Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim


Download 41.58 Kb.
bet4/4
Sana09.05.2023
Hajmi41.58 Kb.
#1448455
1   2   3   4
Bog'liq
Jaxon tarixi

Etnografiya ma'lumotlari. Misrliklar boshqa ko`pgina qadimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqini tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo’lgan kishilarning o`ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o`lchab ko`rish natijalari, shuningdek qadimgi Misr tipining somali va boshqa qabilalarning tipiga bir muncha o`xshab ketishi eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko`rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko`ra Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o`zlarining tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o`xshab ketadilar.
Qadimgi Misrdagi, samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvirlangan hosildorlik ma'budasining tasviri hamda sersoqol, pakana xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlarning diniy e'tiqodlari bilan mahkam bog'langanidan dalolat beradi. Qadimgi Podsholikka oid yozuvda Nubiyadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruvchi pakana odamning Misrga keltirilganligi to`g'risida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy Afrikaning luviyalik qabilalari bilan ham juda yaqin bo`lganlar. Qadimgi Misr tili o`zining ba'zi xususiyatlari bilan Shimoliy Afrikadagi berber tillariga ham o`xshab ketadi. Misrda va Nil vodiysini o`rab olgan baland tog'liklarda o`tkazilgan arxeologik qazishmalarning ko`rsatishicha, o`ziga xos Misr
madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi tosh davridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganlar.
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan. Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi. Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig`inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik
qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urfodatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig`inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda boryo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o`yib tushirilgan.
Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan riton qadaxlar, zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy san'at asari xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va xayvonlarni hayotiy tasvirlari bo’lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.

Xulosa
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya, jami 11 davlat. Ularning ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, bozor mexanizmi ruli “qattiq siyosiy qo‘llar”da, ya’ni davlatning qo‘lida. Shu jihatdan olganda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlar negizida ham davlatning bosh islohotchilik siyosati yotibdi.


Tahlilimizni Malayziya davlatidan boshlaymiz. 1981-2003 yillarda Malayziyaning Bosh vaziri lavozimida ishlagan Maxatxir Muhammad qoloq agrar iqtisodiyotli mamlakatni “Osiyo yo‘lbarslari” darajasiga yetkazgan kuchli arbob edi. U g‘arbiy qadriyatlarga zid o‘laroq, “osiyocha qadriyatlar”ning tashviqotchisi, xalqaro qo‘shilmaslik harakatining rahbari bo‘ldi. “Kishilarning farovonligi hukumatning tashabbuskorligiga bog‘liq. Davlat tarafidan kichik biznesga yaratilgan yengilliklar tufayli Malayziyada mahalliy va xorijiy investorlar o‘zlarini qayta ishlash sanoatini barpo etishdi”, degan edi u.
M.Muhammadning fikricha, davlat rahbari modernizasiyalashda yetakchi rolni o‘ynaydi, uning mamlakat taraqqiyotini belgilashdagi qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Lider bu ishga jon-jahdi bilan berilishi, milliy taraqqiyot yo‘lini hayotga tatbiq etishga shaxsan rahbarlik qilishi, boshqaruvda, siyosatda, moliya va savdo sohalarida yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Sobiq Bosh vazir Xitoy tajribasini yaxshi tahlil qiladi. “Mao ajoyib harbiy qo‘mondon edi. Biroq mamlakatni boshqarish urush olib borishdan farq qiladi. U olg‘a surgan kommunistik mafkura taraqqiyotga yo‘naltirilgan emas edi. Natija shu bo‘ldiki, Xitoy rivojlanishda ortda qola boshladi. Maoning vorisi Den Syaopin butunlay boshqa odam edi. U Xitoyni rivojlantirishga intilar, “hamonki, mushuk sichqonlarni ovlar ekan, uning qora yoki oqligi muhim emas”, deb hisoblar edi.
Bizga ma’lumki, “Osiyo fenomeni”, jumladan, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ham diniy e’tiqod, milliy urf-odatlar va an’analar yetakchilik qiladi. Xorijlik ekspertlarning ta’kidicha, “davlat – jamiyat – inson” konstruksiyasida “osiyocha konsepsiya” G‘arb mamlakatlari tushunchasiga unchalik mos tushmaydi. Masalan, osiyoliklar “inson huquqlari - bu jamoaviylik”, deb biladi va jamiyat manfaatlari himoyasini ustun qo‘yadi. Jamoaviylik jadal iqtisodiy rivojlanishga erishish, jinoyatchilik va ishsizlikni past darajada ushlab turish imkonini beradi. Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining muvaffaqiyati tarixiy-madaniy, tarixiy-etnologik tajribasi, bilim, yozuv va an’analarni to‘liq saqlab qolganligi bilan belgilanadi.
Foydalanilgan adabiytotlar.

1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 1998.


2. Qadimgi dunyo tarixi. Kuzishin tahriri ostida. II jild, 1974.

  1. Gomer Iliada 1995-2000. Toshkent.

4.Бойназаров Ф. А. Кадимги дунё тарихи. Т., 2004
5.Андреев Ю. В. Раннегреческий полис. Л., 1976.
6.Античная Греция. М., 1983, т. 1, гл. I.
7.История древнего мира/Под ред. И. М. Дъяконова, В. Д.
Нероновой, И. С. Свенцицкой. М., 1983, т. I, лекция 15.

  1. Ленцман Я. А. Рабство в микенской и гомеровской Греции. М.,

1963.
9.Луръе С. Я. Язык и кулътура микенской Греции. М.-Л., 1957.
10.Пендлбери Ж. Археология Крита. М., 1950.
11.Полякова Г. Ф. Социалънополитическая структура пилосского
общества. М., 1978
Download 41.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling