Reja: I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni


Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayonini boshqarish obʼekti sifatida oʼziga xos xususiyatlari


Download 1.86 Mb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1150114
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik

2.2. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayonini boshqarish obʼekti sifatida oʼziga xos xususiyatlari.

Poroshok sifat SYuVlirni ishlab chiqarishda purkash quritgichlariga quyilgan asosiy talablar – bu yuqori uyma zichligiga ega yirik granulali poroshoklarni ishlab chiqarish imkonidir. Shu kabi poroshok iloji boricha bir tusdagi granulometrik tarkibga ega boʼlib, mayda zarrachalar poroshokning eruvchanligini pasaytirib, uning qadoqlanishini murakkablashtirishi va quritish qurilmalaridagi changni tutish sistemasini murakkablashtirgani sababli tarkibida 0,10 – 0,15 mm dan kam oʼlchovdagi zarrachalar mavjud boʼlmasligi lozim 10,14]. Quritish jaraenini boshqarishda hech boʼlmasa kompozitsiya tarkibiga kiradigan komponentlarning asosiy hossalari saqlanib qolishi uchun amalga oshirilishi lozim. Quritish jaraenini boshqarishdagi quyilgan boshqa taʼbiy talablarga materialni tarkibiy namligi berilgandan oshmasligigacha quritishdir.


Purkalish katta issiqlik va massaalmashinuvi yuzasini taʼminlaydigan purkash quritish uchun minorada issiqlik almashinuvi operatsiyasini bajariladi 8,13. Minora konusli tubga ega silindr koʼrinishiga ega (2.2 rasm).
Issiq havo minoraga haydash kamerasi orqali keladi. Purkash quritgichida unumdorligi 1,2 – 1,5 t/s teshiklar diametri 2,5 - 3,5 mm boʼlgan forsunkalarga ega. Purkashda kompozitsiya tomchilari kamroq devodga tegishi uchun forsunkalar minora devoriga nisbatan 60º qiyalikda joylashgan. SYuV poroshkdarini ishlab chiqarishda uyurma turdagi forsunkalar tarqalgan. Ushbu forsunkaning asasiy elementlari boʼlib kamera va soplo hizmat qiladilar. Kompozitsiyalar forsunkaning uymali kamerasiga 6 – 8 Mpa bosim bilan kiradilar. Аylanish harakati natijasida soploning chiqishida soplodan 1 m masofada quritishda oʼrtacha diametri 50 – 200 mkm boʼlgan granulalarga aylanadigan alohida tomchilarga boʼlinib ketadigan ichi boʼsh konussifat plenka hosil boʼladi 8.
SYuVning pushkovchi quritilishida issiqlik agenti sifatida gazsimon yoki suyuq yoqilgʼining yonishidan hosil boʼlgan gazlar qoʼllaniladi. Issiqlik agenti quritish minorasiga kompozitsiya zarrachalarining harakatiga qarshi oqim bilan uzatiladi. Purkovchi quritgichdagi issiqlik agentining harakat yoʼnalishi, miqdori, harorati, kompozitsiya hususiyatlari, forsunkalar konstruktsiyalari quritish parametrlarini aniqlab hosil boʼlgan granulalarning shakli, kattaligi, harorati va namligiga taʼsir qiladilar. Tayer mahsulot granulalariga aylanishda kompozitsiya tomchilari quritishning uch bosqichidan oʼtadilar 8,11. Birinchi bosqich – konussimon plenkaning parchalanishida tomchilarning hosil boʼlishi va sferik shaklga ega boʼlishlari. Ushbu lahzada tomchilardan bugʼ va havo ajratiladi. Ikkinchi bosqich – yuzadagi namlikni quritish. Har bir zarrani qamrab olgan issiq issiqlik agentidagi past partsial bosim hisobiga zarrachalar yuzasidan namlik boʼgʼlanadi. Uchinchi bosqich – bugʼning ajralishi. Harorat oshishi va suv diffuziyasi tezligi kamayishi bilan zarrachalar yuzasida keyinchalik bugʼning ajratilishiga halaqit beradigan qattiq
qobiq hosil boʼladi.
.

1 – klapan; 2 – kalpak; 3 – kalpak patrubkasi; 4 – otboynik; 5 – forsunka; 6 – halqasimon truboprovod; 7 – xizmat koʼrsatish maydonchasi; 8 – yuqori silindr; 9 – oʼtish kesik konusi; 10 – yuqori shaxobcha; 11 – kollektor; 12 – quyi shaxobcha; 13 – quyi silindr; 14 – ichki konus; 15 – poroshokni sovutish uchun qurilma; 16 – tayanch xalqasi; 17 – patrubka; 18 – yumshoq klapan.




Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling