Reja: I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni
Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni toʼgʼrisida
Download 1.86 Mb.
|
Reja I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik
1.1. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni toʼgʼrisida
qisqacha maʼlumot Zamonaviy EHM va mikroprotsessorlar bazasida qurilgan turli vazifalarda (ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish, loyihalash, boshqarish uchun) avtomatlashtirilgan sistemalarni rivoji va joriy etilishi bir qator dolzarb yoʼnalishdagi ilmiy-texnikaviy jarayonlarni olgʼa surdi. Sanoatning turli tarmoqlarida avtomatika va hisoblash texnikasini joriy etish sohasidagi yutuqlar, jumladan, sintetik yuvish vositasi (CYuV)ni ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni jadallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi sifatida qaralmoqda [4-6]. CYuV ularning samaradorligini oshiruvchi yuzaki faol moddalar (YuFM), neorganit tuzlar va organik komponentlarining murakkab aralashmalaridir. YuFM va foydali qoʼshimchalar (aktivatorlar) hilma hilligi sababli turli hususiyatlarga ega va turli vazifali samarali yuvish vositalarini tayyorlash mumkin. SYuV sanoati oldida ularning sifatini yahshilash, assortimentni kengaytirish, SYuV tannarhini pasaytirish, texnologik va boshqa ishlab chiqarish jaraenlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, hizmat koʼrsatuvchi hodimlarni kamaytirish boʼyicha muhim masalalar quyilgan. SYuV pastalarga, suyuq va qattiqlarga boʼlinadilar [7,8]. Pastalar, shuning dek gellar ham koʼplab holatlarda penali yuvish vositalari sifatida qoʼllaniladi. Pastalar kamchiligi sifatida uzoq muddat saqlanganida mahsulot nogomogen boʼlib qoladi va bu uning istemolchilik hususiyatlarini pasaytiradiganini belgilash mumkin. Suyuq SYuVlarni olish uchun nisbatan kam sarf harajat talab etishlari, tez suvda erishi va dozalash osonligi sababli gel va pastalarga nisbatan keng qoʼlam topganlar [9]. Qattiq SYuV larni poroshok, boʼlak, draje, “poʼstin”, parchalar, "vermishelь" koʼrinishida ishlab chiqaradilar. Eng keng tarqalgan shakl bu purkash quritish qurilmalarida olingan poroshok yoki granulalar. Purkash quritish minoralarida poroshok sifat yuvish va tozzalash mahsulotlarini ishlab chiqarish usulida quyidagi bir qator afzalliklar mavjud [7,10,11]: hizmat koʼrsataetgan personalning kam sonligida yuqori samaradorligi; jaraenning germetikligi; avtomatlashtirish imkoni mavjudligi; minorada mavjud mahsulotning kam miqdori; korroziya mavjud emasligi. Poroshok sifat yuvish vositalari tarkibida odatda 12-25% (mass.) organik YuFM, 25-40% (mass.) trinatriy polifosfat yoki uning oʼrnini bosuvchi, 0-25% (mass.) natriy perborati, 3-10% (mass.) natriy metasilikati, 0,5-1% (mass.) karboksimetiltsellyulozaning natriyli tuzi va 5-25% (mass.) natriy sulьfati mavjud [6,12]. Bundan tashqari yuvish vositalari tarkibiga odatda kichik siqdordagi fermentlar, optik oqartirgich, otdushka, rang, namlik va baʼzi boshqa qoʼshimchalar. 1 .1-rasmda poroshok koʼrinishidagi SYuVni ishlab chiqarishning texnologik sxemasi keltirilgan. Kompozitsiyani tayyorlash tuguni natriy tripolifosfat, natriy sulьfat va sodani qabul qilish uchun sochiluvchan homashyoning sarf bunkerlari 1 bilan jihozlangan. Jami tugunda beshta bunker, ulardan uchtasining hajmi 14,5 m3 dan va ikkitasi - 11 m3dan. Sochiluvchan homashyo bunkerlardan shnek yoki skrebokli transporter orqali dozatorlar 2ga uzatilib, ketmaket oʼlchanib va shnek yokii transporter 3 yerdamida ikki reaktor - aralishtirgich 6dan biriga uzatiladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling