Reja: I kirish II asosiy qism
Taktik harakatlarga misollar
Download 37.95 Kb.
|
Harakat faoliyatini o\'rgatishning nazariy va uslubiy asoslari 22
Taktik harakatlarga misollar.
a) sport o’yinlari, yakkama-yakka olishuvlarda taktik harakatlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va ularning xilma-xilligi: Vaqtning yoki makon, axborotning tanqisligi, yetishmas-ligi. Haqiqiy niyatni niqoblash (yashirish) harakatlarning boshlanish payti noaniqligi va boshqalar. Bunday qiyinchiliklar raqib tomonidan vujudga keltiriladi. Bularning bari vujudga kelgan vaziyatni to’g’ri baholashga, biror optimal to’g’ri qarorga kelishga halaqit beradi, asab – mushak apparati faoliyatiga talabni oshiradi. b) siklik (chidamlilik uchun mo’ljallangan) sport turlari difensiyadan masofani bosib o’tish, ish vaqtida o’z quvvatini ta’minlab turish nuqtai nazaridan olganda bunday siklik sport turlari hammadan ko’ra maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Suzish, o’rta va uzoq masoflarga yugurish ham ana shunday samarali sport turlari hisoblanadi. Bunday mashqlarda eng muhim – bu masofani bosib o’tish grafigiga rioya etish, ayniqsa rekord ko’rsatkichlarga erishishdir. v) velosport (bu yerda sportchining bir qancha maxoratlarini ko’rib o’tish lozim), bunday maxoratlar majmuaviy tarzda u amalga oshiradigan texnik harakatlar samaradorligini belgilab beradi. − erkin manevr qilish va o’zi uchun qulay bo’lgan o’rinni egallab olish maxorati. − syur-plyas deb ataladigan xolatni samarali bajara olish, raqib harakatlarini nazorat qilib turish. g) Raqib hujumiga qarshi tezlik bilan javob harakatlarini bajarish, marra chizig’iga yetganda tashlanish harakatini samarali bajarish (800 m va undan ortiq masofaga yugurish, trekda, katta – shosseda gurux bulib velosiped poygasi o’tkazish). Musobaqani bunday tarzda o’tkazishda, aerodinamika nuqtai nazaridan, ayniqsa trassa va boshqa shunga o’xshashlar nuqtai nazardan eng qulay bo’lgan joyni tanlab olishga intilish sportchilarda doimiy ravishda taktik muvozanatni saqlashni va tabiiyki, tezlikni o’zgartirib turishni taqozo etadi. Katta yo’l, shosseda ketayotgan velosipedchi uchun, masalan, maromdagi tezlik bilan trassani tekis bosib o’tish, tepaliklarga kelganda ish quvvatini oshirish, qiyaliklarda kuchni tejash bir-biridan jiddiy farq qilishi guruh bo’lib shosseda, katta yo’lda poyga o’tkazish vaqtida taktik kurashning naqadar murakkabligini ta’kidlaydi. Jahonning eng kuchli suzuvchilari, M: 200 m masofani batterflay usuli bilan suzib o’tishda distansion uchastkadagi tezlikni keskin pasaytirib beradilar va shunga yarasha distansiya o’rtasidagi ish quvvati ham kamayadi. Bunda ular go’yo distansiyani xayolan ikki uchastkaga bo’lib ularning har biri uchun to’la kuch sarflagan xolda, ikki uchastka orasida go’yo dam olgandek harakat qiladilar. Sportchilarning jismoniy tayyorgarligidagi o’ziga xos xarakterlar ratsional taktik musobaqalashuv faoliyatini tanlash vaqtida hal qiluvchi ahamiyat kasb etish mumkin. CHunonchi baydarnada eshkak eshuvchlar o’zlarining tezlik kuch sifatlarini ko’proq darajada rivojlantirib borish oxiri finishga yaqinlashganlarida butun 500 m lik masofani bosib o’tishdagi sport komponenti, bo’lgan dastlabki, tezlikni ancha ortda qoldirib ketadilar. Boshqacharoq qilib aytganda, suvda suzuvchilar bilan aytilgan poygachilar singari umumiy masofani boshida va oxirida tezlikni maksimal darajada oshirib, oraliq masofada mo’’tadil harakat qiladilar va bu bilan go’yo dam olib finishga kuch to’plaganday bo’ladilar. Tezlik, kuch sifatlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlar proporsional tarzda nisbatan yaxshi rivojlangan sportchilar yuqorida aytilgan masofani nisbatan bir tekis tezlik bilan bosib o’tadilar. Download 37.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling