Reja: I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni


Download 1.86 Mb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1150114
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik


Mavzu:Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayonini avtomatlashtirish.

Reja:


I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni.
II. Texnologik jarayon tasnifi.
1. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni toʼgʼrisida
qisqacha maʼlumot.
III. Funksional sxemasi.
1. Poroshok koʼrinishidagi sintetik yuvish ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.
IV. Spitifikatsiya.
1. Kompozitsiyani quritish jarayonining adaptiv boshqarish.
V. Xulosa.
VI. Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISh.
Texnologik jarayonlarni boshqarishning amaliy masalalarini yechishda real obʼektning qator tavsiflari oldindan nomaʼlum boʼlishi yoki uning ishlash jarayonida oʼzgarib ketishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, boshqarish obʼekti va uning ish sharoiti haqidagi toʼliq aprior bilimlarni talab qilmaydigan adaptiv boshqaruv sistemalarini qurishning gʼoyat qiziqarli yoʼli yuzaga keldi. Ushbu turdagi sistemalarga birinchi navbatda, sozlanuvchi modelli adaptiv sistemalar deb ataluvchi sistemalar kiradi. Ushbu turdagi sistemalardagi sozlash algoritmlari obʼektning kirish va chiqish signallari haqidagi joriy axborotlarga asoslanib, modelning xulqini obʼektning xulqiga yaqinlashtirishi kerak. Parametrik baholash va boshqarish algoritmlarini klassik jihatdan adaptiv optimal qurilishi nazariy asoslanganligiga qaramasdan, qator hollarda ularning amaliy jihatdan amalga oshirilishi kam samarador hisoblanadi. Sozlanuvchi modellar usulining asosiy kamchiligi sistemalarning ish qobiliyati uchun sharoit hosil qilishning murakkabligi hisoblanadi. Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda ikki yoʼldan foydalaniladi. Birinchisi – baholarning haqiqiy qiymatga yaqinligini taʼminlash maqsadida kirish signalining spektrini boyitish uchun maxsus choralar qabul qilish. Birinchi yoʼl odatda boshqarishning murakkab maqsadlariga erishish, xususan optimal sistemalarni sintez qilish uchun ishlatiladi. Ikkinchi yoʼl parametr baholarining kuchli asoslanganligidan, yaʼni baholarning haqiqiy qiymatlarga yaqinlashishini rad qilishdan iborat. Sistemalarning ish qobiliyatini asoslanishi moslashuvchanlikning kuchsizroq maqsadlari – modelь va obʼektning chiqishlari yoki holatlarining yaqinligi sharoitlarida amalga oshiriladi. Bunda, sistemalarning optimalligini taʼminlab boʼlmaydi va boshqarishning kuchsizroq maqsadlari, masalan sistemalarni stabillash bilan chegaralanib qolishga toʼgʼri keladi. Bu, boshqarish taʼsirlarini identifikatsiyalash va sintez qilish masalalarining koʼpchiligi notoʼgʼri sinfga tegishliligi bilan belgilanadi. Bunday vaziyatlarda baholashning algoritmlari va usullarini sintez qilish masalasiga, algoritmlarning strukturasini aniqlash va ularning parametrlarini hisoblash muntazamlik tamoyili asosida amalga oshiriladigan teskari masalalar nazariyasi nuqtai nazaridan qarash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondoshuv nafaqat modelь va obʼektning chiqishlari yoki holatlarini yaqinligini, shuningdek baholarning haqiqiy qiymatga kuchli yaqinlashuvini taʼminlash imkonini beradi va bu sintez qilinayotgan boshqaruv sistemasining hech boʼlmaganda, faktorlarni boshlangʼich sintez qilishda eʼtiborga olinmagan kichik taʼsirlarda ham ish qobiliyatini saqlash imkonini beradi. Shundan kelib chiqqan holda, sozlanuvchi modelli adaptiv boshqaruv sistemalarini sintezi orqali sintetik yuvish vositasini ishlab chiqarishda kompozitsiyani quritish texnologik jarayonini avtomatlashtirish dolzarb hisoblanadi


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling