Reja: Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti


Download 18.37 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1343272
Bog'liq
Lobar Ibragimova


Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni

REJA:
1.Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti.


2.Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
3.Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan orni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi.

Pedagogika umummetodologik fan sifatida talim va tarbiya nazariyasiga oid bilimlarni ozida aks ettirish bilan birgalikda jamiyat hayotidagi koplab ijtimoiy muammolarni organadi va tadqiq etadi. Hozirgi kunga kelib pedagogika fanining koplab yangidan-yangi fan sohalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni oqitish va tarbiyalashga asosiy etiborni qaratganligi bois didaktika (talim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (talim nazariyasi, yunoncha didaktikos «orgatuvchi», didasko «organuvchi») talimning nazariy jihatlari, talim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,oqituvchi va oqituvchi faoliyati, talimning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, talim jarayonini takomillashtirish yollari kabi masalalarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bolib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini organadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yonalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika – talim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda organadigan fan sohasi. Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari.



Quyida qator pedagogik fanlar tizimi haqidagi malumotlarga toxtalamiz. Umumiy pedagogika – pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. Pedagogika nazariyasi – pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni organadi. Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va talim turlarining davriy xususiyatlari, oziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi. Pedagogik mahorat – oqituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yollarini organadi. Maktabgacha talim pedagogikasi – maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, manaviy- axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini organadi. Boshlangich talim pedagogikasi – boshlangich sinf oquvchilarini tarbiyalash, ularga talim berish, ularning oziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, manaviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini organadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalarni tarbiyalash va oqitish bilan bogliq muammolarni organadi. Metodika – xususiy fanlarni oqitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq etadi. Pedagogik texnologiya – talim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qollash, texnologik yondashuv asosida talim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini organadi. Talim menejmenti – talim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini organadi. Ijtimoiy pedagogika – shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy meyordan ogishishning pedagogik diagnostikasi, korrektsiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini tadqiq etadi.
Oila pedagogikasi – oilaviy talim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak manaviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota- onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini organadi. Xalq pedagogikasi – xalq ogzaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, milliy va bolalar oyinlari, oyinchoqlari kabilarda saqlanib qolgan pedagogik malumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar majmuidir. Qiyosiy pedagogika – qiyosiy aspektda turli davlat, hudud, umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotining mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini organadigan pedagogik fan sohasi. Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini organadigan, shuningdek pedagogik ananalar bilan istiqboldagi talim loyihalarining ozaro aloqadorligini taminlaydigan fan. Pedagogik aksiologiya talim oluvchi va talimni qadriyat deb etirof etgan holda, talimiy qadriyatlarni organish hamda talim-tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir. Neyropedagogika – bu bosh miya (ong va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar togrisidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni talim-tarbiya jarayonida qollay olish haqidagi amaliy fan sohasi. Muzey pedagogikasi – pedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning ozaro uygunligi natijasida shakllangan fan sohasi bolib, muzey muhitida talim-tarbiya berish yollarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur marifiy yonalish bilan shugyllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi. Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda talim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda talimning antropologik modeli va taexnologiyasini organuvchi fan sohasi. Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bogliqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish choqqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilish, talim va tarbiya masalalari bilan shugullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yoqotganlar masalalarini organadi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish bilan birga, fohishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish ishlariga etibor qaratadi. Ijtimoiy «autsayderlar», yani qariyalar, nogironlar, yolgiz yashovchilar, iqgisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy tasir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, masuliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi. Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa oquv muassasalarida amalga oshadi. Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini organish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini korib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va oziga xos xususiyatlarni etiborga olishi talab etiladi. 1) Bola (osmir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga orgatib, ozaro tushunish hissini uygotish; 2) Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qoyish, odamlar bilan muloqot qilishni organish va hayotda oz maqsad va mazmunini aniqlash yollarini korsatish; 3) Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va manaviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish; 4) Oz shani, mustaqilligi va oziga ishonch kabi tuygularni rivojlantirish;
Bola (osmir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan muloqot ornatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu orinda ijtimoiy pedagogdan oz tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. SHuningdek, bolaga uni orab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning manaviy huquqiy meyorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni orgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu kabi amaliy vazifalarni qisqacha tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: yaxshilik qilishga orgatish, oz hayotini qurishda komaklashish, bilimga qiziqishini orttirish, oz individualligini rivojlantirishga imkon yaratib, qobiliyati va layoqatini takomillashtirish. Ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning ozligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, oz hayotiga masul bolish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qollab-quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati xavf ostida qolgan odamga madad qolini chozish, oila va bolaga oz hayot yolini topishda komaklashish, oz qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar ornatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazifalaridan biridir. Ijtimoiy pedagogika bu ijtimoiy talim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bolimidir.
Ijtimoiy pedagogika metodlari shaxsga, uning takomillashuvi, tarbiyasi, ozini anglashi va shaxs sifatida shakllanishiga yonaltirilgandir. Ijtimoiy pedagogika funktsiyalari. Ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini organar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini korish mumkin. Ularning ayrimlari ustida toxtalamiz. Bola (osmir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda ozini tutishi kabilarni organish tang ahvolda qolgan bolaga komaklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yollarini topish, qiyin vaziyatda qollab-quvvatlash bolani orab turgan va unga tasir otkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish. Bola (osmir) faoliyatini (ozini) tarbiyalash, bilim olish, oz hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yonaltirish bola (osmir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shugullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat. Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Bular: 1. Tarbiyaviy funktsiya; 2. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya; 3. Ijtimoiy-soglomlashtirishfunktsiyasi.
Tarbiyaviy funktsiya bolani atrof-muhitga qoshilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning talim-tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya davlatning bolalar haqidagamxorlshi, ularni huquqiy muhofazalanishini anglatadi. Ijtimoiy-soglomlashtirish funktsiyasi bu nogiron bolalar, yani jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va talim ishlarini olib borish bolib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi. Bundan ijtimoiy pedagog va xodim oz faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga yonaltirishi lozimligi aniqlanadi. Ozbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga kotarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini organish, shu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol oynaydi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida gamxorlik va etibor talab etadigan madaniy-tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «rahm-shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda kop ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan oziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon boldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohas ida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida takidlanganidek, talim tizimida va yoshlar ishlari boyicha qomita muassasalarida rivojlandi.

Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shugullanadi. Ijtimoiy pedagogika bu pedagogik fanlarning muhim yonalishlaridan biri, uning tadqiqot obekti shaxs bolib, u aniq manzilga ega. Yani ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, meyorlaridan ogishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat azolarining ongini tarbiyalashdan iborat. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy talim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini organuvchi pedagogika fanining tarmogidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi bu malum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, meyorlar, xatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirib borish jarayonidir.



Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan orni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi Shaxs ijtimoiy munosabatlar iarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.munosabatlar iarayonida Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi. Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining DTS va oquv meyoriy hujjatlarida ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling