Reja: I. Kirish. II asosiy qism
O’rta Osiyodagi qadimgi mahalliy manbalar
Download 54.12 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Xorazm Yozuvi
O’rta Osiyodagi qadimgi mahalliy manbalar.
Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirg'oqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 yillarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi. O’rta Osiyoda arablar bosqiniga qadar ham qadimgi yozuvlar bo’lgan. Ular asosan arxeologik izlanishlar davomida turli yillarda topilgan mahalliy aholining xorazmiy, bohtariy, sug’diy, qadimgi turkiy va “noma’lum yozuv” deb atalmish noyob yozma yodgorliklardir. Ular Parfiya davlatining poytaxti Eski Nisadan topilgan podsho arxivi, Tuproq qal’adan topilgan qadimgi Xorazm podsholarining arxivi, Mug’qal’a qasridan topilgan sug’d hujjatlaridir. O’rta Osiyoning qadimgi xalqalari oromiy alifbosi asosida o’z yozuvlarini kashf etgach, mahalliy aholining ma’naviy-ahloqiy qarashlari, xo’jalik va huquqiy hujjatlari, oilaviy yozishmalar, savdo-sotiq va tanga pullardagi bitiklar shu yozuvlarlarda olib borilgan. Afsuski, ularning aksariyati turli sabablarga ko’ra bizgacha yetib kelmagan. Qadimgi Xorazm YozuviShimoliy Xorazmda “Katta Aybuyir-qal’a” yodgorligidan xum qorniga yozilgan oromiy yozuvi nusxasi topilgan. Bu O’rta Osiyodagi oromiy yozuvining eng qadimgi namunasi bo’lib, ushbu xum mil.avv.IV asrga oid. Unda nima yozilganligi noma’lum, chunki u o’qilmagan. Mahalliy aholi oromiy alfavitidan foydalanib, qadimgi Xorazm tiliga moslab kashf etgan xorazmiy yozuvining namunasi mil.avv. IV asrning oxiri-III asr boshlariga oid yodgorlik Qo’yqirilgan qal’adan topilgan, u atigi bitta so’zdan, ya’ni sopol parchasiga yozilgan “ASPABAREK” so’zidan iborat bo’lib, u otliq askar, sipohiy degan ma’noni beradi. Xronologik jihatdan, navbatdagi xorazmiy yozuvi milodiy I-VIII asrlar oralig’ida zarb etilgan qadimgi Xorazm tangalarida uchraydi. Tangalarda Vazamar, Artamax, Sanobar degan qadimgi Xorazm podsholarining nomlari yozilgan. Uchinchi guruh yozuvlar Tuproq qal’adagi qadimgi Xorazm podsholarining arxividan topilgan. Ular teriga, yog’ochga va g’isht taxtakachlarga yozilgan 114 parcha xo’jalik hujjatlari, kirim-chiqim hisobi va boshqalar bo’lib, milodiy III-IV asrlarga tegishli. Download 54.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling