Reja I. Kirish II. Asosiiy qism
Yo’klash-tushirish mashina va mexanizmlari
Download 1.08 Mb.
|
2.1.Yo’klash-tushirish mashina va mexanizmlari
turlari va ularning tasnifi Yuk ko‘tarish mashinalari yukni vertikal yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish ishlarida qo‘llaniladi. Yuk ko‘tarish mashinalari yuklarni korxona sexlari va kor- xonadan tashqarida ko‘tarib tushirish vazifasini bajaradi. Ishlab chiqarish korxonasidagi texnologik jarayon xarakteri, ko’tariladigan yukning fizikaviy, kimyoviy, mexanikaviy xossalariga qarab ko‘tarish mashinalarining turi va konstruksiyasi tanlanadi. Yuk ko‘tarish mashinalarining turi va konstruksiyasini tanlashda yuk ko‘tarish, yuk ortish, yuk tushirish ishlarini mexa- nizmlar yordamida bajarish, yuk ko‘tarish mashinalarining unumdorligi texnologik jarayonga mos kelishi, ko‘tarish jarayonida ko‘tarilayotgan yuklarga zarar yetkazmaslik, mashinalarga xizmat ko‘rsatayotgan ishchilarga qulay sharoit yaratib berish masalalariga jiddiy e'tibor berish kerak. Qurilishda turli xil yuk koʼtarish mashina va mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Turar joy va grajdan qurilishida yuk koʼtarish mashinalari yordamida poydevor va devor bloklari, kolonnalar, beton plitalari va boiqa yirik elementlar oʼrnatiladi hamda montaj qilinadi, qurilayotgan binoga qurilish materiallari va detallari koʼtariladi, turli yuk koʼtarish-tushirish ishlari bajariladi. Sanoat qurilishida yuk koʼtarish mashinalari yordamida asosiy qurilish ishlaridan tashqari texnologik jixozlar ham montaj qilinadi. Yukkoʼtarish mashinalari yordamida energetika kurilishidagi katta hajmdagi ishlar ham bajariladi. Shaxsiy himoya vositalari jihozlarning dizayni, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, me'moriy va rejalashtirish echimlari va jamoaviy himoya vositalari bilan ish xavfsizligini ta'minlash mumkin bo'lmagan hollarda, shuningdek, mehnat salomatligi ta'minlanmagan hollarda ishlatilishi kerak. Yuk ko‘tarish mashinalari yukni vertikal yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish ishlarida qo‘llaniladi. Yuk ko‘tarish mashinalari yuklarni korxona sexlari va kor- xonadan tashqarida ko‘tarib tushirish vazifasini bajaradi. Ishlab chiqarish korxonasidagi texnologik jarayon xarakteri, ko’tariladigan yukning fizikaviy, kimyoviy, mexanikaviy xossalariga qarab ko‘tarish mashinalarining turi va konstruksiyasi tanlanadi. Yuk ko‘tarish mashinalarining turi va konstruksiyasini tanlashda yuk ko‘tarish, yuk ortish, yuk tushirish ishlarini mexa- nizmlar yordamida bajarish, yuk ko‘tarish mashinalarining unumdorligi texnologik jarayonga mos kelishi, ko‘tarish jarayonida ko‘tarilayotgan yuklarga zarar yetkazmaslik, mashinalarga xizmat ko‘rsatayotgan ishchilarga qulay sharoit yaratib berish masalalariga jiddiy e'tibor berish kerak. Yuk ko‘tarish mashinalari konstruktiv tuzilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1.oddiy yuk ko‘tarish mashinalari (lebyodkalar, domkratlar, tallar); 2.murakkab yuk ko‘tarish mashinalari (kranlar, ko‘targichlar). Oddiy yuk ko‘tarish mashinalari Domkratlar. Yuk ko‘tarish balandligi cheklangan — yukni uncha katta bo‘lmagan balandlikka ko‘tarish, pastga tushirishga mo‘ljallangan mex anizmlar domkratlar deyiladi. Domkratlar asosan ta'mirlash ishlarida qo‘llaniladi. Dom kratlar qo‘l kuchi bilan, ayrim hollarda mexanizmlar yordamida ishga tushiriladi. 1-rasm. Vintli domkrat sxemasi: 1 — korpus; 2 — gayka; S — vint; 4 — yuk; 5 — dastak Domkrat ko‘tarilishi kerak bo‘lgan yuk 4 ostiga qo‘yiladi va dastak 5 bilan ishga tushiriladi. Dastak vositasida vint S aylantirilsa, yuk vertikal yo‘nalishda yuqoriga ko‘tariladi yoki pastga tushiriladi. Vint S gayka 2 ichida aylanadi. Gayka 2 domkrat korpusi 1 ga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. Murakkab yuk ko‘tarish mashinalari (konstruksiyasi va bajaradigan vazifasi bir-biridan farq qiladigan, yetarli darajada murakkab tuzilgan, yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati katta bo‘lgan, universal yuk ko‘tarish mashinalari) kranlar deyiladi. Har qanday kran: metallkonstruksiya; ko‘tarish mexanizmi; siljitish mexanizmi; kranni aylantirish mexanizmi; kran qulochini o‘zgartirish mexanizmi va boshqa mexanizmlardan tashkil topgan bo‘ladi. Kranlar donali yuklarni va sochiluvchan yuklarni ko‘tarishda ishlatiladi. Konstruksiyasining tuzilishi bo‘yicha kranlar strelasimon — strelali kranlar va ko‘priksimon — ko‘prikli kranlar deb ataluvchi guruhlarga bo‘linadi. Strelali kranlar. trelali kranlarda yuk strela uchidagi yuk osish moslamasiga osiladi. Kranning qulochi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas bo‘lishi mumkin. trelali kranlar devorga o‘rnatilgan yoki o‘z o‘qi atrofida aylanadigan, kolonnaga (ustunga) o‘rnatilgan aylanma kranlarga bo‘linadi. Devorga o‘rnatilgan kranlarning qulochi o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Qulochi o‘zgarmas strelali kranlarda yuk kran strelasining uchiga o‘rnatilgan blokdan o‘tkazilgan arqonga osib qo‘yiladi . Devorga o‘rnatilgan strelali kranlar o‘z o‘qi atrofida 180˚ ga burilishi mumkin. Devorga o‘rnatilgan strelali kranlarda qulochni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, strela ustiga aravacha o‘rnatiladi. Yuk ko‘tarish mexanizmi esa aravachaga o‘rnatiladi. Aravacha strela bo‘ylab harakatlanib, kran qulochini o‘zgartiradi. Ko‘targichlar. Ko‘targichlar yuklarni yoki passajirlarni ver- tikal yo‘nalishda balandlikka ko‘tarish va pastga tushirish ishlarida ishlatiladi. Ko‘targichlarda yuk ko‘taruvchi element vazifasini kabina, kovsh (cho‘mich) va platformalar bajaradi. Yuk tashuvchi elementlar yuk ko‘tarish mexanizmi yoki yuk tortish mexanizmi bilan ulangan bo‘ladi. Yuk ko’tarish mashinalarining ish rejimi Davriy ishlaydigan mashinalarda turli mexanizmlar ish sharoitining o‘zgarishini ifodalash uchun ish rejimi degan tushuncha kiritilgan. Yuk ko‘tarish mashinalarining ish rejimini aniqlash uchun bir necha omillar hisobga olinadi: ya'ni, mexanizmlarni yil 2-rasm. Habelli kran sxemasi: 1 — ustun tayanch; 2 — arqon; S— aravacha. bo‘yi ishlatish koeffitsienti, mexanizmlarning kun davomida ishlatish koeffitsienti, mexanizm motorining nisbiy ulanish davomiyligi. Mexanizmlar asbob-uskunalarining ish rejimini aniqlash uchun yuqoridagi omillardan tashqari, tashqi muhit haroratining ta'siri, shuningdek mexanizmni bir soat davomida yurgizishlar sonini hisobga olish kerak. Davlat texnika nazorati qoidalariga binoan yuk ko‘tarish mashinalarida quyidagi ish rejimlari belgilangan: dastaki yuritmali mashinalar uchun (D); mashina yuritmali mexanizmlar uchun yengil — (Ye); o‘rta (O‘); og‘ir (O) va o‘ta og‘ir (O‘O). Har bir mexanizmning ish rejimi asosiy yuk ko‘tarish mexanizmi uchun belgilangan bo‘ladi. Kran metall-konstruksiyalarini hisoblashda ham shu ish rejimlariga rioya qilinadi. Dastaki yuritmali kranlar ko‘p tanaffuslar bilan ishlaydi va harakatlanish tezligi kichikligi bilan ajralib turadi. Odatda, bunday ish rejimi yordamchi yuk ko‘tarish mexanizmlariga xos bo‘ladi. Yengil (Ye) rejimda kran ko‘p tanaffuslar bilan, kamdan kam nominal yuklar bilan ishlaydi, harakatlanish tezligi kichik, bir soatda elektr motorni ishga tushirish soni kamligi va ulanish davomiyligining kichikligi bilan xarakterlanadi. Bunday rejim ta'mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlar va elektrostansiyalarning mashina zallarida ishlaydigan kranlarning mexanizmlariga xos. O‘rta (O‘) rejim — turli massali yuklar bilan ishlash, o‘rtacha harakatlanish tezligi va motorning o‘rtacha ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim, o‘rta seriyali ishlab chiqarishning mexanika-yig‘uv sexlarida va ta'mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlarga xosdir. Og‘ir (O) rejim — doimiy yuklar bilan ishlash (nominal qiymatga yaqin massali), katta harakatlanish tezligi, bir soatda elektr motorni ishga tushirish sonining kattaligi va yuqori ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim yirik seriyali ishlab chiqarishda, mexanika-yig‘uv sexlarida va ta'mirlash mexanika sexlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlarga xos. O‘ta og‘ir (O‘O) rejim — doimiy yuklar bilan ishlash (nominal qiymatga yaqin massali), katta harakatlanish tezligi, bir soatda elektr motorni ishga tushirish sonining kattaligi va yuqori ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim yirik seriyali ishlab chiqarishning texnologik sexlarida va omborlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlarning barcha mexanizmlariga xosdir.
3-rasm. Yuk ko‘tarish mashinalari mexanizmlarining ish rejimlari. Yuk ko‘taruvchanligi bo‘yicha krandan foydalanishkoeffitsienti; ko‘tarish mexanizmi uchun: Mexanizmlarning ish rejimiga qarab, yuk ko‘tarish mashinalari qism va detallari (asosan motor va tormozi)ning mustahkamligi hisoblanadi, mexanizm elementlariga ta'sir etuvchi kuchlar topiladi va shu kuchlarning metall konstruksiyalariga ta'siri aniqlanadi. Asosiy normativlarga qarab, mexanizm qismlari va ayrim detallarning xizmat muddati, mustahkamlik chegarasi, tormozlanish chegarasi qabul qilinadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling