Reja: I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik jarayoni
-rasm. Poroshok koʼrinishidagi SYuVni ishlab chiqarishning texnologik sxemasi
Download 1.86 Mb.
|
Reja I. Kirish. Sintetik yuvish vositasini quritish texnologik
1.1-rasm. Poroshok koʼrinishidagi SYuVni ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.
Suyuq homashyoni (sulьfanol, alkilsulьfatlar, suyuq shisha va boshqalar) qabul qilish uchun sexda olti idish 4 oʼrnatilgan, ulardan toʼrtasining hajmi 16 m3 dan va iktasi - 12,5 m3 dan har biri. Idishlar qobiqlar va ramali aralashtirgichlar bilan jihozlangan. Ushbu idishlardagi homashyoning zapasi sexning bir smena davomida uzluksiz ishlashi uchun yetarlidir. Suyuq komponentlar ketma ket VJА-2 turdagi tarozilar 5 ga yuklatilab, oʼlchanadilar va reaktor-aralashtirshichka toʼkiladilar. Kran va klapanlarning ochilib yopilishi qoʼlda yoki avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Kompozitsiyani tayerlash jaraeni periodik ravishda har birining hajmi 8 m3 dan boʼlgan ikki reaktor 6da amalga oshiriladi. Reaktorlar qobiqlar va parrakli aralashtirgichlar bilan jihozlangan. Tayerlash jaraeni tugagach kompozitsiya reaktor-aralashtirgichdan nasos 8 bilan filьtr-tindirgich 7 orqali ushbu balandlikda joylashgan sarf reaktori 9ga oʼtkaziladi. Kompozitsiya sarf reaktoridan oqib gomogenizator 10ga, undan esa porshnenli bugʼ nasoslari 11 bilan nozik tozalash filьtri 12 orqali yuqori bosim nasosi 13ga, soʼng kompensator orqali diametri 6 m boʼlgan quritish minorasi 14ning purkash forsunkalariga uzatiladi. Purkaladigan kompozitsiyaning minora 14da quritilishi gazogenerator 15dan issiq gazlar ventilyatori orqali kollektorga haydaladi issiqlik agenti oqimi bilan amalga oshiriladi. Purkaladigan kompozitsiyaning quritilishini 300-350°S issiqlik agentining haroratida qarama qarshi oqim bilan amalga oshiriladi. Tarkibida havoning suv bugʼlari va SYuVning changsifat fraktsiyalari aralashmasi mavjud ishlangan issiqlik agenti 105-120°S harorat bilan quritish minora 14ning yuqori qismidan chiqib ketib quruq tozalashga parallel ishlaydigan siklonla 16 guruhiga keladi. Bu yerda nisbatan yirik zarrachalar ajralib shlyuzli zatvor orqali tayyor mahsulot transportyori 18ga uzatiladi. Poroshokdan holos etilgan va ishlangan gaz aralashmasi nam tozalash uchun skrubberlar 17ga uzatiladi, bu yerda changning mayda zarralarining toʼliq ajratilishi amalga oshiriladi. Skrubberlardan soʼng ishlangan gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladilar. Poroshok 70°S harorat bilan minoraning quyi qismidan transporterlar 19, 18, noriya 20 bilan vibroelak 21 orqali qabul qiluvchi bunker 22, undan esa dozator 23 bilan aralashtirgich 24ga uzatiladi, bu yerda unga bunker 25dan dozator 26 orqali natriy perborati sochiladi va otdushka changitiladi. Tayyor poroshok aralashtirgichdan qabul qiluvchi bunker 27ga uzatiladi, soʼng esa noriya 28 orqali transporter 29 yerdamida tayyor mahsulot bunkerlari 30 boʼyicha taqsimlanadi, undan esa qadoqlash avtomatlariga uzatiladi. Poroshok sifat SYuVlirni ishlab chiqarishda ham ishlab chiqarilaetgan mahsulot sifati ham butun jaraenning texnologik koʼrsatkichlarini aniqlaydigan eng muhim oʼtishlardan biri boʼlib kompozitsiyaning quritilishi hisoblanadi 6,12,13. Kompozitsiyaning quritilishi – bu, bir tomondan murakkab bir paytning oʼzida ham issiqlik ham massaalmashinuvi jarayoni, boshqa toomondan esa – oʼtkazilishida dastlabki hom ashyo hususiyatlari nafaqat saqlanib qolishi, balki yahshilanishlari ham kerak boʼlgan texnologik fizik kimyoviy jaraen. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling