Reja I. Kirish II. Asosiiy qism
Yuklarni konteyner va tagliklarda tashish
Download 1.08 Mb.
|
Yuklarni konteyner va tagliklarda tashish.
Hozirgi davrda transport jarayonidagi eng sermehnat va kam mexanizatsiyalashtirilgan ishlarga yuklarni transport vositasiga ortish-tushirish ishlarini kiritish mumkin. Bunday ishlarni bajarishga transport umumiy harajatlarining 40-75 foizi to‘gri keladi. Ortish-tushirish operatsiyalarida avtomobillarning unumsiz turishini kamaytirish, ayni operatsiyalarni kompleks mexanizatsiyalash va tashish jarayoni sifatini oshirishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri barcha transport turlaridagi yuk tashishlarni konteyner va tagliklarda paketlab tashishdir. Yuklarni konteyner va tagliklarda paketlab tashish quyidagi afzalliklarga ega: transport vositalarining bekor turishini kamaytirish; transport jarayonining barcha bosqichlarida ham ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash; mexanizmlarni samaraliroq ishlatish va tashilayotgan yuk partiyalarini yiriklash hisobiga ortish-tushirish harajatlarini kamaytirish; kam harajatli (arzonroq) va usti ochiq transport vositalari turidan foydalanish; taralash sarfini kamaytirish hamda tashilayotgan yuklarning sifatliroq saqlanishi. Konteynerlarda tashishni tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan sxemalari quyidagichadir: konteynerni transport vositasidan tushirmasdan yoki yukli konteynerni tushirib qoldirib, yoki bo‘shatilganlarini boshqa bekatlarga qaytarish; yuklangan konteynerni yuk qabul etuvchiga yetkazib berib, ulardagi oldindan bo‘shatilgan boshqa konteynerni yoki yuk ortilgan konteynerni olib ketish; yuklangan va bo‘sh konteynerlarni yuk jo‘natuvchiga yetkazib berish va oldindan yuklangan yoki bo‘shatilgan boshqa konteynerni temir yo‘l yuk bekatiga qaytarish. Konteynerlarni avtomobildan tushirmay bajariluvchi tashish ishlari (1-rasm, v) yuk oqimlari kichik va ularni qabul etuvchilarda tushirish ortish mexanizmlari yo‘q joylarda ishlatiladi. Qatnov masofasidan foydalanish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan tashishlar, ya’ni ikkala yo‘nalishda ham yuklangan konteynerlarni tashish (1-rasm, b) eng samaralidir. Agar orqaga yuboriluvchi yuklar bo‘lmasa, 1-a rasmdagi sxema bo‘yicha tashishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Konteynerlar maydoni va almashtirish punktlari. Bunday maydonlar yoki terminallarda konteynerlar bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkaziladi, masalan, temir yo‘l transportidan avtomobilga yoki uning aksi. Bunday terminallar (maydonlar) konteynerli yuklar juda ko‘p keladigan va jo‘natiladigan punktlar (yirik temir yo‘l bekatlari, daryo va dengiz port va pristanlari) yoqasida qurilib, tashishlar tashkil etiladi. Konteyner terminallarida yuklangan va bo‘shatilgan konteynerlar qabul etiladi va jo‘natiladi, ular yo‘nalishlarga qarab sarflanadi, hujjatlar rasmiylashtiriladi, ortish-tushirish ishlari bajariladi. Yuk jo‘natuvchilardan temir yo‘l bekatiga keltirish va yuk qabul etuvchilarga temir yo‘l bekatidan yetkazib berish, amalda, avtomobil transporti bilan bajariladi. Konteynerli tashishlarni tashkil etishda ochiq va past qilib ishlangan, qoplamasi asfalt-beton bo‘lgan maydonlar quriladi. Konteynerlar bunday maydonlarda bir necha qator qilib joylashtiriladi. Qatorlar orasida tarozbonlarning meyorda ishlash imkoni bo‘lishi uchun kamida 0,6 m masofa qoldiradi. Temir yo‘l bekatlarida konteyner maydonlarida ortish-tushirish ishlari ko‘pincha to‘rt tayanchli kranlarda bajariladi, yuk oboroti nihoyatda katta terminallarda ko‘prikli yuklagichlar ham o‘rnatiladi. Konteyner yuklagichli terminallar avtomobil transporti tizimidagi yuk bekatlarida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda avtomobillar bilan konteynerlarda shahar (viloyat)lararo yuk tashish ishlari bajariladi. Konteynerlarda yuk tashish ularning jo‘natish partiyalarini yiriklashtirish hisobiga ko‘p yuk ko‘tarish xususiyatiga ega bo‘lgan poyezdlarda yuklarni yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Yirik sanoat korxonalari o‘z xududlari ichida konteyner almashtirish punktlarini tashkil etib, u yerda yuklar qabul etiladi va yuklangan (bo‘shatilgan) konteynerlar jo‘natiladi. Ayrim hollarda bir necha yuk egalari birlashib, korxonalararo konteyner almashuvi punktlari tashkil etiladi. Bunday punktlarda konteynerlar almashuvi fondi tashkil etilishi lozim. Bunday terminallarda konteynerlarni keltirish yoki jo‘natish kompleksi, transport-ekspeditsiya xizmati tashkil etilishi va ortish-tushirish operatsiyalari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Konteyner almashuv punktlari faoliyatining asosi jo‘natuvchilar oldindan (avtomobillar kelguncha) tashishga mo‘ljallangan konteynerlarni yuklab tayyorlab qo‘yish, yo‘l xujjatlarini oldindan rasmiylashtirish tamoyilida bo‘lishi lozim. Yuk qabul etuvchilar ham konteynerlarni avtomobildan tushirib olganlaridan so‘ng zudlik bilan ularni bo‘shatish tamoyili asosida ishlashlari lozim. Avtomobil transportida yuklarni taglikda paketlab tashish barcha universal (bortli) avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalarda bajariladi. Taglikda paketlab tashishda furgon kuzovining tagi (poli) maxsus suriluvchi qilib ishlangan bo‘lsa, avtoyuklagichlar furgon ichiga kirgazilmay ortish-tushirish ishlarini bajarish imkoni bo‘ladi. Ba’zi hollarda qoplangan ularni taglikda paketlab tashishda avtomobil kuzovining tom qismi suriladigan bo‘ladi. Massasi 10, 20 va 30 tonnali konteyner tashishga moslangan avtopoyezdlar tyagach va universal (bortli) yarim tirkamadan iborat bo‘ladi. Yarim tirkamalar konteynerni mahkamlovchi ushlagichlar bilan jihozlangan. 10, 20 va 30 tonnali konteynerlarning gabarit o‘lchamlari eni bo‘yicha bir xil (2438 mm) va uzunligi bo‘yicha o‘z navbatida 2991, 6058 va 12192 mm yoki ular nisbati 1:2:4 qilib ishlanganligi uchun bitta yarim tirkamaga 30 t li 1 ta konteyner, 20 t li-2 ta, 20 t-li 1 ta va 10-t li 2 ta yoki faqat 10 t li 4 ta konteyner joylashadi. Tarasiz tashishning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: katta hajmdagi ombor, bino va maydonlar zarurati; qo‘l kuchi bilan ortish-tushirish operatsiyasida transport vositalarining uzoq muddat turib qolishi; transport vositalari yaxshi jihozlanmagan hollarda tashish jarayonida yuklarning to‘kilishi hisobiga yo‘qotilishi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling