Reja: I. Kirish. II


Korporativ boshqaruv va mulkka egalik huquqini boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari


Download 28.94 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi28.94 Kb.
#1015080
1   2   3   4
Bog'liq
Moliyaviy boshqaruv

3. Korporativ boshqaruv va mulkka egalik huquqini boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari
Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifani professionallarga topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar.


Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo’yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari
O’z kasbini puxta egallagan professional menejerlarni topish unchalik murakkab ish emas
Biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko’rish uchun, ko’pincha, bir necha uy xo’jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo’ladi
Iqtisodiy jarayonlarga xos bo’lgan noaniqlik sharoitida investorlar mablag’larni turli firmalarga moliyashtirish orqali riskni taqsimlashga intiladilar
Mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi
Ta’lim olish egri chizig’i effekti (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud
4. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.
Menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi.
Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini bajarish firma qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiyalari, bozor foiz stavkalari, bozor riski uchun mukofot va qimmatli qog‘ozlar kotirovkasiga bog‘liq. Ushbu barcha omillarni inobatga olgan holda menejerlar aksiyadorlar firmani o‘zlari boshqarganlarida qanday investitsion qaror qabul qilsalar, xuddi shunday qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Shu bilan birga qaror riskni tan olmaslik darajasiga yoki mulkdorlarning boyligi darajasiga bog‘liq emas.


Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling