Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv quvvatni o‘lchash
Download 58.48 Kb.
|
Eletro mexanika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr zanjiri va uning elementlari.
Reja: I.Kirish II.Asosiy qism. 1.Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv quvvatni o‘lchash. 2. O‘zgaruvchan tokni o‘lchashning kompensatsiya usuli. 3. Tokni o‘lchash usullari va vositalari IV.Xulosa V.Foydalanilgan adabiyotlar Elektr zanjiri va uning elementlari. Elektr toki o’tishini ta‘minlaydigan elementlardan tashkil topgan sistema yoki elektr tokini o’tkaza oladigan har qanday berk kontur elektr zanjirlari deyiladi. Radiotexnikada qo’llaniladigan elektr zanjirlari radiotexnikaviy zanjirlar yoki qisqacha qilib radiozanjirlar deb ataladi. Umumiy kurinishda elektr zanjirlarini bir yoki bir necha elektromagnit energiyasi manbaini o’z ichiga oluvchi to’rt qutbli sistema deb qaraladi. Elektr zanjirining tasviri. Elektr zanjirning signal ulanadigan qismi kirish zanjiri, signal olinadigan qismi chiqish zanjiri deb ataladi. Signal elektr zanjiridan o’tayotganda o’ning ichida yoki sirtida energiya yutilishi yoki to’planishi mumkin. Shunga ko’ra, elektr zanjirning elementlari aktiv (rezitiv) va reaktiv qarshiliklarga ajratiladi. Elektr zanjirining aktiv qarshilikli elementi «rezistor» deb ataladi va sxemada «R» yoki «r» harfi bilan belgilanadi. Reaktiv qarshilikli elementlarga misol qilib induktivlik g’altagi va kondensatorni ko’rsatish mumkin. Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv quvvatni o‘lchash. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida quvvatni ampermetr va voltmetr bilan o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘zgaruvchan tok zanjirining quvvati tok va kuchlanishdan tashqari quvvat koeffitsienti cosφ ga ham bog‘liqdir. Demak, o‘zgaruvchan tok tok quvvatini ampermetr, voltmetr va fazometr bilan o‘lchash ancha noqulaydir, chunki bir vaqtning o‘zida uchta asbobning ko‘rsatishini yozib olish ancha qiyin, ikkinchi tomondan quvvatni o‘lchashdagi xatolik uchta asbob ayrim xatoliklariga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi quvvat faqat elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar bilan o‘lchanadi. Elektrodinamik vattmetrlarning aniqligi ferrodinamik vattmetrnikiga nisbatan yuqori bo‘lganligi uchun ularni yuqori aniqlik bilan o‘lchash kerak bo‘lganda hamda yuqori chastotali (2000 Gs gacha) o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi. YUqori chastotali quvvatlarni o‘lchashda termoelektrik va elektron vattmetrlardan ham foydalanish mumkin. Ferrodinamik vattmetrlar asosan, sanoat chastotasida shchit asbobi sifatida ishlatiladi. Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi aktiv quvvatni o‘lchash uchun bitta, ikkita va uchta vattmetr usullaridan foydalaniladi.O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvatni ampermetr va voltmetr yordamida o‘lchash mumkin. Buning uchun bir vaqtda ikki asbobning ko‘rsatishini yozib olish va so‘ngra o‘lchangan tok va kuchlanish qiymatlari o‘zaro ko‘paytiriladi. Bu holda o‘lchash aniqligi ancha past bo‘ladi, shuning uchun o‘zgarmas tok quvvatini o‘lchash uchun amalda elekrodinamik vattmetr ishlatiladi. Download 58.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling