Reja: Ichimlik suvi haqida uumiy ma’lumot


Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha yangi qonun loyihasi


Download 444 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi444 Kb.
#1599532
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ichimlik suvi

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha yangi qonun loyihasi

Qonunning maqsadi ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv xizmatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va iste’molchilarga ichimlik suvi hamda oqova suv xizmatlari xizmatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat kafolatlarini o‘rnatishdan iborat 
“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarining asosiy prinsiplari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
aholini ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlashning ustuvorligi;
ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlari sohasiga sarmoyalarni (investisiyalarni) jalb etish uchun sharoitlar yaratish, sarmoyalar (investisiyalar) qaytarilishi kafolatlarini ta’minlash;
markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tizimining texnologik va tashkiliy yagonaligi va butunligini ta’minlash;
ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, va ularning abonentlarining iqtisodiy manfaatlari muvozanatiga (balansiga) erishish va rioya qilish;
ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy asoslangan sarf-xarajatlaridan kelib chiqqan holda ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasidagi tariflarni belgilash (o‘rnatish);
ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror va huquqlarni cheklamaydigan sharoitlarni ta’minlash;
abonentlarning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlariga teng sharoitlarni ta’minlash;
ichimlik suvi ta’minoti masalalarining davlat nazorati va davlat tomonidan tartibga solinishi;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi korxonalarning, uy-joy kommunal xo‘jaligining davlat boshqaruvi organlari, suvdan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlariga ularning vakolatlari doirasida hisobdorligi;
ichimlik suvi ta’minoti tizimlarining texnologik xususiyatlari va O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan yagona standartlar va normalar asosida ichimlik suvi ta’minoti manbalarini tanlashni hisobga olgan holda ularning xavfsizligi, ishonchliligi va boshqarilishini ta’minlash;
er osti suvlaridan ustuvor foydalanish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarining hisobi va to‘lovliligi;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlari, jihozlar va ular uchun materiallar, shuningdek ichimlik suvi va kanalizasiyani tozalash va zararsizlantirish uchun kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimlari rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlari sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatining ochiqligi (oshkorligi).
Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari sohasidagi davlat siyosati quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:
uzluksiz va sifatli ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini ta’minlash yo‘li bilan aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va turmush sifatini oshirish;
suvni tejab iste’mol qilish yo‘li bilan energetik samaradorlikni oshirish;
oqindi suvlarni tozalash sifatini oshirish yo‘li bilan suv ob’ektlariga negativ ta’sirni pasaytirish;
ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hisobiga abonentlarga ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari mavjudligini ta’minlash;
markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tizimlarini boshqarishning samarali shakllarini rivojlantirish, sarmoyalarni (investisiyalarni) jalb qilish va ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarning kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘li bilan ushbu tizimlarning rivojlanishini ta’minlash.
Qonunning vazifalari quyidagilardan iborat:
ichimlik suvi ta’minotining ishonchliligi va xavfsizligining davlat kafolatlari, shuningdek ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash;
davlat organlari, boshqa yuridik, shuningdek jismoniy shaxslarning ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilash.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkunki shahar suv taʼminoti tizimini samaradorligini oshirish va axolini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun mamlakatda olib borilayotgan ishlar jadalligini yanada oshirish lozim. Ishining asosiy maqsadi texnik jihatdan amalga oshirish mumkin boʻladigan, iqtisodiy jihatdan asoslangan, tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minlash, dispetcherlik nazoratiga GAT dasturini qoʻllashning usulini takomillashtirish. Shahar va aholi punktlarini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash, suv taʼminoti tizimi inshootlari va suv taqsimlash tarmoqlarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalar va dasturlarni qoʻllagan xolda suv taʼminoti tizimini samaradorligini oshirish boʻyicha texnologik yechimlarini ishlab chiqish va tahlil qilish bugungi kunning asosiy, dolzarb vazifasi bo’lib qolmoqda


Foydalanilgan adabiyotlar


1. Saydullayev S.R Suvdan samarali foydalanishda axborot tizimlarini qo’llash //Science and Education. -2020. – Т. 1. – №. 7. – С. 116-122.
2. Obidovich S.A. The use of Modern Automated Information Systems as the Most Important Mechanism for the use of Water Resources in the Region //Test Engineering and Management. – 2020. – Т. 83. – С. 1897-1901.
3. Saydullaev S. R. Decision-making system for the rational use of water resources //Journal of Central Asian Social Studies. – 2020. – Т. 1. – №. 01.– С. 56- 65.
4. Сайдуллаев С. Р. и др. СУВДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШДА АХБОРОТ ТИЗИМЛАРИНИ ҚЎЛЛАШ //Science and Education. – 2020. – Т. 1. – №. 7. – С. 116-122.
5. Сайдуллаев С. Р. Применение информационных систем в эффективном использовании воды. – 2020.
6. Rakhmatullaevich S. S. Analysis of the methodology for controlling heat loss in buildings //INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876. – 2022. – Т. 16. – №. 07. – С. 15-19.
7. Rakhmatillaevich S. S. USE OF SOLAR ENERGY AS A SOURCE OF HEAT AND ISSUES OF HEAT ENERGY SAVING //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 9. – №. 12. – С. 1298-1302.
8. Rakhmatillaevich S. S. THE USE OF SOLAR ENERGY AS A HEAT SOURCE AND HEAT ENERGY CONSERVATION ISSUES //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 9. – №. 11. – С. 672-676.
9. Алибекова, Н.Н. (2020). Сувдан фойдаланиш жараёнларида ахборот тизимларини қўллаш. Scienceand Education, 1(3).
10. Кутлимуродов У.М. Загрязнение атмосферы вредными веществами и мероприятия по его сокращению //Экология: вчера, сегодня, завтра. – 2019. – с. 249-252.
Download 444 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling