Reja: Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri


Yosh davrlar psixologiyasida bir necha kichik krizislar va katta krizislar mavjud


Download 47.03 Kb.
bet6/9
Sana05.11.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1748849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayrilla

Yosh davrlar psixologiyasida bir necha kichik krizislar va katta krizislar mavjud.
Kichik krizislarga quyidagilar kiradi:

  • 1 yosh krizisi 7 yosh krizisi

  • 17-18 yosh krizisi

  • Katta krizislarga quyidagilar kiradi:

  • Chaqaloqlik krizisi

  • 3 yosh krizisi

  • 13-14 yosh krizisi

Chaqaloqlik davri inqirozi


Bu davrda muloqot emotsional-ijobiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu esa bolada emotsional ijobiy xarakter, emotsional – ijobiy tonus shakllantiradi va bolada ham psixik, ham jismonan sog‘lom bo‘ladi.
Bolani onadan bu davrda ayirish bola psixik rivojlanishida jiddiy buzilishiga olib keladi va bu bolaning butun hayotiga ta’sir qiladi. Bolani onadan ayirish bilish jarayonlarining rivojlanishiga, emotsional rivojlanishiga ta’sir qiladi.

1 yosh inqirozi


Bu davr rivojlanishining ijtimoiy situatsiyasi quyidagilardan iborat: bola – predmet – katta odam. Bu davrda bola diqqat e’tibori predmetga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu davrda idrok, intellekt va nutq faoliyatlari rivojlanadi.

3 yosh inqirozi


Bu davr krizisi haqida Elda Gepper “Uch yoshli bola shaxsi haqida” ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko‘rsatib o‘tgan:

  • Negativizim. Kattalarning ba’zi talablariga bola umuman rioya qilmaydi.

  • O‘jarlik. Shaxsiy fikrga ega bo‘lib, bola o‘z fikri va talablarini qildiradi. U bilan hisoblashishini hohlaydi.

  • Kattalarni tan olmaslik.

  • Qarshilik – ota-onalar bilan urishishda namoyon bo‘ladi.

  • Mustaqillik. Mustaqillikka intilish.

Bu krizis davrda bolada mustaqil faoliyat yurita olish, kattalarga taqlid qilish hususiyati bilan ajralib turadi.

7 yosh inqirozi


Bu davrda bola o‘zligini yo‘qotib qo‘yadi. Maktabgacha ta’lim muassasidan yangi ijtimoiy muhit-maktabga keladi. Bu davrda bolaning intellektual va aqliy imkoniyatlari baholanadi. O‘z-o‘zini baholash rivojlanadi. Bolaga bu vaqtda to‘g‘ri ijobiy – munosabatda bo‘lish, mehr-muhabbat berish. Bu krizisdan oson o‘tishga yordam beradi.

13-14 yosh o‘smirlik davri inqirozi


O‘smirlik davrda shaxs dunyoqarashi, muloqot doirasi kengayadi. Bu davrda o‘smir uyatchan, tez hafa bo‘luvchan, agressiv, keskin harakatlar qiluvchi bo‘ladi. O‘smirlik davrini bolani ikkinchi psixologik tug‘ilishiga qiyoslasa bo‘ladi.
O‘smir o‘z “Men”ini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqadi. Ko‘pincha ota-onalar quyidagilardan norozi bo‘ladilar, shikoyat qilishadi:
Bolani maktabda va uyda o‘zini to‘tishi (boshqarib bo‘lmaydi, tarbiyasiz)  Xarakteridan – agressiv, birinchi o‘ringa o‘z ehtiyojlarini qo‘yadi.

17-18 yosh davri krizisi


Bu davr krizisi maktab davri tugab, yangi katta hayotga qadam qo‘yish bilan belgilanadi. 17 yosh krizisi turli xil qo‘rquvlar bilan ham belgilanadi. Qilingan tanlov to‘g‘riligini, yangi hayot, xatolar qilib qo‘yish kabi qo‘rquvlar juda kuchli bo‘ladi. Yuqori xavotirlanish va qo‘rquv nevrotik reaksiya, gastrit, neyrodermit, bosh og‘rig‘i va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Har bir ota-ona, o‘qituvchi yosh davr psixologiyasi, undagi inqirozlarni bilish tavsiya etiladi. Chunki bu inqiroz davri belgilarini bilib, bolaga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, unga yo‘l yo‘riq va maslahatlar berish mumkin. 6-9 yoshda bolada o‘yin orqali anglash faoliyat dominant bo‘ladi. Bola uchun o‘yin olamni anglash uchun eng muhim usul hisoblanadi. O‘yin orqali bola ijodiy va aqliy qobiliyatlarni rivojlantiradi, muomalaga kirishadi va yangi ijtimoiy rolini o‘zlashtiradi.
Ota-onalar va o‘qituvchilarga: iloji boricha ijodiy o‘yinlarni ko‘paytiring. Bolani kun tartibini shunday taqsimlangki, o‘yin uchun vaqt qolsin.
13-14 yoshda esa bolalar hamma narsani solishtirib o‘rganadilar. Bu paytda bola hayotida tengdoshlari ko‘proq rol o‘ynaydi. U ko‘pincha o‘z muvaffaqiyatlarini boshqa bolalarniki bilan solishtiradi. Ko‘pchilikda faqat bitta do‘sti bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ota-onalar va o‘qituvchilarga: bolangizni sevishingizni aytishdan charchamang va bu olgan bahosiga bog‘liq emasligini takrorlashdan charchamang. Uni maqtashni unutmang. Do‘stona muloqot ehtiyojini hurmat qiling.
17 yoshda bolada muloqot ehtiyoji muhim o‘rin egallaydi. Muloqoto‘smirlarning asosiy ehtiyoji. Katta bo‘lib qolgan bolaga do‘stlar jamoasi, jamoada, atrof-muhitda o‘z o‘rnini topish uchun kerak bo‘ladi. O‘qish endi muloqot uchun bahona.
Ota-onalar va o‘qituvchilarga: uning qarashlarini tanqid qilmang, sabr qiling, o‘zlashtirishning pasayishidan cho‘chimang. Bolaga vaqt bering, yaxshi o‘qish o‘ziga kerakligini tushunib anglab olsin.

Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. YA’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzanjdga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin. Olimlar o‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to‘rt guruhini ajratganlar:
ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
mahalla xududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik;
global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog‘i orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini isbotlamoqda.

Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling