Reja: Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo`jaligi
Aholiga maishiy xizmat ko`rsatish
Download 68.5 Kb.
|
O`zbekistonda ijtimoiy-madaniy tarmoqlarning rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-jadval. O`zbekiston Respublikasida aholiga pulli xizmatlar ko`rsatish
Aholiga maishiy xizmat ko`rsatish. Bu tarmoq xizmat doirasining eng murakkab yo`nalishli sohasidir. Maishiy xizmat ko`rsatish tarmog`i moddiy ishlab chiqarish (ayniqsa sanoat) bilan xizmat doirasi chegarasida o`rnashgan. Unda amalga oshiriladigan ish jarayonlari ko`r hollarda sanoat xarakteriga ega. Shuning uchun ham maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari odatda ikki guruhga bo`linadi: a) maishiy xizmatning ishlab chiqarish xarakteriga ega bo`lgan turlari; b) maishiy xizmatning ishlab chiqarish xarakteriga ega bo`lmagan turlari.
Birinchi guruh maxsus buyurtmalar bo`yicha kiyim va poyabzal tikish hamda ta`mir qilish, radio va televidenie apparatlarini, maishiy sovitgichlar va kir yuvish mashinalari va uskunalarni, transport vositalarini ta`mirlash, metaldan buyumlar yasash va ularni ta`mirlash, mebel tayyorlab berish va ta`mirlash, kiyimlarni va boshqa mahsulotlarni kimyoviy yo`l bilan tozalash, bo`yash, trikotaj kiyimlarini maxsus buyurtmalar bo`yicha tikish, uy-joylarni ta`mirlash va qurib berish, ijaraga berish punktlari kiradi. Ikkinchi guruhga esa sartaroshxonalar, hammomlar, suratxonalar, kir yuvadigan punktlar xodimlarining xizmati kiradi. 25-jadval. O`zbekiston Respublikasida aholiga pulli xizmatlar ko`rsatish (mlrd. so`m, amaldagi narxlarda)
O`zbekistonda xizmatlarni sotish hajmi qiyosiy narxlarda 1995 yilda 17,7 mlrd. so`mni, 2005 yilda 1610,0 mlrd. so`mni tashkil etdi. Aholiga pullik xizmatlar bozorida hodavlat sektori ulushi 74,3 %, davlat sektori ulushi 23,7 foizga teng bo`ldi. Pullik xizmatlar umumiy hajmida maishiy xizmatlar hajmi 15 % yoki 242,1 mlrd. so`mdan iborat bo`ldi. Maishiy xizmatlarning 87,7 foizi xususiy tadbirkorlar tomonidan ko`rsatildi. Respublikada aholi jon boshiga pullik xizmatlarning o`rtacha yillik hajmi 2005 yilda 61,3 ming so`mni tashkil etdi (200 yilda 12,3 ming so`m, 2004 yilda 47,3 ming so`m). Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling