Reja: I kirish II tuman atlaslarini yaratish masalalari
II Tuman atlaslarini yaratish masalalari
Download 49.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aerofotosurat
- Andozalarlar (proeksiyalar)
II Tuman atlaslarini yaratish masalalari
2.1 Kartografik tadqiqot usullari Geografik xaritalarda turli – tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun, ular juda xilma-xil bo‘ladi. Kartografiyada quyidagi tushunchalar uchraydi: Tarx (plan)- joyning yirik miqyosda (5000 va undan kattaroq) tuzilgan chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi. Xarita - Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli belgilar bilan tekislikka tushurilgan tasviridir. Ularda tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi. Aerofotosurat - tayyora va boshqa o‘zi uchar asboblar yordamida olingan Yer yuzasini yoki uning bir qismining tasviridir. Ular orqali joyning tuzilishi, relyefi, o‘simlik qoplami, yo‘llari, qishloqlar, jihozlar va korxonalarning joylanishi aniqlanadi. Kosmosurat - Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalari yordamida olingan tasvirdir. Ular fanning va xalq xo‘jaligining turli sohalarda keng qo‘llaniladi. Har bir tarx, xarita, kosmo va aerosurat ma’lum bir miqyosda tuziladi. Miqyos - bu xaritadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu chiziqqa mos keladigan haqiqiy uzunlikka nisbatidir. U xaritadagi tasvir necha marta kichraytirilganini ko‘rsatadi. Masalan, xaritada daryoning uzunligi 1sm, haqiqiy uzunligi 10 km, yoki 1 000000 sm. Demak xaritaning miqyosi 1: 1 000000. Miqyoslar sonli, chiziqli va so‘zli bo‘ladi. Sonli miqyos kasrdan iborat, uning surati 1ga teng, maxraji esa xaritada tasvir necha marta kichraytirilganini ko‘rsatadigan son bo‘ladi. Masalan, 1: 1 000 yoki bu tasvirni ming marta kichraytirilganligini ko‘rsatadi. Chiziqli miqyos - bu teng bo‘laklarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziqdir. Har bir bo‘lak qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo‘yiladi. So‘zli miqyos xaritadagi 1sm masofa haqiqatda qanchaga tengligini ko‘rsatadi. Masalan 1smda 10 km ga teng. Andozalarlar (proeksiyalar) - bu Yer yuzasini xaritada tasvirlash usulidir. Yer dumaloq bo‘lganligi tufayli uni tekislikda tasvirlanayotganda ma’lum bir xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bunday xatoliklarga asosan maydonni, uzunlikni va burchaklarni tasvirlayotganda yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun turli hil (teng burchakli, teng maydonli, teng masofali va aralash andozalar) qo‘llaniladi. Download 49.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling