Mavzu. DINAMIKANI STATISTIK O`RGANISH USULLARI
REJA
1. Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar dinamikasi to‘g‘risida tushuncha. Dinamika qatorlari, ularning ahamiyati va turlari
2. Dinamika qatorlarining o‘rtacha darajasini hisoblash va tahlil ko‘rsatkichlari
3. Dinamika qatorlari tahlil ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari
4. Dinamika qatorlarda taraqqiyotning umumiy (asosiy) qonuniyatlarini aniqlashning statistik usullari
5. Mavsumiylik, interpolyasiya va ekstrapolyasiya tushunchalari mohiyati
Dinamika qatorlari deb ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni ma’lum davr (vaqt) ichida tavsiflovchi raqamlardan tashkil topgan qatorlarga aytiladi.
Har qanday dinamika qatorlarida ikki element:
- Vaqtni bildiruvchi payt sanalar yoki davrlar (yillar, oylar va shu kabilar);
- o‘rganilayotgan hodisani ifodalovchi miqdorlar (soni, hajmi va hokazo) bo‘lishi shart.
Dinamika qatorlarida keltirilgan darajalar o‘rganilayotgan hodisaning ma’lum bir davr oralig‘idagi holatini yoki ma’lum bir paytdagi holatini aks ettirishi mumkin.
Hodisa, jarayonlarning ma’lum davr ichidagi holatini ifodalovchi darajalardan tuzilgan dinamika qatorlar davriy dinamika qatorlar deyiladi.
Hodisa, jarayonlarning ma’lum davr ichidagi holatini ifodalovchi darajalardan tuzilgan dinamika qatorlar davriy dinamika qatorlar deyiladi.
Davriy dinamika qatorlarida teng oraliq davrlari berilgan bo‘lsa, o‘rtacha mutloq darajani hisoblash uchun oddiy arifmetika o‘rtacha formulasidan foydalanamiz.
Misol: korxona, 2004 yilda 4560,0 ming so‘mlik, 2005 yilda 5400,0 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, o‘rtacha ushbu yillarda
ming so‘mni tashkil etadi.
Payt dinamika qatorlarda darajalarning soni va oraliqlarga bog‘liq holda o‘rtacha quyidagicha hisoblanadi.
1) Dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko‘p bo‘lib, qator oraliqlari teng bo‘lsa, ularning o‘rtachasi xronologik o‘rtacha formulasidan foydalanib topiladi.
2) Dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko‘p, lekin qator oralig‘idagi vaqt teng emas, bu holda tortqichli arifmetik formuladan foydalanib, qatorlar o‘rtachasi topiladi:
3) Agarda payt dinamika qatorda faqatgina 2 ta ma’lumot, boshlang‘ich va oxirgi miqdor aniq bo‘lsa, u holda oddiy arifmetik o‘rtacha formulasidan foydalanamiz.
Statistikada dinamika qatorlarni tahlil qilish uchun qator darajalari o‘zgarishining quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
mutloq o‘sish yoki kamayish
o‘sish yoki kamayish sur’ati (O‘zgarish sur’atlari)
qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati
bir foiz qo‘shimcha o‘sish yoki kamayishning mutloq qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |