Reja: I kirish II asosiy qism


Download 37.95 Kb.
bet11/13
Sana28.09.2023
Hajmi37.95 Kb.
#1689114
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Harakat faoliyatini o\'rgatishning nazariy va uslubiy asoslari 22

Sport formasini fazasi sportda yutishga optimal (mazkur sikl uchun) tayyor ekanlikni saqlab borish bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda sport mashg’uloti bilan bog’liq, bo’lgan biologik o’z­garishlarning davom etish darajasi (juda bo’lmaganda katta yoshli sportchilarda) tushib ketishi o’z-o’zidan har qalay kamaya borsa kerak, chunki bu vaqtda yuksak darajadagi sport ko’rsatkichlari nisbatan turg’unlasha boradi.
Sport formasi davrida tub o’zgarishlarga yo’l qo’yib bo’l­maydi, chunki ular sport formasini yo’qotishga olib kelgan bo’lar edi. Biroq, bu bundan oldingi konstruktiv fazada qo’lga kiritilgan imkoniyatlar va bu yerda faqat ekspluatatsiya qilinadi, degan ma’noni bildirmaydi. Sport formasini saqlash fonida sport yutuqlariga erishish bevosita bog’liq bo’lgan hamma narsalarning yanada rivojlanishi davom etadi. SHuning uchun natijalar o’sa boradi, biroq, bu o’sish mazkur sport formasi darajasidan chiqmaydi.
Mashg’ulot tuzilish xususiyatlariga qarab, sport formasini saqlab turishning turli usullarini ifodalovchi sport natijalari bir yillik dinamikasining tiplari turlicha bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat: «cho’qqilar» orasida uncha uzoq, davom etmaydigan 4-b xaftaga boradigan pasayishlar bor «bir cho’qqilik», «qo’sh cho’qqilik». Bular ko’p turli xollarning barchasini qamrab olmaydigan faqat asosiy, qancha keng tarqalgan variantlar, xolos. Bundan tashqari sportning ayrim turlari (masalan, og’ir atletika) uchun oralig’i 3 oydan ortiq pasayishga ega bo’lgan «qo’sh cho’qqilik» dinamika, tipikdir.
Sport formasini saqlab turish muddatlarini aniq belgilash ancha qiyin ish. Sportning ayrim turlaridagi sport natijalari dinamikasini statistik analiz qilish asosida taxminan shuni aytish mumkinki, yuqori malakali sportchilarda bu muddat odatda «bir cho’qqilik» dinamikada 2-3 oyga yaqin, «qo’sh cho’qqilik» esa, jamlab hisoblansa, 4-4,5 oyga boradi. CHo’qqi-lar orasidagi nisbatan uncha uzoq, davom etmaydigan pasayish-lar, aftidan, alohida oraliq momentlar sifatida sport formasini saqlab turish davriga kiritilishi to’g’ri bo’lsa kerak. Bu paytda sport formasining asosiy tarkibiy qismlari yo’qolmasa kerak; faqat spetsifik funksional kayfiyat bir oz pasayishi mumkin. Ko’rsatilgan muddatlarni tibbiy - fiziolo-gik ma’lumotlari xam qisman tasdiqlaydi (S.P.Letunov va boshqalar).
Sport formasini saqlab turishning qaysi varianti yaxshiroq ekanini aytish hozircha qiyin. Ko’p narsa, shubxasiz, sport turlarining xususiyatlariga bog’liq. YAna shu narsa xam ma’lumki, «qo’sh cho’qqilik» variantlarda mashg’ulotlarning musobaqa davrini uzaytirish imkoni paydo bo’ladi. Mazkur variantlar ham, aslini olganda, ana shunday zaruriyat orqasida paydo bo’lgan.

Download 37.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling