Reja: I kirish II asosiy qism
Musobaqalashish vaziyatini idrok etish va taxlil kilish fazasi
Download 37.95 Kb.
|
Harakat faoliyatini o\'rgatishning nazariy va uslubiy asoslari 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish fazasi
- Taktik vazifani harakatlar orqali hal etish
Musobaqalashish vaziyatini idrok etish va taxlil kilish fazasi
Bu taktik harakatning boshlanishi sifatida yetakchi bosqichdir. Mazkur faza davomida yo’l qo’yilgan xatolar bundan keyingi fazalarga ham ta’sir qilib, salbiy natijalarga sabab bo’ladi. Idrok etish sifati quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: − ko’rish hajmi (men qancha narsani ko’ryapman); − ko’rish maydoni (ko’rish kengligi, ko’rish ko’lami); − bilim va tajriba, ularni qo’llay bilish mahorati; − fikrni bir nuqtaga to’play olish (diqqat qilish) qobiliyati; Sportchiga ko’rsatmalar (sportchi musobaqalashish faoliyatining rejasi). Musobaqalashish vaziyatining taxlili musobaqalashish sharoiti musobaqa hajmi va uning detallarini to’g’ri idrok qilishga bog’liq bo’ladi. Taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish fazasi Sportchi musobaqalashish fazasi vaziyatini idrok etish va baholash (taxlil qilish) dasturini belgilab oladi. Sport musobaqari nihoyatda tez o’tishini hisobga olib (M: kurash, boks yoki sport o’yinlari) (yakkama-yakka olishuvlar), bir qarorga kelish uchun vaqtning qisqaligi bunday qarorni zudlik bilan qabul qilishni taqozo etadi. Bunday qaror ko’rinishi ko’p darajada eng yaxshi ko’rinish bo’lishi va u ro’y beradigan vazifalarni, shuningdek sportchi imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. Bunda har kimning o’z kuchiga to’g’ri baho berish mahorati (o’zining texnik, jismoniy irodaviy tayyorgarlik darajasini bilishi) katta ahamiyatga egadir. U yoki bu muayyan vaziyat tez va optimal bir qarorga kelish uchun yaxshi negiz yaratadi. Taktik vazifani harakatlar orqali hal etish Taktik vazifa harakatlar orqali hal qilingan taqdirdagina, ya’ni uning uchinchi fazasi boshlangandan keyingina amalda qanday taktik harakatlar qilish kerakligi ayon bo’ladi. Harakatlar natijasida taktik harakatlarning uch fazasining hammasida erishilgan samaradorlik to’planib, jamlangan bo’ladi. Taktik harakatlar fazalarining o’zaro bir-biriga ko’rsa-tadigan ta’siri. Sportchi musobaqalashish vaziyatini idrok etish va tahlil qilish (1) orqali taktik vazifani belgilab oladi. Bu vazifani u dastlab fikran (2), keyin esa harakatlar (3) orqali hal qilishi kerak. Bunda xotira (6) asosiy rol o’ynaydi. Sportchi musobaqalashish shartlaridan kelib chiqqan holda vaziyatni baholab, taktik vazifani belgilab olgandan keyin u imkoni bo’lgan eng qulay usul deb hisoblangan ko’pgina imkoniyatlardan birini tanlab oladi va mana shu tanlangan tuzilish bo’yicha masalani hal etishga harakat qiladi. Bu masalaning yechimi ijobiy yoki salbiy natija bergan bo’lishidan qat’iy nazar, muayyan masalani hal qilish vaqtida mazkur tizim takomillashib boradi. Bunda xususiy va tashqi axborot, shuningdek, teskari aloqa tamoyili katta rol o’ynaydi. Jadvalda ko’rsatilgan o’z-o’ziga axborot berish, o’z-o’zini takomillashtirish hamda taktik harakatlar uchta fazasining bir-biri bilan o’zaro aloqalari taqdim etilgan. Harakat orqali masalani hal qilish natijasi xotiraga harakatli amallarning akseptori (taqqoslash, qiyoslash, apparati) orqali teskari aloqa yo’li bilan uzatiladi. Basharti sportchi masalani ijobiy hal qilgan bo’lsa u holda kelgusida xuddi shunday vaziyatlar yuz berganda ana shu yo’lni tanlab oladi. Uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradi. Mabodo masalaning hal qilinishi salbiy natija bergudek bo’lsa, u holda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlash uchun tanlangan yo’l taxlil qilinadi. Bunda yo’l qo’yilgan xato musobaqalashish vaziyatini noto’g’ri idrok etish va tahlil qilish manbai, fikriy jarayonlarning yetarli darajada rivojlanmasligi natijasida masalaning fikriy hal qilinishini inkor etgan bo’lishi, shuningdek, taktik harakatlarni ro’yobga chiqarish vaqtida noaniqlikka yo’l qo’yish oqibati bo’lishi (harakat texnikasining noto’g’ri qo’llanilishi, jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklar) yoxud ruhiy xususiyatga oid nuqsonlar – qusurlar (qo’rqoqlik, o’z kuchiga va imkoniyatlariga haddan tashqari yuqori baho berish va boshqa shunga o’xshashlar) sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy ntija bergan harakatlarning tez-tez takrorlanib turishi maqsadga muvofiq keladigan taktik malakalarni hosil qiladi. Download 37.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling