Reja: I kirish II asosiy qism
Sport formasini vaqtincha yo’qotish fazasida
Download 37.95 Kb.
|
Harakat faoliyatini o\'rgatishning nazariy va uslubiy asoslari 22
Sport formasini vaqtincha yo’qotish fazasida mashq bilan chiniqqanlikni ma’lum tomonlari readaptatsion pasayadi, sport formasining ayrim elementlarini birlashtirib turgan aloqalar so’na boradi va organizm boshqacha darajada ishlashga o’ta boradi.
Sport formasining yo’qotilishi organizm xayotiy funksiya-larining tushkunligi emas. Umumiy rejim va mashg’ulotni ratsional tashkil etilsa, odatdagi xayot faoliyati saqlanadi va yanada yaxshilanadi - bu maxsus tadqiqotlarda tasdiqlangan (V.P.Filin, L.P.Matveyev, ye.V.Kukolevskaya, ye.E.Nemova). Bu vaqtda organizmda avvalgi yuklamalar xamda kundalik mashg’ulotlar natijasida ba’zi bir ijobiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi davom etadi. Aftidan, bu vaqtda avvalgi yuklama-lar tufayli eng uzoq, davom etadigan o’zgarishlar nihoyasiga yetadi, plastik almashinish jarayonlarida ba’zi bir assimilyatsiya momentlari kuchayadi. Sportchi ko’p vaqt va kuch sarf qilib, sport formasiga kirib olgandan keyin uni yo’qotish xato emasmi? Bu savolga to’g’ri javob berish uchun quyidagilarni xisobga olish kerak; 1. Sport - mashg’uloti uzluksiz suratda kamolotga erishib bo-rishga qaratilgan. Sport takomilining u yoki bu bosqichida qo’lga kiritiladigan sport formasi esa xuddi ana shu bosqich (va faqat shu bosqich) uchun optimal holatdir. Birok sport mahoratining bir bosqichi uchun optimal bo’lgan holatdan keyingi, yana ham yuksakroq bosqichi uchun optimal bo’la olmaydi. SHu sababdan bir marta qo’lga kiritilgan sport formasini har doim saqlab turishga intilish - bir joyda qimirlamay turib qolish istagi bilan baravardir. Oldinga siljish uchun eski formani «tashlab», yangi formaga kirish kerak. YAngi formaga kirish uchun, anchagina o’zgarishlar qilish, jismoniy sifatlar salmoqli va har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, yangi, yana ham takomillashgan mahorat va malakalarni orttirish qisqasi, sportcha tayyor ekanlikning barcha tomonlarini uning asoslari nisbatan stabillashadigan forma saqlab turish davrida mumkin bo’lganiga qaraganda anchagina ko’p o’zgartirish va yaxshilash kerak. 2. Mashg’ulot - yuklamalari faqat yaqindayok effekt beribgina qolmay, balki uzoq muddat qo’llanilgan yuklamalar ta’siri bir-biriga qo’shilib borishi bilan bog’liq bo’lgan kumuklyativ effekt ham beradi. YUklamadar effektining sport formasiga kira borishi va uni saqlab turish bilan bog’liq kumulyatsiyasi sababli organizmda ertami yoki kechmi (bu yuklmalarning absolyut miqdoriga va boshqa holatlarga bog’liq) adaptatsioi mexanizmlar-ning xaddan tashqari zo’riqib ketishiga qarshi qo’riqlovchi reaksiya paydo bo’lsa kerak. Agar yuklamani olib tashlash, boshqa holatga o’tish, faol dam olish uchun sharoit yaratilmasa, unda yuklama-lar o’ta mashq bilan chiniqqanlikka olib keladigan stressorlar xizmatini o’taydigan bo’lib qolishlari mumkin 3. Sport formasining negizida yotgan - turli biologik funksiya va jarayonlar o’rtasidagi murakkab dinamik muvozanat saqlashning o’zi ham sportchi tizimi uchun juda og’irdir. Bu vazifa yana shu bilan murakkablashadiki, uni organizmning tinmay o’zgarib turadigan tashqi va ichki muhiti fonida va turli adaptatsioi jarayonlar o’rtasidagi nihoyatda nozik aloqalar sharoitida xal etishga to’g’ri keladi. SHunday qilib, sport formasini saqlab turish ko’pgina tashki hamda ichki qiyinchiliklar bilan borlik. Agar sport formasini haddan tashqari uzoq muddat saqlab turishga harakat qilinsa, ular ortiqchalik qilib ketishi va unda ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, aslini olganda, bunday qilish uchun hech qanday zarurat ham yo’k. Aksincha, formaga bir kirib olgancha uni o’zgartirmaslik yangi forma rivojlanishiga to’sqinlik qilgan ya’ni bundan keyingi jarayon yo’lida tormozlik qilgan bo’lur edi. Demak, sport formasining vaqtincha yo’qotilishi fazasi, sport takomili jarayonidagi alohida fazadir. SHunday qilib, sport bilay shug’ullanish jarayonida sportchi hamisha formada bo’la olmaydi. U vaqt - vaqti bilan sport formasiga kirib, uni ozmi-ko’pmi saqlab turadi va so’ngra vaqtincha yo’qotadi. Ma’lum sharoitlarda bu fazalar tobora yuksak, asosda muntazam suratda qayta - qayta almashinib turadi. Murabbiy bilan sportchi agar ular ishning muvaf-faqiyatli bo’lishini istasalar, yuqorida sanab o’tilgan fazalarni «bekor» qila olmaydilar. Biroq, sport formasini rivojlan-tirishning ob’ektiv qonunlarini bilib olgach, bu jarayonni boshqarish mumkin. Sport formasining tashkil topishi, saqlab turilishi va vaqtincha yo’qotilishi nihoyatda aniq, mashg’ulotlar ta’siri natijasida ro’y beradi. Sport formasining taraqqiyot fazasiga qarab ularning xarakteri o’zgarib turadi. SHunga muvofiq mashg’ulot jarayoni uch davrga bo’linadi: sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar yaratiladigan davr (fundamental davri); sport formasini saqlab turiladigan va uni sport yutuqlariga aylantiradigan davr (shaxsiy musobaqalar davri); zaruriyat tufayli sportchiga faol dam olishga imkon beriladigan davr. Bu davr mashg’ulotning kumulyativ effekti o’ta mashq bilan chiniqqanlik o’tib ketishi oldini oladi va shu bilan birga sport takomilining ikki bosqichi o’rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi (o’tish davri). Bu davrlar faqat sportchi biologik sabablar bilan hamisha sport formasida bo’la olmasligi uchungina emas, balki mashg’ulotlarning tuzulishi va mazmunini muntazam o’zgar-tirib turish - sportda kamolotga erishishning zarur ob’ektiv sharti bo’lgani uchun ham paydo bo’ladi. Mashg’ulot davrlari bilan sport formasining rivoj-lanish fazalari o’rtasidagi mustahkam aloqani ta’kidlash bilan birga, ularni aslo bir-biriga tenglashtirmaslik kerak. Sport formasining rivojlanish fazalari - bu biologik asosdagi jarayonning birin - ketin keladigan momentlari (stadiyalardir; ular sportchi organizmida mashg’ulotning va boshqa omil-larning ta’siri ostida ro’y beradigan fiziologik, bioximik va morfologik o’zgarishlarning bosqichlaridir. Mashg’ulot davrlari esa, o’z mohiyati jixatidan pedagogik jarayonning birin-ketin keladigan stadiyalaridir; ular sportchining o’sishiga maqsadga muvofiq. ta’sir ko’rsatadigan ma’lum vosita va metodlardan unumli foydalanish bilan xarakterlanadi. Demak, mashg’ulot davrlari - sport formasini rivojlantirishni boshqarish jarayonining birin - ketin keladigan stadiyalaridir. Mashg’ulot siklidagi davrlarning miqdori va davomiyligi aslida sport formasini o’stirish fazalarining miqdori va davomiyligi mos kelishi kerak. Biroq hamisha shunday bo’lavermaydi. Bunga ikkinchi darajali narsalar sabab bo’lishi mumkin. Boshqa xodisalar bo’lishi ham mumkin. Misol uchun sport formasi rivojlanishi ikkita siklini o’z ichiga olgan beshta mashg’ulot davridan iborat «ikkilangan» mashg’ulot siklini ko’rib chiqamiz. Bunda davrlardan birining fonida sport mashg’ulotning tarkibiy qismlarini, jumladan yuklamalar hajmini va intensivligini o’zgartirish yo’li bilan sport formasining rivojlanish fazasini qisqartish yoki cho’zish mumkin. Biroq bunda o’zboshimchalik bo’lmasligi kerak. Bu fazalarni cheksiz suratda uzaytirish ham, bexad qisqartirish ham mumkin emas, chunki ularning muddatlari ko’p jihatdan organizm rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan belgilanadi va bir qator konkret sharoitlarga (sportchining oldindan tayyorlik darajasiga, sport turlarinint xususiyatlariga va hokazolarga) bog’liq bo’ladi fundamental davri aslida sport formasiga kirish uchun mazkur konkret sharoitda zarur bo’lgan vaqtdan qisqa bo’lishi mumkin emas. Musobaqa davri sport formasini keyingi progreyesga xalal bermagan holda saqlab turish imkoniyatlari yo’l qo’yganidan uzun bo’lishi mumkin emas. O’tish davrining muddatlari birinchi galda avvalgi yuklamalarning jamlangan miqdori hamda kuch - quvvatni tiklab olish jarayonining qancha davom etishiga bog’liq. Mashg’ulot siklining umumiy uzunligini ko’pincha taqvim yili bilan belgilaydilar. Tajriba va maxsus tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’p hollarda sport natijalarini o’stirishni ta’minlash uchun mazkur muddat to’la yetarlidir. SHu bilan birga sportning ayrim turlarida (og’ir atletika, yengil atleti-kaning tezkor - kuchlilik turlarida, suzishdagi, spirinter masofalarida va aftidan, sportining shu xarakterdagi boshqa turlarida ham) sport formasini faqat bir yilda emas, hatto yarim yilda ham yangilash mumkinligi aniqlangan. Sportning bunday turlari uchun bir yillik hamda yarim yillik (yoki «ikkilangan») mashg’ulot sikllaridan, ularni ma’lum tartibda bir - biri bilan almashtirib, foydalanish maqsadga muvofikdir. Har jihatdan qaraganda, yarim yillikdan kam bo’lgan sikllar sport formasini yangilash uchun doimiy asos bo’la olmaydi. Bir yillikdan ortiq; muddatli sikllar ba’zi xolarda ma’qulroq, bo’lib chiqishi xam mumkin. Malakali sportchilar uchun davrlarning tahminan quyidagi muddatlarini belgilash mumkin: Fundamental davri 3,5-4 oydan (bu yarim yillik va «ikkinlangan» mashg’ulot sikllari uchun xarakterlidir) 5-7 oygacha (bir yillik sikllarda); Musobaqalar davri - 1,5-2 oydan (yarim yillik va «ikkilangan» siklda) 4-5 oygacha (bir yillik siklda); o’tish davri 3-4 haftadan (yarim yillik siklda) 6 xaftagacha (bir yillik va «ikkilangan» sikllarda). Aftidan, juda ko’p sport turlari uchun davrlarning ratsional muddatlari ana shu chegaralarda bo’lishi mumkin. Bunda sportning bir xil turlari uchun ko’rsatilgan' muddatlarning to’la diapazoni, boshqa turlari uchun esa faqat ayrim muddatlargina to’g’ri keladi. Mashg’ulot davrlarining uzunligi sport bilan ko’p yillar davomida shug’ullanish jarayonida o’zgarmas bo’lib qolmaydi. SHuning uchun yuqorida keltirilgan raqamlar barchaga baravar to’g’ri kelavermaydi. Ular asosan nisbatan yaxshi mashq, ko’rgan, shakllanib bo’lgan, o’sa borayotgan sportchilarga taalluqlidir. Mashq bilan chiniqqanlik qancha kam va mashg’ulotda qo’llanila-digan - yuklamalar darajasi qancha past bo’lsa, muddatlardagi farq ham shuncha ko’p 6o’ladi. Mushaklarning qanday kuchlanishga qarab,sport formasini takomillashtirish va saqlash mexanizmlari xaqidagi masalani tilga olishdan oldin, birinchi navbatda “Sport formasi” degan tushunchaning ma’nosi haqida to’xtalib o’tishimiz zarur. Ayrim mualliflar sport formasi haqida, bu tasadifiy hodisa, uning yuzta odamdan bittasi idrok qila olishi mumkin, qolgan to’qson to’qqiztasi esa, ko’p mashq qilishdan toliqib, bu forma orqasiga ko’rinmay qolib ketadi, deb hisoblaydilar(Buaje Roxlin). Sport formasini birinchi bo’lib A.N.Kristovnikova (1952 y) fizologik mexanizm nuqtai nazaridan taxlil qila boshladi. Letunov va Mixayelivlar sport formasi – bu sportchining o’z sog’ligiga hech qanday putur yetkazmagan holda, sport musobaqalariga eng yaxshi tayyorlangan holati, deb hisoblaydilar. Biroq sport ilmning taraqqiyot bosqichida sport formasining mohiyati L.P.Matveyev bilan A.I. YArotsskiylar ta’rifida eng mukammal va batartib bayon qilingan. L.P.Matveyevning fikricha, sport formasi ko’p qirrali hodisa bo’lib, u sportchining jismoniy, sport-texnikaviy, taktikaviy va psixologik yuksak yutuqlarga erishishda har tomonlama tayyor ekanligidan dalolat berib turibdi. A.I.YArotsskiy kengaytirar va to’ldirar ekan, shunday deydi: sport formasi – bu sportchining sihat salomatlik jismoniy rivojlanishi jismonan qay darajada tayyorlaganligi va uning ma’naviy, irodaviy tayyorgarligi darajasining bir biri bilan o’zaro o’yg’unligidirki,bu uyg’unlik mushaklar kuchlanishi bo’yicha darajalangan eng yuqori harakatlantirish imkoniyatini ta’minlaydi. Sport formasi organizm holatini ifodalar ekan, u insonni harakat faoliyatidagi teran o’zgarish jarayonini aks ettiradi, shuning uchun insonning harakat bobidagi kamolotini ifodolovchi aniq biologik mezon, deb hisoblash mumkin. Sport formasi mezoni, birinchi navbatda sport erishilgan yuksak darajasidagi yutuqlarning mavjudligi, bu yutuqlarnig barqarorligi va yanada kamol topishga moyilligi bilan ifodalanadi. Sport formasi holati bor bo’lgan yerda sportchinig salomatlik holatidan:har qanday dardu kasallikdan holi bo’lish, funksional sistemalarning eng yuksak darajada kamol topganligi, atrof muhit faktorlariga (gipotermiya-badan haroratini su’niy tarzda pasaytirish, gipoksiya-qon tarkibida kislorod miqdorini kamayishi, gipoglikemiya-qonda qand miqdorining kamayishi) nisbatan g’oyat darajada ustavorlik ruhiy jarayonlar (start oldi va start holati)da fe’lini nihoyatda vazmin tuta olish, shuningdek, hayotiy faollikning (tetiklik, quvonchlik, serg’ayratlik, abjirlik) yuksak darajada bo’lishi va x.k.lar talab qilinadi. I.Sport formasi holati mavjud bo’lgan yerda, sporchining jismonan rivojlanishidan: mushak sistemasini rivojlantirish (uning rivojlanish darajasi, garmoniyasi, eng maqbul holati), o’z gavdasi vaznini, uning segmentlarini (erdan yuqoridagi, yo yerdagi holatda) boshqara olish, tepinib harakat qiluvchi apparatning (oyoq tovoni va boldir mushaklarining) mexanik jixatdan, pishiq puxtaligi va tashqi nafas olishi rivojlantirish talab qilinadi. Sport formasi holati mavjud bo’lgan yerda, sporchining jismoniy tayyorgaligidan: harakatlantiruvchi xususiyatlarning sport spesifikatsiyasi nuqtai nazaridan o’zaro nisbati eng yuqori miqdordagi yuklamalarga bardosh berish texnik tayyorgarlikning yuksak darajada bo’lishi va katta musobaqaviy tajriba talab qilinadi. Sport formasi tiklanayotgan davrda ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikdan: sportchining ma’naviy qiyoffasi beligilarni nomoyon qilish va ularninsh rivojlantirish, o’z xalqi va vataniga sadoqat bilan xizmat qilish, davlat ma’nfatlarini o’z shaxsiy manfatidan ustun qo’yishga harakat qilish, sport mahoratini oshirish uchun mashq va musobaqa sharoitlaridagi hatti – harakatlari uchun o’z jamoasi oldida yuksak ma’suliyatini doim his etish, o’z fe’l atvoridagi takabburlik, ko’zbuyamachilik, manfatparastlik, sport tartibini buzish kabi illatlarni tugatish barcha xalq va millat vakillari bilan do’st tutinish, xalqaro uchrashuv paytlarida birodarona birdamlmkka intilish, irqiy kamsitishlarga murosasiz munosabatda bo’lish tinchlik dushmanlariga qarshi keskin kurash olib borish va x.k. talab qilinadi. II. Sport etikasining: a)ongli intizomli bo’lish, xalqaro sport maydonlarida o’z jamoasi bilan hamjihat bo’lgan holda, yuksak mahorat ko’rsatish uchun kurashish, vatan shon-shuhratini oshirish (ko’pchilik sportchilar o’z mehnat sevarliklari, musobaqalarda jonbozlik ko’rsatib, yuksak natijalarga erishganlari uchun xukumatning oliy mukofot va unvonlarga sazovor bo’lganlar); b) umuminsoniy axloq me’yorlarini namoyon qilish: hamisha kamtar, olishuv chog’ida halol bo’lish, raqibini, hakamni, tomoshabinlarni hurmat qilish, xumuomila, saranjom-sarishta bo’lish. III. Irodali bo’lish (ongning va axloqiy hissiyotlarining faoliyat ko’rsatish jihatlari, bu jihatlar sportchining sportda,mehnatda, hayotda o’zining tutishini nazorat qiladi). Irodali odam qo’ydagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak:sobitqadamlilik, qa’tiylik, dovyuraklik, dadailik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik va sport bellashuvi paytida va tashqi g’ayri rasmiy og’ir sharoitlarida o’z his-hayajonini “jilovlay olish” – bu fazilatlarga erishish uchun benuqson intizomlilik va metin irodali bo’lishi kerak. To’g’ri, sport formasining bu mezonlarini prinsipial ko’rsatkich sifatida qabul qilish kerak bo’ladi, ammo ularnig har birini mukammal ifodalash esa, metodikaning imkoniyatlariga va bu murakkab masalalarni o’rganishiga qodir bo’lgan ilm darajasiga bog’liq. Sport formasining xolati,shunigdek,funksiyalarini iqtisod qilish bilan xam, ya’ni nostandart yullamalarni bajarish chog’ida bir qator fiziologik ko’rsatkichlarni kamaytirish bilan ham ifodalanadi: masalan, Baychenkoning qayd qilishicha, agar sport dargohiga kirib kelgan sportchiga puls (tomir urishi) -46 nafas olish bir daqiqada-14 bo’lsayu, agar u harakat qilmayotgan paytda eritirotsitlar (qizil qon tanachalari) 5 million bo’lsa sportchilarda ularning miqdori 7-8 milionga ko’payadi, o’rtacha balandlikdagi tog’ sharoitida esa 16 millionga chiqadi va buning naijasida to’qimalarning kislorod o’tkazish qobilyati oshadi. Sport formasi holatida o’pkaning maksimal havo almashishi 10-40litrga oshadi quvvatni tiklash jarayoni tezlashadi, organizmning atrof muhitidagi noqulay faktorlarga nisbatan reyrispetsifik chidamliligi oshadi. Umuman olganda, sport «forma»si tayyorgarlikning barcha jihatlari bo’yicha optimal ruhiy, texnika va taktik tayyorgarlik jihatlari bo’yicha optimal tayyorgarlik ko’rish bilan tavsiflanadi. Bu yerda optimal tayyorgarlik degan tushuncha faqat tor ma’noda, ya’ni sportning mazkur, muayyan bir sikli uchun sport «forma»sini rivojlantirish ma’nosidagina ishlatilsa to’g’ri bo’ladi. Sport tayyorgarligining navbatdagi har bir bosqichida sport formasi ko’rsatkichlari takomillasha borib, tayyorgarlik tomonlarini yana ham yuqoriroq darajaga ko’taradi. SHunga yarasha sport natijalari ham ortib boradi. SHu munosabat bilan sport «forma»sining miqdoriy mezonlari to’g’ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Download 37.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling