Reja: I kirish II tuman atlaslarini yaratish masalalari


Xaritalar ularda tasvirlanadigan maydonning ko‘lamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi


Download 49.17 Kb.
bet4/15
Sana16.06.2023
Hajmi49.17 Kb.
#1511610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xaritalar ularda tasvirlanadigan maydonning ko‘lamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
- yulduzlar xaritasi;
- sayyoralar va Yer xaritasi;
- yarim sharlar xaritasi;
- quruqlik va okeanlar xaritalari;
- tabiiy geografik o‘lkalar xaritalari;
- mamlakatlar xaritalari;
- ma’muriy birliklar xaritalari;
- maxsus hududlar xaritalari (qo‘riqxona, sayohatbop joylar);
- shaharlar va aholi punktlari xaritalari;
- shahar va viloyat tumanlari xaritalari;
Mazmuniga ko‘ra xaritalar - umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar o‘z navbatida yana 
a) topografik ( 1: 100000 va undan katta); 
b) umumtopografik (1: 200000 dan 1: 1000000 gacha)
v) umumtasavvur (obzor) xaritalarga bo‘linadi (miqyosi 1:1000000 dan kichik).
Mavzuli xaritalar tabiiy va iqtisodiy (iqlim, tuproq, o‘simlik, qishloq xo‘jalik, sanoat va h. k.) xaritalarga bo‘linadi:
Vazifasiga ko‘ra xaritalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) ilmiy xaritalar;
b) madaniy va tashviqot xaritalari;
v) texnik xaritalar (kosmik, havo, dengiz, yo‘l va muxandislik xaritalari);
g) o‘quv xaritalari;
d) sayohat xaritalari;
Tuzilishiga ko‘ra xaritalar 3 turga bo‘linadi:
a) tasviriy xaritalar alohida voqea va hodisalarni tasvirlaydi. Masalan havo harorati, yog‘inlar va bosim xaritalari;
b) jamlama xaritalar ma’lum bir hodisaning hamma o‘lchamlari birga tasvirlanadi. Masalan, bitta xaritada shamol va bosimni tasvirlash mumkin:
v) yakuniy xaritalar bir - biri bilan o‘zaro bog‘langan hodisalar bir butun holda tasvirlanadi (iqlim mintaqalari xaritasi).
2.2 karta va atlaslarni loyihalash

Atlaslar - to‘la va aniq ma’lumotga ega bo‘lgan, yagona dastur asosida tuzilgan, tartibga solingan xaritalar to‘plamidir.
«Atlas» atamasi Flamand xaritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. U o‘zi tuzgan xaritalar to‘plamini (1595-yili) Liviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi. Xaritalar to‘plami birinchi marta II-asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan tuzilgan. Atlaslar egallagan maydonga qarab, Sayyoralar, dunyo, materiklar, okeanlar, o‘lkalar, davlatlar, viloyatlar atlaslariga bo‘linadi. Mazmuniga qarab umumgeografik va mavzuli atlaslarga bo‘linadi. Vazifasiga ko‘ra ilmiy, ma’lumotli, ommabop (o‘lkashunoslik), o‘quv, sayyoh va yo‘l atlaslariga bo‘linadi.

Download 49.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling