Reja: I. Kirish. II asosiy qism
Download 54.12 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bohtariy yozuvi
- Sug’d yozuvi
Parfiya yozuviParfiya davlatining poytaxt shahri Mixrdatkrit qal’adan (Eski Niso) sopolga yozilgan 2700 dan ko’proq parchalar topilgan. Ushbu yozuv parchalari asosan xo’jalik hujjatlari bo’lib, ularda ko’proq vino haqida, vino miqdori va boshqalar yozilgan. Parfiyada o’z tilida yozilgan bitiklardan tashqari, yunon tili va yozuvi muomalada bo’lgan. Parfiya yozuvi oromiy yozuvi asosida podsho Mitridat I davrida ishlab chiqilgan, u 22 ta harfdan iborat. Bu yozuv mil.avv. II-III asrlarda mamlakat bo’ylab keng tarqalgan bo’lib, shu davrda Mixrdatkirt shahrida davlat arxivi tashkil topgan. Parfiyada 2800 ga yaqin oromiy tilidagi yozuv parchalari topilgan. Bohtariy yozuviMil.avv. IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududlarida oromiy yozuvi ishlatilib kelingan. Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha bo’lgan. Taxminan, mil.avv. III-II asrlarda oromiy yozuvi asosida bohtariy yozuvi ishlab chiqiladi, degan ilmiy farazlar mavjud. Chunki Oyxonimda mil.avv. II asr birinchi yarmiga tegishli bohtar yozuvi topilgan. Qadimgi Baqtriyada o’sha asrlarda boxtar va yunon tili va yozuvi, braxma va kxorashta yozuvlari ham muomalada bo’lganligini tasdiqlovchi yozma va numizmatika materiallari topilgan. Sug’d yozuviMil.avv. III-II asrlarda oromiy yozuvi asosida shakllangan sug’d yozuvi o’lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o’ynaydi. Sug’d tili va yozuvi Sug’diyona hududlaridan tashqari, Farg’ona vodiysida, Toshkent vohasida va Yettisuvda keng tarqalgan. Eramiz boshlaridan to XI asrning birinchi choragiga qadar yozilgan ko’plab noyob yozma yodgorliklar Sug’d yozuvi orqali bizgacha yetib kelgan. Ular orasida metall, sopol, yog’och, charm, qog’ozlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, nikoh guvohnomalari mavjud. Sug’d yozuvi 22 ta harf-belgidan iborat. Sug’d yozuvi namunalari Afrosiyobdan topilgan milodiy I-III asrlarga tegishli sopol parchalarida va terrakota haykalchalarda uchraydi. Milodiy II asrda Sug’dda kumush tangalar zarb etila boshlaydi. Sug’d tili va yozuvi haqidagi yana bir hujjat Afrosiyobdan, Samarqand ixshidi Varxuman saroyi devoridan topilgan. Download 54.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling