Reja: Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo`jaligi
Savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish
Download 68.5 Kb.
|
O`zbekistonda ijtimoiy-madaniy tarmoqlarning rivojlanishi
2. Savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish.
Savdo va umumiy ovqatlanish. Ma`lumki ishlab chiqarilgan moddiy ne`matlar iste`molchilarga savdo tarmoqlari orqali yetkaziladi. Shuning uchun ham xizmat doirasi tarmoqlari orasida, aholining turmush sharoitini yaxshilashda savdo alohida o`rin tutadi. YAIMning umumiy hajmida savdo va umumiy ovqatlanish tarmog`i hissasi 9,2 foizni tashkil etadi (2005). Xalq xo`jaligida band bo`lgan barcha ishchi-xizmatchilarning 8,9 % savdo va umumiy ovqatlanish, tayyorlov sohasida ishlaydi (903,4 ming kishi, 2005; 1995 yilda 566,4 ming kishi). 2006 yil 1 yanvar holatida savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 60,7 ming korxona (respublikada faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning 17,5 %) ro`yxatga olingan. O`zbekistonda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi ko`rsatkichlari nisbatan kam. Buning asosiy sababi respublikada aholining meva, sabzavot, kartoshka, go`sht, sut va boshqa ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talablarining bir qismi shaxsiy tomorqalarda yetishtiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Aholi jon boshiga to`g`ri keladigan tovar oborotida oziq-ovqat mollari va sanoat mollari o`rtasida ham anchagina farq bor. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ham o`zgarishlar ro`y bermoqda. 1995-2005 yillarda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida oziq-ovqat tovarlari ulushi tobora kamayib, nooziq-ovqat mollari ulushi tobora o`sib bordi (2000 yilda mos holda 58,4 va 41,6 %; 2005 yilda 53,5 va 46,5 %). Shuningdek, respublika savdo korxonalarini kengaytirish, aholiga savdo xizmatining yangi, ilg`or usullaridan keng foydalanish, ularni yangi savdo, texnika va uskunalari bilan ta`minlash, ayniqsa savdo xizmati ko`rsatishdagi hududiy farqlarni mumkin qadar bir-biriga yaqinlashtirish sohasida katta vazifalar turibdi. Yaqin istiqbolda respublikada chakana tovar oborotini yanada oshirish, ko`plab zamonaviy supermarketlar, minimarketlar, savdo markazlari va umumiy ovqatlanish korxonalari, sovuqxonalar va omborlar barpo etishga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling