Reja: I. Kirish


Respublikaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi


Download 114.5 Kb.
bet5/17
Sana05.01.2022
Hajmi114.5 Kb.
#228447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
davlat hokimyatini amalga oshirishning huquqiy shakli

Respublikaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

  • hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;

  • hokimiyat vakolatlarining taksimlanishi;

  • hokimiyat oliy organlarining o’z karorlarini uzoq vaqt davomida kabul qilishi;

qonunlarning bajarilishini nazorat kiluvchi organ bo‘lgan sudlar obro‘sining ortishi;

  • fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi.

Respublika so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, (respublika) jamoatchilik ishi degan ma’noni anglatadi. Bu shunday davlat boshqaruv shakliki, davlat boshlig‘ini saylanishiga tavsif beradi va uning nomi bilan Prezidentlik Respublikasi deb ataladi. Mazkur boshqaruv shaklining paydo bo‘lishi hamma davlatlarda ham albatta ulug‘ inqiloblarning natijasidir. Fransiyada burjua inqilobi, Amerikada fuqarolar urushi natijasida ayrim davlatlarda hokimiyatni boshqa bir siyosiy kuchlar tomonidan egallab olinishi tufayli (Germaniya, Gretsiya, Chili, Jazoir) haqiqiy prezidentlik respublikasi o‘rnatilgan edi.

Davlat shakllari tushunchasi.

O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillik uchun kurash jarayonlari Prezidentlik boshqaruviga o‘tish lozimligini ko‘rsatdi. 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashining XII- chaqiriq birinchi sessiyasida Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. 1990 yil 20 iyunida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida "Mustaqillik Deklaratsiyasi" e’lon qilindi.

1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan referendum O‘zbekiston tarixida birinchi martda davlatimiz Mustaqilligini Oliy Kengash tomonidan e’lon qilinganligini ma’qullab, o‘z prezidentiga ham ovoz berdi. Mana shundan buyon xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayanib, o‘z tarixiy-milliy davlat boshqaruvi asoslanib Prezidentlik Respublikasining huquqiy poydevori yaratildi. Har bir millat va elatlar o‘z milliy qadriyatlarini saqlanib qolishiga kurashadilar. Chunki millatni davlat sifatida jahonga tanitadigan bebaho boyligi bu uning hech qayerda takrorlanmaydigan urf-odat normalari va milliy qadriyatlaridir."

...Tarixning muayyan davrida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o‘tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to‘qilishiga va qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligi va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo‘lishi zarur, bu yo‘lda men jonimni fido qilishga tayyorman. Ta’bir joiz bo‘lsa, demokratiya sari harakat qilish uchun ham shunday bo‘lishi zarur" degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. 1993 yil 12 fevralda "Komsomolskaya Pravda" ro‘znomasining muxbirlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Respublika shaklidagi boshqaruvning paydo bo‘lish omiliga birinchidan mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchidan siyosiy partiyalar faoliyatini yo‘naltirish ya’ni demokratik talablarga moslashtirish, kerak bo‘lsa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish davlatning asosiy vazifasiga kiradi.

Respublika sharoitida mustahkam tenglik, davlat boshqaruvida demokratiyani qaror topishini tezlashtiradi, chunki hokimiyatning bo‘linish prinsipi asosida davlat organlari vakolatlarning taqsimlanishi har qanday oliy organga (bunda davlat boshlig‘i ham kiradi), xalqdan olgan mandat natijasida amalga oshirilishi belgilanadi.

Shuni alohida belgilanishiga e’tibor berish lozimki, vakolatlarning taqsimlanishi teng sharoitlar yaratilgan taqdirdagina haqiqiy xisoblanadi. Bu shundan iboratki, ayrim turdagi Respublika shaklidagi davlat boshqaruvida nomigagina jamiyat masalalari hal etilib, amalda esa bitta shaxsning xoxish-idorasini ifodalaydi.

Masalan, mamlakatda davlat to‘ntarishi tufayli butun hokimiyat prezident lavozimi bilan bog‘liq bir shaxsning qo‘liga o‘tib qoladi va diktaturlik rejimi o‘rnatiladi. 1993 yilda Gitler Germaniyada, 1960 yil J.Mobuta Jazoirda, 1967 yilda "kora polkovniklar" nomi bilan Gretsiyada, 1973 yilda A.Pinochet Chilida davlat hokimiyatni to‘ntarishi qilib egallangan edi. Buning oqibatida mamlakatda davlat rejimi yagona diktator xukmida, milionlab begunoh insonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan edi. Agar biz buni yanada kengroq ma’noda tushuncha beradigan bo‘lsak, 1973 yil "qora polkovniklar" deb atalgan bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarish bir tomondan monarxiya tuzumini yo‘q kilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Respublika davlat boshkaruvi shakliga o‘tganligini elon qilgan bo‘lsa, ham hech qanday demokratik tartib qoidalarga amal qilinmadi ya’ni monarxiyadan farq qilmaydigan boshqaruv usuli o‘rnatildi. Davlat boshlig‘i prezident vakolatlari cheklanmadi, u faqat o‘limi tufayli yoki boshqa kuchlarining zo‘rlik bilan hokimiyatni egallasagina o‘z lavozimidan mahrum etilishi mumkinligi ayrim davlatlar tajribasi (Pokiston) kursatdi.

Bunday xolat sobiq ittifoq davrida ham hukm surgan edi, (faqatgina boshka kurinishda) saylovlar nomigagina o‘tkazilib davlat boshlig‘i umrbod o‘z lavozimida qolar edi.

Endi biz Respublikalar siyosiy rejimining haqiqatdan ham demokratik yoki liberal ko‘rinishida ekanligini turli xil shakllarini tahlil qilib chiqamiz. Bundan oldin doimo yodda tutish kerak, parlamentar va prezidentlik Respublikalarida prezident davlat boshlig‘i hisoblanadi. Ammo uning Respublika davlat boshqaruv shaklida qonunchilik va ijroiya hokimiyat munosabatlarining belgilanish xususiyatlari ikki xil ko‘rinishda bir-biridan ajratib o‘rganiladi.


Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling