Reja I. Kirish II. Nazariy qism issiqlik almashinish qurilmalari. Issiqlik almashinish qurilmalari turlari Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash. III. Hisob qismi IV
-расм. Plastinali isitgich (a) va unung ishlash prinsipi (b)
Download 0.92 Mb.
|
kurs ishi
2-расм. Plastinali isitgich (a) va unung ishlash prinsipi (b):
1-ustidan ushlab turuvchi brus; 2-qo’zg’almas plita; 3-plastina; 4-harakatchan plita; 5-plastinani ushlab turuvchi brus; 6-yo’naltiruvchi va tortib turuvchi shpilka; 7-tayanch Plastinali isitkich: a) isitkich sxemasi; b) isitkich plastinaning tuzilishi. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash printsipi 2.b-rasmda koʼrsatilgan. Rasmdan koʼrinib turibdiki, suyuqliklarning harakati qarama-qarshi yoʼnalishda. Shuni qayd etish kerakki, har bir issiqlik eltkich plastinaning bir tomoni boʼylab harakat qiladi. Bu turdagi qurilmalar isitgich, sovutkich, hamda pasterizatsiya, sterilizatsiya qilish uchun ham qoʼllash mumkin. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik oʼtkazish koeffitsienti katta; gidravlik qarshiliga nisbatan kichik; tuzilishi ixcham; suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta. Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi; tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qoʼyish ehtimoli bor. Issiqlik almashinish qurilmalarining konstruktsiyasini tanlashda quyidagilarni inobatga olish kerak: qurilma texnologik jarayonga mos boʼlishi zarur; yuqori samarali, tejamkor va ishlash paytida ishonchli, hamda metall sarfi kam boʼlishi zarur; ishchi muhitlarda qurilma materiali yemirilishga bardoshli boʼlish kerak. Issiqlik eltkichlar qurilma orqali katta tezlikda oʼtsa, issiqlik oʼtkazish koeffitsientining yuqori qiymatlariga erishsa boʼladi. Bunday yuqori qiymatlarni olish uchun issiqlik almashinish yuzasi toza boʼlishi kerak. Аgar, suyuqliklar birortasining tezligi oshirilsa, ikkinchi suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffitsienti koʼpayadi. Lekin, issiqlik oʼtkazish koeffitsientining sezilarli darajada koʼpayishi uchun devor va undagi iflosliklarning termik qarshiligi kichik boʼlishi kerak. Masalan, agar trubalararo boʼshliqdagi issiqlik berish koeffitsienti trubalar boʼshligʼinikidan juda past boʼlsa, trubalar ichida oqayotgan suyuqlik tezligining oʼsishi issiqlik oʼtkazish koeffitsientiga uncha taʼsir qilmaydi. Bu holda trubalararo boʼshliqdagi issiqlik berish koeffitsientini oshirish zarur, yaʼni u yerga segment toʼsiqlar oʼrnatish maqsadga muvofiqdir. Qaysi muhitni truba ichiga, qaysi birini trubalararo boʼshliqqa yoʼnaltirish muammosini hal etishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: – yuqori issiqlik oʼtkazish koeffitsientiga erishish uchun issiqlik berish koeffitsienti kichik boʼlgan muhitni truba ichiga yoʼnaltirish zarur; – kimyoviy faol, korrozion muhitlarni truba ichiga yuborish zarur, chunki bunda faqat truba, teshikli panjara va qopqoqlar tegishli legirlangan metalldan yasaladi, yaʼni qobiq, segment toʼsiq va boshqalar oddiy, uglerodli poʼlatdan tayyorlanishi mumkin; – atrof muhitga issiqlik yoʼqotilishini kamaytirish uchun temperaturasi yuqori muhitni truba ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir; – choʼkma hosil qiladigan muhitlarni trubalar yuzasi oson tozalanadigan boʼshliqqa yoʼnaltirish tavsiya etiladi; – bosimi yuqori boʼlgan muhitni truba ichiga yoʼnaltirish zarur, chunki qobiqdan koʼra trubalar bosimni yaxshi ushlaydi. Issiqlik almashinish qurilmasining konstruktsiyasi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida tanlanadi. Bunda, tayyorlash uchun ketgan asosiy (kapital) va yillik ekspluatatsion sarflar taqqoslanadi. Аyrim hollarda, ekspluatatsion sarflar tejalishi hisobiga sarflar tez qoplansa, asosiy sarflarni koʼpaytirish ham mumkin. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling