Reja: Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo`jaligi
Nomoddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalariga ta`rif
Download 68.5 Kb.
|
O`zbekistonda ijtimoiy-madaniy tarmoqlarning rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog`liqni saqlash.
3. Nomoddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalariga ta`rif.
Aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatish. Umumiy ta`lim, sog`liqni saqlash va madaniyat tarmoqlarining xizmati unumlashtirilgan holda ijtimoiy- madaniy xizmat deb yuritiladi. Ijtimoiy-madaniy xizmat inson hayotida, ayniqsa uning har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdagi ahamiyati juda kattadir. Ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatish tarmoqlari orasida ta`lim tizimi juda muhim o`rin egallaydi. Mamlakatimiz Ta`lim tizimiga 6565 ta maktabgacha ta`lim muassasalari, 9748 umumta`lim maktablari, 973 o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari (shu jumladan, 77 akademik litsey, 882 kasb-hunar kollejlari hamda 14 litsey va litsey-internat) va 62 ta Oliy ta`lim muassasalari (jumladan, 19 ta universitet) kiradi (2006). Sog`liqni saqlash. Respublikamizda tibbiy xizmat ko`rsatish juda yaxshi yo`lga qo`yilgan. Tarmoqda 968 kasalxona, 4354 ambulatoriya-poliklinikalari, 2800 qishloq vrachlik punkti tashkil etilgan. 71 mingga yaqin barcha ixtisoslikdagi vrachlar aholiga malakali tibbiy yordam ko`rsatadi (2006). Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish ayni muddao. “Bir shifokorga 298 kishi to`g`ri keladi. Bu dunyodagi ko`pgina rivojlanayotgan mamlakatlardagidan ancha kamdir. Chunonchi, O`zbekistonda Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreyaga nisbatan 3-4 barobar, Malayziya, Hindiston va Pokistonga nisbatan 6-8 barobar ko`p aholi malakali tibbiy yordam bilan ta`minlangan”.1 Mamlakatimizda istiqlol yillarida tibbiyot sohasida tub islohotlar o`tkazilmoqda (ayniqsa, “Sog`lom avlod yili” va “Homiylar va shifokorlar yili”da). Ko`plab shifoxonalar xorijiy tibbiyot asbob-anjomlari bilan tobora ko`proq jihozlanayapti. Tibbiyot vositalari (bir marta ishlatiladigan shpritslar, turli xildagi dori-darmonlar) ishlab chiqaradigan qo`shma korxonalar ishga tushirilmoqda. Shunday bo`lsada tarmoqda qilinadigan ishlar hali mavjud. Chunonchi, aholining tibbiyot-sanitariya, ekologik savodxonligini oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishni ilg`or zamonaviy asosda tashkil etish hozirgi davrning bosh vazifasidandir. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling