Reja: Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar


Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulki


Download 30.47 Kb.
bet6/10
Sana22.11.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1793697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilish-fayllar.org

Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi.
Jamoa mulkiga kooperativlarnig, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar.
SHaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi.
SHaxsiy mulk ob‘ektlaribu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ruzg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi.
Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Respublikasining ”Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunda (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi.



Download 30.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling