Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv quvvatni o‘lchash


Tokni o‘lchash usullari va vositalari


Download 58.48 Kb.
bet3/4
Sana27.02.2023
Hajmi58.48 Kb.
#1233872
1   2   3   4
Bog'liq
Eletro mexanika

Tokni o‘lchash usullari va vositalari
Tok va kuchlanishni bevosita o‘lchash uchun ampermetr va voltmetrlardan foyda­laniladi. Ampermetr va volmetrlar magnitoelektrik (faqat o‘zgarmas tok zanjiri uchun); elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik (o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok uchun); induksion, to‘g‘rilagichli (o‘zgaruvchan tok uchun) va boshqa sistemalarda bo‘lishi mumkin. Tokni o‘lchash uchun zanjirni qulay joyidan uzib, ampermetr A ni iste’molchi karshiligi R bilan ketma-ket ulash kerak (1-rasm). Ampermetrni ulashdan oldin o‘lchanayotgan tokning turini va taxminiy qiymatini bilish kerak. O‘zgarmas tokni o‘lchash uchun induksion sistemadan boshqa barcha sistemadagi ampermetrlardan foydalanish mumkin, ammo amalda magnitoelektrik ampermetrlargina ishlatiladi. CHunki ular juda aniq va yuqori sezgirlikka egadir. O‘zgaruvchan miqdorlarni o‘lchashda asbob shkalasidagi chastota o‘zgaruvchan tok chastotasiga teng yoki katta bo‘lishiga e’tibor berish kerak, aks holda katta xatolik paydo bo‘ladi.
Asbobning o‘lchash chegarasini tanlashda quyidagi oddiy qoidaga rioya qilish kerak, ya’ni o‘lchash chegarasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan miqdordan taxminan 25—30% katta qilib olinadi. CHunki asbobning ikkinchi yarmida nisbiy o‘lchash xatoligi birinchi yarmidagiga nisbatan kamdir.


Tekshirilayotgan elektr zanjiriga ulanuvchi asbob uning parametrlarini mumkin qadar kam o‘zgartirishi lozim. Shu sababli ampermetrning qarshiligi nolga teng bo‘lishi kerak. Bu holda tokni o‘lchash uchun zanjirga ulangan ampermetr zanjir qarshiliginn o‘zgartirmaydi. Amalda bu shartni bajarish mumkin bo‘lmaydi, shuning uchun ichki qarshiligi eng kichik bo‘lgan ampermetrdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo kichik tok (milli va mikroamper) larni o‘lchashda ichki qarshiligi bir necha o‘n va yuz Om bo‘lgan milli va mikroamperlarni ulashga to‘g‘ri keladi.


Tokni o‘lchash usullari va vositalari (davomi)
Zanjirga ampermetr ulaganda, uning qarshiligi o‘zgaradi, natijada zanjirdagi tok ham o‘zgaradi. Agar zanjir qarshiligi R bo‘lib, unga berilgan kuchlanish U bo‘lsa, zanjirdagi tok bo‘ladi. Zanjirga ampermetr ulangandan so‘ng, zanjirning umumiy qarshiligi ampermetr qarshiligi RA miqdoriga ortadi. Natijada ampermetr ulangandan keyingi tok, ya’ni ampermetr o‘lchagan tok quyidagiga teng bo‘ladi: . Shuning uchun tokni o‘lchash usulining nisbiy xatoligi: . Toklarning qiymatini quyib, o‘lchash xatoligini hosil qilamiz: .

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, tok o’tkazayotgan o’tkazgich kesmasi bir vaqtda R aktiv qarshillikka (energiya yo’qolgani uchun) ham, L induktivlikka (atrofida magnit maydoni bo’lgani uchun) ham, C elektr sig’imiga (zaryadlar to’plami bo’lgani uchun) ham ega bo’ladi. Bu elementlar zanjirning parametrlari deb ataladi. Elektr toki o’tishini ta‘minlaydigan elementlardan tashkil topgan sistema yoki elektr tokini o’tkaza oladigan har qanday berk kontur elektr zanjirlari deyiladi. Radiotexnikada qo’llaniladigan elektr zanjirlari radiotexnikaviy zanjirlar yoki qisqacha qilib radiozanjirlar deb ataladi. Umumiy kurinishda elektr zanjirlarini bir yoki bir necha elektromagnit energiyasi manbaini o’z ichiga oluvchi to’rt qutbli sistema deb qaraladi.


Download 58.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling