvi uyushgan bo’laklarning ochiq, yanada aniqroq ifodalashni ta’min etadi.
Uyushgan bo’laklarning o’zaro bog’lanishida ishlatiladigan bog’lovchilar qo’llanish usullariga ko’ra asosan uch xil: o‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklarini bog‘lash uchun teng bog‘lovchilar - biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilari qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. O‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklari yozuvchilarning asarlarida ma’ruzachilarning nutqida uslubiy vosita sifatida juda keng qo‘llanmoqda. Chunki ular fikrni aniq, to‘liq, obrazli ifodalaydi, shuningdek, nutqqa ifodalilik, ko‘tarinkilik berish uchun xizmat qiladi.
Ular ifodani ixcham tuzish, unda hishayajon holatlarni to‘la aks ettirish, stilistik ravonlik va ixchamlik singari xususiyatlar bilan tilimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik kategoriyalardan hisoblanadi. Shuning uchun bu sintaktik hodisa ifoda vositasi sifatida nutqimizning deyarli hamma turida, ayniqsa, yozma nutq turlarida, badiiy adabiyotning turli janrlarida ancha keng qo‘llaniladi va dolzarb hodisa hisoblanadi.
Ona tili darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bir butunlikda hal qilinadi, bolalar atrofni o‘rab olgan muhit haqida, mustaqil Vatanimizning o‘tmishi, bugungi va kelajagi haqidagi bilimlari kengayadi; milliy g‘oya shakllanadi, ular aqliy jihatdan kamol topadilar, mustaqil fikrlashga, mushohada yuritishni o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kitobda topshiriqlar mazmuni va matnlar o‘zaro bog‘liq holda berilgan.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun Ona tili darslarida matn va mashqlar ustida ishlash kerakligi ham muhimdir. Ona tili darslarida o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning ma’lum jihatlarini egallatishni, ularda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan bog‘lab amalga oshiriladi.
Ona tili kitoblariga kiritilgan matn va mashqlarda Vatan, ona, xalq, tarix haqidagi bilimlar o‘quvchilarning sinfdan sinfga o‘tishi bilan tobora chuqurlashtirila boriladi. Vatan, uning o‘tmishi va hozirgi kuni Ona tili kitoblarida markaziy mavzu hisoblanadi. Mavzularni o‘rganish jarayonida uyushiq bo‘lakli gaplardan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Ona tili darslarida mavzular bir-biri bilan uzviy bog‘lanadi. Bu hol ta’lim va tarbiya jarayonining birligi haqida to‘xtashga imkon beradi. O‘quvchilar atrof-muhit, borliq haqida qanday bilimlarni egallashlari, ularda qanday bu ishlarni amalga oshirishni o‘rganadilar.
4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning birbiridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum- yumaloq kabi sifatlarning yozilishini; son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga fel zamonlari: fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi) haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi. Dasturning “Gap” bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida ular nutqida ko‘proq ishlatiladigan bog‘lovchilar bilan amaliy tanishtiriladi.
So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z birikmasida to‘g‘ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning yozilishini bilib olishga ko‘maklashadigan lug‘aviy-imloviy mashqlar o‘tkaziladi.
O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar; gapning mazmuniga ko‘ra oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgisining qo‘yilishi haqida; gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida, gaplar so‘z birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to‘rt o‘quv yili davomida izchillik bilan berib boriladi. Birinchi sinfda o‘quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida so‘zdan farqlashga, gapni o‘qiganda ohangiga rioya qilishga, ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng, gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlab yozishga va oxiriga nuqta qo‘yishga o‘rganadilar. Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o‘quvchilar gapning oxirida nuqtadan tashqari so‘roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi bilan tanishadilar va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar gap bo‘laklarini o‘rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar, ular gap kim? (kimlar?) yoki nima? (nimalar?) haqida aytilishini bildirgan so‘zni (egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga, o‘rgatiladi (ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni o‘rganish jarayonida gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlashga oid mashqlar o‘tkazib boriladi. Uchinchi sinfda gapning turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) o‘rgatiladi. Ularni ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya bilish haqida tushuncha beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap bo‘laklari: ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzulari ham o‘rganiladi (Ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi).



Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling