Reja: Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo`jaligi
Aholiga madaniy-ma`rifiy xizmat ko`rsatish
Download 68.5 Kb.
|
O`zbekistonda ijtimoiy-madaniy tarmoqlarning rivojlanishi
Aholiga madaniy-ma`rifiy xizmat ko`rsatish. Ma`lumki, tarixiy rivojlanish jarayonida o`zbek xalqi ajoyib me`morchilik, adabiyot, yuzlab madaniy-ma`rifiy muassasalar barpo etgan. Xalq ommasining bilimini va madaniyatini oshirishda kutubxonalar, klublar, kino-teatrlar, kitob va gazetalarning roli benihoya kattadir.
2002 yil ma`lumotiga ko`ra, respublikamizda 5936 ta kutubxona bo`lgan. Bu ko`rsatkich 1915 yilga (14 ta bo`lgan ) nisbatan bir-necha yuz marta ko`paygan. O`zbekistonning madaniy dam olish muassasalari ham doimo rivojlanib bordi. 2002 yil ma`lumoti bo`yicha, mamlakatda 2809 klublar bo`lib, ularning eng qismi Samarqand (500 ta) va Xorazm (304 ta) viloyatlariga to`g`ri keladi. Buxoro viloyatida esa 152 ta klublar mavjud. Aholining ma`naviy ravnaqi va uni madaniy xizmat ko`rsatish darajasini belgilovchi muhim ko`rsatkichlardan biri gazeta va jurnallar nashri, ularning adadi, radio, televidenie va hokazolar xizmatidan foydalanishdir. Hozirda har bir viloyat va katta shaharlarimiz o`zining televideniyasi, radio va matbuotiga ega. Ommaviy axborot vositalari bo`lgan Milliy radio va televideniya aholining ma`naviy boyligini oshirishda muhim rol o`ynamoqda. 2006 yilda O`zbekiston Respublikasida 676 ta gazeta va 189 nomdagi jurnal ro`yxatdan o`tgan. Ayni paytda respublikada 41 ta teatr va 88 ta muzey ishlab turibdi. Bu madaniyat o`choqlari milliy g`oya va mafkurani shakllantirishda xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997. Karimov I.A. O`zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996. Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004. Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983. Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992. Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994. Axmedov E.A. O`zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002. Axmedov E.A., Boltayev M.J. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma`ruzalar matni. Toshkent, 2000. Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O`zbekiston. T., 2001. Axmedov E.A., Saydaminova Z. O`zbekiston Respublikasi. Qisqacha ma`lumotnoma. Toshkent, O`zbekiston, 1995. Baratov P. O`zbekiston tabiiy geografiyasi. -T.: O`qituvchi, 1996. Vahobov H. Tillaboyeva M. Iqtisodiy geografiya asoslari. – T.: O`qituvchi, 2001. Ro`ziyev A.R., Abirqulov Q.N. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi. -T.: "Sharq", 2002. 1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari . –T.: "O’zbekiston", 1997. 267 b. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling