Reja: I. Kirish
Hukumatning tashkil etilishiga karab respublika ikki xil buladi
Download 114.5 Kb.
|
davlat hokimyatini amalga oshirishning huquqiy shakli
Hukumatning tashkil etilishiga karab respublika ikki xil buladi:
Prezidentlik Respublika Parlamentar Respublika. Prezidentlik Respublika. Bunday davlat boshqaruv shaklida xukumat faqat prezident oldida o‘z faoliyati tugrisida doimo xisob berib turadi, parlament oldida mas’ul emas. Bu shundan kelib chikib belgilanganki, parlament xukumat tarkibini tuzmaydi va unga ishonchsizlik huquqiga xam ega emas. Chunki prezidentlik Respublikasida qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyat o‘z vakolatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqdan oladi. Prezident ijroiya hokimiyat boshlig‘i sifatida xalq tomonidan saylanadi va buning natijasida davlat boshlig‘i funksiyasini xam amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Demak, dualistik Respublika shaklidagi davlat boshqaruvida prezident davlat boshlig‘i funksiyasini amalga oshira borib, Bosh Vazir lavozimini ham egallaydi. Prezident xalq tomonidan saylab qo‘yilishi ulug shaxs ekanligidan dalolat beradi. Sobiq Ittifoq Respublikalari, Fransiya, Braziliya va boshqa davlatlarda prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumxalq saylovlari orqali o‘z lavozimini egallaydi. AQShda alohida saylovchilar guruhlari tomonidan prezident saylovi o‘tkaziladi, bunda ham davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i parlament oldida mustaqildir, tenglik prinsipida faoliyat yuritadi. Prezidentlik Respublikasida hukumat tarkibi parlament sessiyalarida deputatlar tasdig‘iga qo‘yiladi. Bu jarayonda deputatlar prezident tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni tasdiqlashlari shart. Agar biror-bir ko‘rsatilgan nomzod bunday lavozimga loyiq emasligi asoslab berilsa, prezident boshqa bir shaxsning nomzodini ko‘rsatishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun xam hukumat faqat prezident boshchiligida faoliyat yuritadi, barcha xokimiyat masalalarida hukumat a’zolari tavsiyaviy harakterdagi karorlar qabul qilishi mumkin, qat’iy qarorni yagona prezidentning o‘zi hal qilishi mumkin. Hukumat tarkibining shakllanishida prezidentning qaysi partiya a’zosi bo‘lganligi muhim rol uynaydi. Davlatning yuqori palatasida hukumat a’zolari prezident a’zo bo‘lgan siyosiy partiya vakillaridan (prezident tomonidan) ko‘rsatiladi va alohida-alohida tasdiqdan o‘tadi. Agar ko‘rsatilgan nomzod deputat bo‘lsa, vazirlikka tasdiqlan-gandan keyin, deputatlik mandatini topshiradi, chunki prezidentlik Respublikasida bir vaqtning o‘zida parlament va ijroiya hokimiyat a’zosi bo‘lish mumkin emas. Shuningdek, konunchilik va ijro etuvchi hokimiyatning bo‘linishiga alohida e’tibor beriladi ya’ni uni tengligi va bir-biriga nisbatan mustaqilligi ta’minlanadi. Ularning bir-birini nazorat qilish funksiyasi ham tenglik prinsipida belgilanadi. AQSH Konstitutsiyasining birinchi moddasida qonunchilik hokimiyati Kongressga tegishli ekanligi mustahkamlangan, ikkinchi moddasida esa, ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi deb belgilangan, uchinchi moddasida, sud hokimiyati – AQSH Kongressi tomonidan tasdiqlanadigan Oliy sud va quyi turuvchi sudlarni tashkil etishi ko‘rsatilgan. Ko‘pgina prezidentlik boshqaruvi o‘rnatilgan davlatlarda sud va ijroiya hokimiyat organlarining oliy mansabdor shaxslari yuqori palataning roziligi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Bunda albatta yuqori Palata a’zolarining ko‘rsatilgan nomzodlarga bildirgan fikri e’tiborga olinadi. Hukumat a’zolari va boshqa ijroiya hokimiyat organlarining mansabdor shaxslarini prezident o‘z lavozimidan lozim topgan paytda ozod etish mumkin. prezidentni kim bilan ishlash, ishlamasligi to‘g‘risidagi masalalarda uni majbur qilish mumkin emas. Ushbu davlat boshqaruvi shaklining asosiy belgisi - hukumatning o‘z siyosiy faoliyati to‘g‘risida parlament oldida javobgarligining belgilanmaganligidandir. Parlament xukumat a’zolarini qonunni buzgan taqdirda ham o‘z lavozimidan ozod etishga haqli emas. Hukumat o‘z faoliyatini olib borishda parlamentning ishonchiga yoki ishonchini yo‘qotishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham prezidentlik Respublikasidagi dualistik boshqaruv shaklida prezident bir siyosiy partiyadan, hukumat boshqa bir siyosiy partiya vakillaridan iborat ekanligi kamdan-kam davlatlarda uchraydi. Eng rivojlangan davlatlarda prezident va Xukumat a’zolari bir partiyaning vakillari hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatini bo‘ysinish asosida tashkil etadilar va davlatning siyosiy rejimini belgilaydilar. Agar qonunga xilof xatti-harakatlari davlat ahamiyatiga molik masalalarda yomon oqibatni keltirib chiqarsa, parlamentning impichment (ishonchsizlik) huquqi kuchga kirishi mumkin. AQShlari Konstitutsiyasida prezidentning va boshqa oliy mansabdor shaxslarni lavozimidan parlament tomonidan chetlatilish hollari, pora olganda, davlatga xoinlik va boshqa og‘ir jinoyatlar sodir qilganda darhol amalga oshirilishi belgilangan. Davlat rejimi, prezidentlik Respublikasining dualistik boshkaruv shaklida bir-biriga qaram oo‘lmagan ikkita kuchli hokimiyat qonunchilik va ijro etuvchi organlarning o‘zaro munosabatlarini belgilanishida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Bunday davlat shakli demokratik PrinsiPlar talablariga mos ravishda o‘zining boshqaruv xususiyatlari va uni amalga oshirish vositalari bilan tartibga solinishi siyosiy rejimini demokratlashtiradi. Respublikaning dualistik boshqaruv shaklida, ayniqsa qonunni amalga kiritish jarayoni mukammal tenglik prinsipiga rioya etiladi. Prezident qonunni tasdiqlash yoki qayta ishlash uchun o‘z e’tirozini bildirib parlamentga qaytarishi mumkin. Agar qayta ishlash uchun yuborilgan konun loyihasi har ikkala palata a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan dastlabki holati bo‘yicha tasdiqlansa, prezident qonunni imzolashga majbur bo‘ladi. Shuningdek, Prezident tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar parlament yig‘ilishida ratifikatsiya (tasdiqlanishi) yoki (bekor qilinishi) denonsatsiya qilinishi mumkin. Sud hokimiyati esa parlament tomonidan va prezident qabul qilingan aktlarni konstitutsiyaviyligini nazorat qiladi va shuning bilan qonunchilik, hamda ijroiya hokimiyati organlarining mamlakatda tartib-intizomga rioya etilishi ta’minlanadi. Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. Bunday boshqaruvda hokimiyatning ijroiya va qonun chiqaruvchi tarmoqlari orasida ziddiyat bo‘lishi, konstitutsiyaviy inqiroz ehtimolini rad etmaydi.
Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling