Reja: Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo`jaligi


Download 68.5 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1344314
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O`zbekistonda ijtimoiy-madaniy tarmoqlarning rivojlanishi


O`zbekistonda ijtimoiy-madaniy tarmoqlarning rivojlanishi
Reja:
1. Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo`jaligi
2. Savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish.
3. Nomoddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalariga ta`rif.

Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi aholiga maishiy ahamiyatga ega xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi faoliyat turlari majmuidan iborat bo`lib, ular jumlasiga ta`lim, madaniyat, sog`liqni saqlash, uy-joy kommunal xo`jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, ijtimoiy xizmat ko`rsatish va boshqalar kiradi. Ushbu xizmatlarni ishlab chiqarish va iste`mol qilish natijasida ma`naviy boy va jismoniy sog`lom kishilarni shakllantirish imkoniyati kengayadi.


Mazkur majmuaning O`zbekiston iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda. Bu eng avvalo, uning YAIM va jami bandlardagi ulushining o`sayotganligida o`z aksini topadi. 2004 yil Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida band bo`lgan jami aholining 21,1 foizi ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi hissasiga to`g`ri kelgan.
Ijtimoiy sohaning samarali ishlashi uning barcha asosiy tomonlari kompleks rivojlantirilishiga bog`liq. Aholi uchun ularning hammasi ham bir xilda ahamiyatli emas. Bular orasida uy-joy qurulishi muhim soha hisoblanadi. Uy-joy fondi shunday asosiy jihatki, ijtimoiy sohaning boshqa bo`g`inlari va tomonlarini rivojlantirish hamda joylashtirish shunga asoslangan holda rejalashtiriladi.
Uy-joy va kommunal xizmati murakkab va ko`p tarmoqli bo`lib, aholi turmush sharoitining rivojlanishiga bevosita hamda ijtimoiy mehnat unumdorligini oshishiga bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Uy joylardan foydalanish (shu jumladan, joriy ta`mirlash), uy-joylar orasini va atrofini ko`kalamzorlashtirish, aholi yashaydigan hududlardagi barcha muhandislik vositalari (suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, gaz, elektr quvvati bilan ta`minlash, isitish, yo`l-ko`chalarni tozalash, ko`priklar va hokazo) ana shu tarmoqqa kiradi. Uy-joy va kommunal xo`jalik xizmatida nomoddiy ishlab chiqarishda band bo`lgan aholining anchagina qismi ishlaydi.
Jami uy-joy fondi 373,5 mln m2 ni tashkil etadi. Uning 142,1 mln m2 yoki 38 foizi shaharlarda joylashgan (2006 y). Respublika bo`yicha aholi jon boshiga o`rtacha 14,4 m2 uy-joy to`g`ri keladi (shu jumladan qishloqlarda 14,1 m2). Shahar uy-joy fondi markazlashtirilgan suv ta`minoti bilan 88,6 % (1995 yilda 71 %), kanalizatsiya bilan 50,8 % ta`minlangan. Respublika uy-joy fondi 98,0 % gazlashtirilgan.
Mamlakatimizning mustakillikka erishganidan keyin aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash borasida ancha ishlar qilindi. Ayniqsa bu ishlar qishloq joylarida jonlanib ketdi. Respublika kommunal xo`jaligida umumiy quvvati sutkasiga 8,53 mln m3 toza ichimlik suvini olish kuchiga ega bo`lgan inshootlar, 45584 km uzunlukdagi suv o`tkazish (vodoprovod) tarmoqlaridan foydalaniladi (2006 y). Aholi jon boshiga hisoblaganda bir kecha-kunduzda iste`mol qilinadigan suv shaharlarda 331,7 l ni (2006; 1990 yilda 507,2; 1993 yilda 536,3;) va qishloqlarda 100-120 l (1990 yilda 119,4; 1993 yilda 240,4;) ni tashkil etdi.



Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling