Reja: Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar
– savol. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
Download 30.47 Kb.
|
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiylashtirish
- Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
- _↑_____________________________________________↑
5 – savol. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu kup mulkchilikdir yoki ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirishdir. Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib, uni jamoa, ijara korxonalariga, aktsiya jamiyatlarga, ma‘suliyatli cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taaluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obe‘ktlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir.[1] Prezident I. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi”[1] deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishini bildiradi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish – bu xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishning ham ko’zda to’shadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: 1. Davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish; 2. Davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; 3. Mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; 4. Mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; 5. Ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; 6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kimoshdi savdosi orqali sotish va hakozo. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3-guruhga ajratish mumkin: 1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
↓ ↓
↓ ↓
↓ ↓
↓ ↓
↓ ↓
↓
___________↑_____________________________________________↑ ↓
Download 30.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling