Yangi texnologiyalarni tadbiq etish, korxonalarning iqtisodiy o‘sishini tezlashtiradi va dunyo bozoridagi raqobatbardoshliligini kuchaytiradi. Tarmoq texnologiyalariga aloqador bilimga ega bo‘lish, ma’lumot almashish muammosining oson echilishi va sifatining oshishiga imkon yaratadi, chunki, o‘z vaqtida olingan ma’lumot juda muhim bo‘lishi va korxona rivojlanishida katta hissa qo‘shishi mumkin. Global tarmoqlar Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko’pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, ko’p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi so’zlashuvchi uzatishga qodir bo’lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko’p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko’p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko’rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o’nlab va yuzlab so’zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo’lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya’ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi. Ular IKM tehnologiyasiga asoalangan. Lokal tarmoqlar Lokal tarmoqlar Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo’lmagan hududda, odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo’lgan kommunikatsiya tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |