Reja I. Kirish II. Asosiy qism


 Baqtriya, Parfiya va qator qadimgi davlatlar vujudga kelishi


Download 374.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana07.03.2023
Hajmi374.97 Kb.
#1245274
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'rta osiyodagi qadimgi davlatlar

2. Baqtriya, Parfiya va qator qadimgi davlatlar vujudga kelishi 
Tarixda Kushon podsholigi nomi bilan o‘chmas iz qoldirgan yirik davlatning 
paydo bo‘lishi Xitoy manbalarida yuechjilar nomi bilan yuritilgan massaget 
qabilalari bilan bog‘liq. Miloddan avvalgi ikkinchi asr o‘rtalarida inqirozga yuz 
tutgan Yunon-Baqtriya davlatining kuchsizligidan foydalangan yuechjilar miloddan 
avvalgi 140-yilda So‘g‘d yerlari orqali Baqtriyaga hujum qiladilar va Shimoliy 
Baqtriyani ishg‘ol qiladilar. Ular ushbu hududda bir asr mobaynida yashaganlar. 
Yuechjilar beshta qabiladan iborat bo‘lib, ular orasida Guyshuan (Kushon) qabilasi 
o‘z mavqei bilan boshqalardan ajralib turgan. Milodning birinchi asri boshlarida 
kushon qabilasi mavqei yanada kuchayib, boshqa qabilalar ustidan o‘z 
hukmronligini o‘rnatgan. Shu vaqtdan e’tiboran Kushon podsholigi tashkil topgan
1
.
Eramizning birinchi asri birinchi choragiga kelib mavjud podsholiklar orasida 
Kushon podsholigi alohida o‘rin tuta boshlaydi. Keyinchalik bu podsholik qariyb 
butun O‘rta Osiyoni o‘z ichiga olgan yirik imperiyaga aylandi. Uning tarkibiga 
Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Hindistonning shimoliy qismi kirgan. 
Shuningdek, So‘g‘diyona orqali Farg‘ona, Sharqiy Turkiston ham Kushonlar 
saltanatiga bo‘ysungan. Kushonlar shimolda Shosh, sharqda Sharqiy Turkiston, 
g‘arbda Eron, janubda Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan ulkan hududni 
birlashtirishga erishganlar. Uning poytaxti dastlab (So‘g‘diyona) Kattaqo‘rg‘onda 
bo‘lgan, keyinchalik poytaxt Hindistonga ko‘chirilgan. Kushon podsholigida 
sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, fan va madaniyat, 
qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalar rivojlanganligi haqida ko‘pgina ma’lumotlar 
bizgacha yetib kelgan. Afsuski, bizgacha bu davlatning boshqarish tizimi, ichki 
ma’muriy tuzilishi, huquq manbalari haqidagi ma’lumotlar to‘liq yetib kelmagan
2
.
Ba’zi bir manbalarda Kushon davlatida kuchli markaziy davlat apparati 
tashkil etilganligi, uning tepasida podsho turgani, ma’muriy-hududiy jihatdan 
viloyatlarga bo‘linganligi, pul va din sohalarida islohotlar o‘tkazilganligi haqidagi 
ma’lumotlar uchraydi. Tarixchi olim Azamat Ziyoning yozishicha, «Saltanatga asos 
solinganidan so‘ng mintaqa uchun an’anaviy satrapiyalar tizimidan keng foydalana 
boshlangan. Satraplar oliy hukmdor tomonidan uning ishonchini qozongan, chamasi 
o‘z doirasi namoyandalari orasidan tanlangan. Shu bilan birga, satraplik lavozimiga 
harbiy yurishlarda jonbozlik ko‘rsatgan lashkarboshilar ham lozim topilgan. 
Umuman olganda esa satraplar baqtriyaliklar orasidan bo‘lishi shart bo‘lgan». 
Shuningdek, adabiyotlarda Kushon podsholigining asosiy tayanchi harbiy 
qo‘shin bo‘lib, lashkarlarning umumiy soni 150–200 ming atrofida bo‘lgani, qo‘shin 
otliq va piyodalardan tashkil topgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Ayrim 
manbalarda qayd qilinishicha, davlat boshlig‘i mamlakatni boshqarishda ko‘p 
tarmoqli davlat apparatiga tayangan davlat organlarida turli unvonlar va darajalarga 
1
A.Сагдуллаев ―Қадимги Ўзбекистон илк ѐзма манбаларда‖. – T., 1996. 154-b 
2
N. A. Abdurahimova, M. Isakova, Z. M. Suleymonova – Davlat muassasalari tarixi. Toshkent. 2007. 78-b 


15 
ega mansabdorlar xizmat qilgan, «buyuk satrap», «oddiy satrap», «chegara 
boshliqlari» kabi unvonlar bo‘lgan, shaharlar podshohning noiblari tomonidan 
boshqarilgan. Kushon podsholigi, Rim imperiyasi va Sosoniylar davlati o‘rtasidagi 
munosabatlarning beqarorligi kuchlar nisbatining Sosoniylar foydasiga hal 
bo‘lishiga olib keldi. IV asrning 70–80-yillarida Kushon podsholigining g‘arbiy 
qismi Sosoniylar tomonidan bosib olinadi va Shimoliy Hindistondagi Kushan Gupta 
davlati tarkibiga qo‘shib olindi. O‘rta Osiyo hududida kichik-kichik davlatlar tashkil 
topdi. Bular Panjakentdan Karmanagacha bo‘lgan hududdagi So‘g‘d davlati, 
Zarafshon vodiysining g‘arbidagi Buxoro boshchiligidagi shahar davlatlar ittifoqi, 
Samarqand yaqinidagi Maymurg‘, Ishtixon va Kushaniya davlatlari, Farg‘onadagi 
shahar-davlatlar ittifoqi edi. Bu davlatlarda butun hokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plagan 
podsho boshchilik qilgan.
Podshohning shaxsi ilohiylashtirilgan bo‘lib, hokimiyat unga xudo tomonidan 
ato etilgan degan tasavvur keng tarqalgan. Podshoh huzurida oqsoqollar kengashi 
bo‘lgan. Shahar-davlatlari boshliqlari o‘z tanga pulini zarb etish huquqiga ega 
bo‘lgan. Shahar davlatlar otliq qo‘shin va qullardan tashkil topgan qurolli 
bo‘linmalarga ega bo‘lgan. Aytish kerakki, Kushon podsholigi O‘rta Osiyo xalqlari 
tarixida o‘chmas iz qoldirgan davlatlardan biri bo‘lib, tarixning ochilmagan bu 
qirrasi o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Gap shundaki, qariyb 400 yil umr ko‘rgan, 
ulkan hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan Kushon podsholigi o‘z davri uchun 
mukammal, kuchli markazlashgan davlat organlari tizimi, huquq manbalariga ega 
bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Chunki ulkan hududni boshqarish, o‘sha davrdagi 
murakkab jarayonlardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tegishli siyosiy-
huquqiy institutlarsiz amri mahol edi.
IV asrning oxiri va V asr boshlarida orol bo‘yida istiqomat qiluvchi 
ko‘chmanchi massagetlar o‘zlarining Eftalitlar davlati nomi bilan tarixga kirgan 
davlatini tashkil qiladi. V asrning o‘rtalariga kelib butun O‘rta Osiyoda eftalitlar 
hukmronligi o‘rnatiladi. Keyinchalik O‘rta Osiyoni, Sharqiy Eron viloyatlarini, 
Hindistonning shimoliy qismini va Sharqiy Turkistonni birlashtiruvchi yirik davlatni 
barpo etishga muvaffaq bo‘ladilar. Eftalitlar davlatining tuzilishi, markaziy va 
mahalliy davlat organlari, sudi va harbiy qo‘shini haqidagi ma’lumotlar bizgacha 
yetib kelmagan. Ixtiyorimizda bo‘lgan manbalardagi ayrim ma’lumotlarga tayangan 
holda eftalitlar davlat tuzumi va huquqi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishimiz 
mumkin. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyning (VI asr) yozishicha, «Eftalitlarni bir 
shoh boshqargan, ular qonuniy davlatga ega bo‘lganlar va o‘zlari bilan qo‘shnilari 
o‘rtasida romeylar (vizantiyaliklar) va Forslarda mavjud bo‘lgan adolatdan zarracha 
kam bo‘lmagan adolatga amal qilganlar».
Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, Eftalitlar davlatida taxt otadan bolaga 
o‘tmagan, shu suloladan kim davlat boshlig‘i lavozimiga loyiq topilsa, o‘sha kishi 
taxtni egallagan. Aynan kimning ushbu lavozimga loyiqligini aniqlash vakolatiga 
maxsus kengash ega bo‘lgan.


16 
Prokopiyning guvohlik berishicha, eftalitlar davlatni qonunlar asosida 
boshqarganlar. Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha, eftalitlar davlatida podsho 
hokimiyati unchalik kuchli bo‘lmasdan, mahalliy hokimlarning mavqei yuqori 
bo‘lgan. Joylarda hokimiyat yirik yer egalari qo‘lida bo‘lib, ular katta mulkka, qal’a 
va harbiy qo‘shinga ega edi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida 
shaharlarning o‘rni katta bo‘lgan. Vizantiya hukmdori Yustin II ning «Eftalitlar 
shaharda yashaydilarmi yoki qishloqdami» degan savoliga ashinaliylarning elchisi 
«A’lo hazrat, ular shaharlik sulolalardan», degan javobi fikrimiz dalilidir. Eftalitlar 
davlatida yirik shaharlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ushbu hokimlar ham 
o‘z harbiy kuchlariga, o‘z tangalarini zarb qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Ichki 
savdo munosabatlarida tangalar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan.
Eftalitlar kuchli harbiy qo‘shinga ega bo‘lishgan, qo‘shinning asosiy qismini 
otliq lashkar tashkil qilgan. Ayrim manbalarda yozilishicha, eftaliylar davlatida 
jinoyat sodir qilganlik uchun qattiq jazo choralari qo‘llanilgan. Masalan, o‘g‘irlik 
uchun bo‘ynini kesib qatl etish yoki o‘g‘irlab ketgan mulkni o‘n barobar miqdorida 
undirib berish jazosi qo‘llanilgan. Asta-sekinlik bilan markaziy hokimiyatning 
kuchsizlanishi, mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishining kuchayishi va ular 
o‘rtasidagi raqobat VI asrning o‘rtalariga kelib Eftalitlar davlatining yemirila 
boshlashiga olib keldi
1
.
VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va 
xalqlarni birlashtiruvchi, katta davlat – Turk hoqonligi tashkil topadi. Hozirgi 
O‘zbekiston hududi Turk hoqonligi tomonidan bosib olinadi. Keyinchalik hoqonlik 
hududi Xitoy va Mo‘g‘ilistonning bir qismi hisobiga yanada kengaytirildi. VI 
asrning oxirgi choragida Turk xoqonligi davlatga asos solgan sulola namoyandalari 
o‘rtasidagi (asoschilar va davlat hududining kengayishida ulkan hissa qo‘shgan 
Ashina sulolasi namoyandalari – Bo‘min (Tuman), uning kichik o‘g‘li Mug‘anxon) 
kurash natijasida poytaxti Mongoliyada bo‘lgan Sharqiy Turk xoqonligi va markazi 
Yettisuvda bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘linadi. O‘zbekiston hududi G‘arbiy 
Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan.
Turk xoqonligida hokimiyat tepasida urug‘, qabila boshliqlari qurultoyida 
saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila, urug‘ boshliqlaridan iborat 
kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga molik masalalar muhokama qilinib tegishli 
qarorlar qabul qilingan. Bundan tashqari, davlat hayotida xoqon maslahatchilari, 
o‘lkalar hokimi, davlat arboblarining roli katta bo‘lgan. O‘lkalarda hokimiyat 
hokimlar qo‘lida to‘plangan. Hokimlik lavozimini o‘lkalardagi hukmron sulolalar 
vakillari egallagan. Hokimlarning bir necha muovinlari bo‘lgan. Har bir hokim 
huzurida hisob-kitob ishlarini olib boruvchilar, soliq yig‘uvchilar, qo‘riqchilar va 
boshqalardan iborat apparat bo‘lgan. Xoqon va alohida o‘lkalarning hokimlari 
1
N. A. Abdurahimova, M. Isakova, Z. M. Suleymonova – Davlat muassasalari tarixi. Toshkent. 2007. 83-b 


17 
otliqlar va piyodalardan iborat shaxsiy gvardiyasiga ega bo‘lganlar. Turk xoqonligi 
davlati O‘rta Osiyo hududlarining arablar tomonidan bosib olinishi bilan tugatildi.

Download 374.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling